8-Mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi Reja



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə2/8
tarix13.12.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#174938
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi

«Bajarilgan 
ishlar 
(qilingan 
harajatlar) 
qiymati 
to‘g‘risida 
ma’lumotnoma – schyot-faktura» sobiq KS-2 shakl «Bajarilgan ishlarni qabul
qilish to‘g‘risida dalolatnoma» va KS-3 shakl «Bajarilgan ishlar va harajatlar
to‘g‘risida ma’lumotnoma» o‘rniga kiritilgan yagona hujjatdir. U kamida ikki
nusxada tuziladi. Ma’lumotnoma–schyot-fakturaning bir nusxasi pudratchida
qoladi, ikkinchi nusxasi esa buyurtmachiga topshiriladi. Investorlarning
talablariga ko‘ra ularga ham ushbu hujjatning alohida nusxalari taqdim etiladi.
Ma’lumotnomani tuzishga asos bo‘lib bajarilgan ishlar hisobi jurnali (KS-6 shakl)
ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu jurnal qurilish tashkilotida har bir ob’ekt
bo‘yicha yuritiladi. Jurnalda qurilish ishlarini boshlanish va yakunlanish sanasi,
ularni borish jarayoni, ketma-ketlikda bajarilgan texnologik ishlarning
o‘lchamlari, belgilangan me’yor va rassenkalar bo‘yicha aniqlangan qiymati va
boshqa jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi.
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma –
schyot-faktura»ning tasdiqlangan shakli 6-ilovada keltirilgan.
 Bajarilgan qurilish ishlari pudratchi, buyurtmachi, investorlar va boshqa
qiziquvchi organlar vakillari kiritilgan tarkibdagi komissiya tomonidan qabul
qilinadi. Qurilish ishlarini qabul qilib olish ob’ekt loyihasida ko‘rsatilgan talablar,
me’yorlar va tartiblar asosida ularni kuzatish, o‘lchash, sinab ko‘rish, sifatini
aniqlash hamda tegishli mutaxassislarning xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish
tashkilotlarida
bajarilgan
qurilish
ishlaridan
olinadigan
daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu
usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.To‘liq tugallanish usuli;
2.Tugallanish foizi usuli;
3.Bosqichli usul;

Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin