Mavzu: Sinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi. Reja



Yüklə 26,42 Kb.
səhifə3/5
tarix19.02.2023
ölçüsü26,42 Kb.
#85006
1   2   3   4   5
El.Mash 1

P , M = f l Q ) bog‘liqlik, ya’ni burchak xarakteristikasi ayon qutbli sinxron motorlar uchun ko'rsatilgan. 1 = A Iqo:z), ya’ni yakor toki /, ning qo‘zg‘atish toki bog’liqligini ko‘rsatuvchi egri chiziq m otorning U simon xarakteristikasi deyiladi, bunda chastota f x = const bo'lganda
Sinxron m otorning U- sim on xarakteristikalari. tarmoq kuchlanishi Ut = UN= const va valdagi quwat -P2P — const bo‘lishi kerak. Sinxron motorning U — simon xarakteristikalarida AB chiziq turg‘un ishlash chegarasi hisoblanadi, bunda yuklanish burchagi 0 = 0kr b o ‘ladi. I xarakteristikaning N dan chap tomoni chala qo‘zg‘atishli bo‘lib, bunda mashina magnitsizlovchi tok /, = U/ xd ni qabul qiladi (xd — bo'ylama o'q bo‘yicha induktiv qarshilik). Qo‘zg‘atish tokining / o.zN dan chap tomoni chala qo‘zg ‘atish (£ 0 < U) va o ‘ng tomoni esa o‘ta qo‘zg‘atish (E0 > Ut) hisoblanadi. Yakor tokining minimum nuqtalarida cosp ning qiymatlari birga teng (О bo‘ladi. coscp — A Iqo) bog‘lanish ham 19.4-
rasmda ko‘rsatilgan. U — simon xarakteristikaning foydali quvvati
P2 = const ortishi bilan yuqoriga va o ‘ng tom onga siljishi,
generatorning U - simon xarakteristikasidagi kabi tahlil qilinadi.
Sinxron motor P2 ~ 0 da salt ishlash isroflarini qoplash uchun
tarmoqdan aktiv quw at olganligi sababli / |min = 0 boim aydi,
SG da bu isroflarni birlamchi motor qoplaydi, shu sababli lmj=0bo‘ladi.
Sinxron kompensatorlar maxsus sinxron mashinalar bo‘lib, ular asosan, asinxron motorlar va transformatorlar tarmoqdan oladigan reaktiv quw atni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladi. Valida mexanik yuklamasi bo‘lmagan, salt ishlayotgan sinxron motor sinxron kompensator deyiladi. Uning qo‘zg‘atish toki nominal qiymatdan katta bo‘lganda elektr tarmog‘iga reaktiv tok beradi va elektr tarmog‘ining quvvat koeffitsiyentini oshiradi. Elektr energiyasi uzoq masofaga uzatilganda elektr uzatish liniyasida induktiv yuklama katta bo‘lganligi uchun liniya oxirida kuchlanish ancha pasayadi, yuklama kamayganda esa liniyaning sig‘im qarshiligi ta ’sirida kuchlanish nominal qiymatdan ancha katta bo‘ladi. Liniyaning yuklamasi katta bo‘lganda, sinxron kompensator
kattaroq qo‘zg‘atish toki, yuklama kamayganda esa kichikroq qo‘zg‘atish toki bilan ishlab, kuchlanishning tarmoq oxirida bir xil bo'lishini ta’minlaydi. Bunda qo‘zg‘atish toki avtomatik tarzda rostlab turiladi. Shunday qilib, sinxron konpensatorlar kuchlanish o‘zgarmasdan bir xilda saqlanishini ta’minlash uchun ham xizmat qiladi. Bunda tarmoqdan o‘tuvchi reaktiv tok kamayadi, bu esa o‘z navbatida liniyadagi quvvat isrofini kamaytiradi. Sinxron kompensator induktiv (keyinda qoluvchi) tokening eng katta qiymati qo‘zg‘atish toki nolga teng bo‘lgandagi qiymatga to‘g‘ri keladi, sig'im (oldinda keluvchi) tokning me’yoriy qiymati esa kompensator aktiv qismlarining qizishi bilan chegaralanadi. Odatda, oldinda keluvchi tokning keyinda keluvchi tokka nisbati l,5-2 bo‘ladi. Kompensatorning quvvati eng katta oldinda keluvchi tok bilan aniqlanadi. Sinxron kompensatorlarda yuklanish burchagi nolga yaqin, rotorlari ayon qutbli, aylanish chastotasi esa 750
1000 ayl/min bo‘ladi. Sinxron kompensatorlarda ham sinxron motorlarga o'xshagan ishga tushirish chulg‘ami bo'lib, bu chulg'am qutblar uchligi pazlarida joylashadi va asinxron usulda ishga tushiriladi. Yuklama momenti nolga teng bo‘lgani uchun sinxron kompensatorlar
ancha oson ishga tushiriladi. Sinxron kom pensator ishlab chiqaradigan reaktiv quvvat qiymati qo‘zg‘atish tokiga bog'liq. O‘ta qo‘zg‘atish rejimida ishlayotgan kompensator tarmoq kuchlanishidan oldinda keluvchi tok bilan ishlab, tarmoqqa reaktiv quvvat beradi. Chala qo‘zg‘atish rejimida esa tarmoq kuchlanishidan orqada qoluvchi tok bilan ishlab, tarmoqdan reaktiv quvvatni oladi. Liniyaning quvvat koeffitsiyenti coscp ni oshirish uchun sinxron kompensator o‘ta qo‘zg‘atish rejimida ishlashi kerak. Sinxron kom pensatorning quvvati katta bo‘lsa, tarmoq kuchlanishining tebranishi 0,5-H% atrofida bo‘ladi.
Sinxron kompensatorning konstruksiyasi sinxron motornikidan biroz farq qiladi. Unda valning chiqib turadigan uchi bo’lmaydi, chunki sinxron kompensator hech qanday mexanizmni harakatga keltirmaydi. Shu sababli kompensator valining diametri kichik bo’ladi. Sinxron kompensatorlar, asosan, ayon qutbli mashina bo’lib, quvvati 2,8 MVA dan 160 MVA gacha, aylanish chastotasi esa 750 ayl/min yoki 1000 ayl/min bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi vaqtlarda MDH mamlakatlarida (Rossiya, Ukraina) rotorining konstruksiyasi noayon qutbli sinxron mashina (turbogenerator) asosida quvvati 320 MVA bo'lgan bo‘y lama ko‘ndalang qo'zg'atishli kompensatorlar ishlab chiqarilmoqda. Amalda sinxron mashinalarni ishlatish jarayonida ularda
buzuqliklar uchrab turadi. Bu buzuqliklarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish har bir mutaxassisdan katta malaka talab qiladi.
Normal yuklamada stator po'lat o'zagi qiziydi
Yüklə 26,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin