Mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi Reja


Mikroorganizmlardagi transformatsiya, transduksiya



Yüklə 48,71 Kb.
səhifə9/12
tarix17.10.2023
ölçüsü48,71 Kb.
#156616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi mikroorganizmlar genetikasi

Mikroorganizmlardagi transformatsiya, transduksiya hodisalari
Irsiy xususiyatning donor xromosomasidan retsipiyent xromo-somasiga o'tishi transformatsiya deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi — rekon orqali o'tadi. Rekonda bir juft nuk-leotidlar bo'lib, rekombinatsiya vaqtida boshqa elementlar bilan almashinishi mumkin.
1928-yili F.Griffits shunday tajriba o'tkazgan: sichqoniarga oz miqdorda patogenlik xususiyatiga ega bo'lmagan, kapsulasiz II tip pnevmokokklar yuqtirgan. Shu kulturaga patogenlik xusu­siyatiga ega bo'lgan, kapsulali III tip pnevmokokklar kulturasidan (bu kultura tajribadan oldinroq issiqlik ta'sirida o'ldirilgan) qo'shgan. Natijada II tipdagi pnevmokokklar patogenlik xusu­siyatiga ega bo'lganligi va kapsula bilan o'ralganligi ma'lum bo'lgan. Demak, III tip pnevmokokklarga xos xususiyatlar II tip pnevmo kokklarga transformatsiya orqali o'tgan yoki oq rangli koloniya hosil qiluvchi mikoobakteriyalar sariq rangli koloniya hosil qiluvchi saprofit mikoobakteriyalarning DNK si ta'sirida sariq koloniyalar hosil qilish xususiyatiga cga bo'lishi aniqlangan.
1944-yili O.Everi va K.Mak-Leoid, M.Mak-Kartilar xususiyatlar DNK orqali o'tishini aniqlaganlar. Keyinchalik DNKning boshqa xususiyatlarga ham ta'sir etishi ma'lum bo'lgan. Masalan, pichan batsillasi, mcningokokklar, pnevmokokklar, streptokokklar va boshqalarni transformatsion agent-DNK orqali o'zgartirish mumkin. DNKning transformasion aktivligi nihoyatda yuqori, odatda, 10—15 minutdan so'ng o'zgarish ro'y beradi va 2 soatdan so'ng tugaydi.
Transformatsiya hodisasi doim uchramaydi, balki ma'lum fizio-logik holatda (ya'ni hujayra tayyor bo'lgan muddatda) ro'y beradi. Yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar, kimyoviy mutagenlar ta'sirida DNKning transformatsion xususiyati pasayadi. Masalan, transformatsion DNK ga HN03 ta'sir ettirilsa yoki temperatura 80— 100°C ga ko'tarilsa u aktivligini yo'qotadi yoki pasaytiradi. Eng qulay temperatura 29—32°C hisoblanadi. Demak, transfor-matsiyaning aktivligiga muhitning tarkibi, temperatura, retsipiyent-ning fiziologik holati va transformatsion-DNKning polimerligi (qo'sh spiralligi) ta'sir etar ekan. Transformaesiyaning takrorlanish muddati 0,47-0,0004% ga teng bo'ladi.
Masalan, donor sifatida olingan pnevmokokk bakteriyasining shtammida streptomitsinga sezgirlikbo'lmagan, ammo bu bakteriya mannitni parchalash xususiyatiga ega, retsipiyentda esa bund ay xususiyatlar yo'q. Mana shu ikki xususiyatga ega bo'lgan bakte-riyalardan shunday oraliq formalami olish mumkinki, ularda yuqo-ridagi har ikkala xususiyat ham uchrashi mumkin. Transformatsiya jarayomda bir xususiyat ikkinchi xususiyat bilan almashinadi. Shu yo'l orqali antibiotiklarga nipoyatda sezgir yoki sezgir bo'lmagan shtammlarni olish mumkin bo'ladi.
Bu hodisa hayvonlar va o'simliklarda bir xil sodir bo'ladi. Trans-formatsiyaning hosil bo'lishi ikki davrdan: DNKning mikrob hujayrasiga adsorbsiyalanishi va uni hujayraga o'tishidan iborat.
Transduksiya. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag yordamida retsipiyentbakteriyaga o'tishi transduksiya deb ataladi. Masalan, bakteriofaglar orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamhlik, virulentlilik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o'tishi mumkin. Transduksiya spetsifik va nospetsifik xilJarga bo'linadi,
Nospetsifik transduksiyada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat o'tishi mumkin, buning takrorlanish tezligi 10"4—10"7 (fagning bir qismiga nisbatan)ga teng. Spetsifik transduksiyada faqat ultrabinafsha nurlar ta'sir etilgan fag qatnashadi, bunda bir-biriga yaqin bo'lgan xususiyatlar o'tadi.
Transduksiya transformatsiyaga o'xshash, lekin dezoksiribo-nukleaza fermentini ta'sir ettirib, transformatsiyani to'xtatish mumkin bo'lsa, transduksiyaga bu ferment ta'sir ettirilsa ham u to'xtamay davom etadi, chunki ferment fag orqali o'tadigan xususiyatga ta'sir eta olmas ekan.

Yüklə 48,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin