Mavzu: Masala yechishga orgatish bosqichlari va uning mantiqiy asosi. Masalalar turlari va ular ustida ijodiy ishlash Reja



Yüklə 24,97 Kb.
səhifə3/3
tarix06.05.2023
ölçüsü24,97 Kb.
#108749
1   2   3
Mavzu Masala yechishga orgatish bosqichlari va uning mantiqiy a

3. Masalaning yechilishi Masalaning yechilishi bu yechim plani
tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir 
amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart.
Masalayechimini og’zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki 
yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi.
Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki 
bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga
doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak. Masalan quyidagi 
masalani 3-sinfda og’zaki yechish talqin qilinsin: Yangi uyda 49 ta kvartiraga
xonadon ko’chib keldi. Bo’sh qolgan kvartiralar ko’chib kirilgan kvartiralardan 18 
ta kam.
Uyda hammasi bo’lib nechta kvartira bor? O’quvchi quyidagicha fikr yuritishi mumkin: avval nechta bo’lib kvartira qolganini bilaman buning uchun 49 
dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi; endi uyda hammasi bo’lib nechta kvartira borligini
bilaman. Buning uchun 49 ga qo’shaman 80 chiqadi. Javob uyda hammasibo’lib 
80 ta kvartira bor. Avval jamini aytib so’ngra tushuntirishni bersa ham bo’ladi.
Avval 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi- shuncha kvartiraga qoladi haligi hech kim 
ko’chib kirmagan va hokazolar.
Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa 
o’quvchilar yozadilar yoki og’zaki aytadilar.
Boshlang’ich sinflarda masala yechlishini quyidagi asosiy formalari bor: 
1. Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;
2. Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish; 
3. Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish. Yechilishni ayrim
yozishning sanab o’tilgan formalarning har birini quyidagimasalani yechish
misolida ko’rib chiqamiz: ”Do’konda har biri 300 so’m turadigan 8 juft tufli
uchun 6 juft botinkaga qancha pul to’langan bo’lsa, shuncha pul to’landi, 
bir juft botinka qancha turadi?

  1) Yechilishini ifoda ko’rinishida yozish 
a) Ifodani birin-ketin tushintirish yozuvini ham yozish: 300*8(so’m)
tuflilar yoki botinkalar jami pul (300*8)/6 (so’m) botinka bahosi (300*8 )/6
(so’m) = 400 so’m. Javob: 400 so’m. 
b) Ifodani tushintirishlarini yozmasdan ketma-ket yozish: 300*8(so’m);
(300*8)/6 = (300*8)/6 = 400 so’m. Javob: botinka bahosi 400 so’m. 
2) Yechilishini tenglama ko’rinishida yozish: 
a) x (so’m) - botinka bahosi 300 x 8 (so’m) – tuflilar jami puli x*6 (so’m)-
botinkalar jami puli x*6 = 8x*6 = 2400x = 2400 : 6x = 400 Jami: 400 so’m 111
b) x (so’m) - botinka bahosi 
300 x 8 (so’m) x*6 = 300*8x = 2400 : 6
x*6 (so’m) x*6 = 2400, x = 400 J: botinka bahosi 400 so’m. 
v) x (so’m) - botinka bahosi x*6 = 300*8, x*6 = 2400
x = 2400 : 6, x = 400. J: botinka bahosi 400 so’m. 
Bu masalani yechish uchun boshqa tenglamalar ham tuzish mumkin.

3) Yechilishini ayrim amallar ko’rinishida yozish: 
a) Tushuntirishlarni yozish bilan: 
1) 300 x 8 = 2400 (so’m) - tuflilar yoki botinkalar jami puli
2) 2400 : 6 = 400 (so’m) botinkalar bahosi. 
b) Tushuntirish yozuvisiz yozish
1) 300 x 8 = 2400 (so’m)
2) 2400 : 6 = 400 (so’m) Javob: botinka bahosi 400 so’m. Amallarga
beriladigan tushuntirishlarni tasdiq formasidagi emas, balki savol formasida ham 
ifodalash mumkin.
Tushuntirishlarni yozishga bolalarni maxsus o’rgatish zarur. Dastlab ypzuvni 
o’qituvchi rahbarligida, so’ngra mustaqil bajarish lozim. Har bir masalani ham
tushuntirishlarni yozish bilan bajaraverish kerak emas. Yangi turdagi masalalar 
bilan tanishtirishda, odatda yechish yozma bajariladi. Bunda, 1-sinfda
tushuntirishlar aytiladi 2 va 3-sinflarda esa yoziladi. Mustaqil ishlar 
bajarilayotganda o’qituvchi qaysi yozuv formasi bilan foydalanishni aytib turadi.
Ko’pchilik hollarda dastlabki ikkita yozuv formasi ya’ni ifoda va tenglama tuzish 
ma’qul ko’riladi.
Yüklə 24,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin