Mavzu: Psixologning maktab jamoasi bilan hamkorligi reja: Kirish


Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi



Yüklə 96 Kb.
səhifə3/5
tarix10.06.2023
ölçüsü96 Kb.
#127990
1   2   3   4   5
Nurillayeva psixologik xizmat

Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi.
Bolalar MTMsi bilan maktab o‘rtasida o‘rnatiladigan xamkorlikning xar tomonlamaligi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartidir.
Bolalar MTMsi va maktab o‘rtasidagi bog‘liqlik bir tomondan bolalarni maktab ta'limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan xolda maktabga o‘tkazishni , ikkinchi tomondan, o‘qituvchining katta MTM yoshidagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o‘quv tarbiyaviy jarayonda foydalanishni taqozo etadi.
Bolalar MTMsi va maktab o‘rtasidagi o‘zviy bog‘liqlik katta MTM yoshidagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta'lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya muassasa xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari,maktabga tayyorlov guruxidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta'lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab va MTM o‘rtasidagi o‘zviy aloqa murakkab va ko‘p tomonlama to‘zilishga ega.Unda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni , metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarnitarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bunda quyidagilarga etibor berish kerak:
• Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
• MTM nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirish zarur.
• Bolalarni maktabga ruxiy tayyorligi.Bu yerda vazifa bolalar mexnatning xar qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mexnat- bilishga qiziqishni o‘stirish, ularni kelajakdagi mustaqil xayotga tayyorlashdan iborat.
Maktab bilan MTM o‘rtasida o‘zviy a'loqa asosini bolalar MTMsi va maktabda amalga oshiriladigan ta'lim – tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi.
Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida birqancha o‘zaro bog‘liqlikni ko‘ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan bog‘liqlik, ilmiylik prinsiplari, ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo‘ladi.
Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim predmetlar bo‘yicha bolalar MTMsi dasturi bilan solishtirganda ularda umumiylik ko‘pligini ko‘ramiz. Masalan, bolalar MTMsida ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nuqtai har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g‘oya asos qilib olinadi.
Bolalar MTMsi bu ish bolalarning lug‘atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri talaffo‘z qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTMda egallangan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografiya xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTMda boshlangan bolalar lug‘atini boyitish, nutqning ifodaliligi, bog‘langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.
Bolalar MTMsida ham, maktabda ham tabiatshunoslik to‘g‘risidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida bilim va tushunchalar beriladi.
Bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Bolang‘ich sinf o‘quvchisi va MTMning tayyorlov guruxi tarbiyachisi tayyorlov guruxi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta o‘tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruxi bolalari maktab o‘quvchilari bilan tanishadilar, ular MTM bolalariga o‘zlarini maktabdagi o‘qishlari, ishlari to‘g‘risida gapirib beradilar; o‘quvchilar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarni bajarayotganliklarini ko‘rsatadalar.
Ish shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• sinfda «Rasmga qarab so‘zlab berish» mavzusidagi dars – mashg‘ulotni birga o‘tkazish. Sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotini birga bajarish;
• birinchi sinf o‘quvchilari va tayyorlov guruxi bolalari ishlagan rasmlarni birgalikdagi ko‘rgazmasini tashkil etish;
• maktab ustaxonasida o‘quvchilarni mehnat mashg‘ulotini kuzatish. O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinchoqlarni MTM bolalariga sovg‘a qilishadi;
• maktabda o‘qiyotgan bolalar o‘z MTMsiga kelishadi;
• «Maktab» o‘yini tashkil etish.
Bolalar MTMsi tarbiyachisi va boshlang‘ich sinf o‘quvchisi faoliyatiga izchillik yaqqol namoyon bo‘ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta'lim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan MTM o‘rtasidagi a'loqa mustahkam bo‘lgandagina bola tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin