Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


XX asrning 80-yillarida Fransiyaning tashqi siyosati



Yüklə 105,57 Kb.
səhifə15/18
tarix21.06.2023
ölçüsü105,57 Kb.
#133416
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2020. 13- MAVZU docx

XX asrning 80-yillarida Fransiyaning tashqi siyosati.
F.Mitteran hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng birinchi navbatda Fransiyaning g‘arbiy blok va AQSh bilan munosabatlarini yaxshilashga kirishdi. Fransiyaning NATO bilan hamkorligi sezilarli darajada faollashdi. 1982-1983 yillarda AQSh bilan Fransiyaning ajraladigan bosh qismlarga (kallaklarga) ega raketalari va neytron qurollari uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik bitimlari tuzildi. F.Mitteran AQShning o‘rta masofaga mo‘ljallangan yadro raketalarining Yevropaga joylashtirilishini qo‘llab-quvvatladi. 1983 yilda Fransiyaning tashabbusi bilan Parijda NATOning Kengashi bo‘lib o‘tdi va Fransiya bir yilga uning raisi bo‘ldi. Fransiyaning SSSR bilan munosabatlariga sovuqlik tushdi. U sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini, Polshada harbiy rejimning bekor qilinishini, sovet qurollarining qisqartirilishini talab qildi va Sharqiy Yevropaga sovet raketalarining joylashtirilishini qoraladi. Fransiyaning Atlantik ittifoq yo‘lidan borishi va Arab-Isroil mojarolarida Isroilni qo‘llab-quvvatlashi, xususan, Isroilning Jo‘lon tepaligini anneksiya qilganligining Fransiya tomonidan tan olinishi Suriya bilan munosabatlarining yomonlashuviga olib keldi. 1983 yilda Fransiya AQShning Livanga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risidagi taklifiga qo‘shildi.
1984 yildan Fransiya tashqi siyosatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Mitteran 1984 yili Isroilni siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi. U Livandan tinchlikparvar kuchlarini chiqarib ketdi. 1984 yili Mitteran rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. M.Gorbachyov ham 1985 yilda Parijga bordi. Parijda sovet-fransuz hamkorligiga bag‘ishlangan “katta komissiya” sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Fransiya 1984-85 yillarda Yevropa Ittifoqining kengayishi tashabbusi bilan chiqdi, natijada Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga Ispaniya bilan Portugaliya a’zolikka qabul qilindi.


Yüklə 105,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin