12.3-MAVZU: TURIZMDA REJALASHTIRISHNING IQTISODIY,
EKOLOGIK VA IJTIMOIY-MADANIY JIHATLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
12.3.1.Turizmni rejalashtinshga ekologik ta’sirlarning turlari va
rejalashtirishda ularni hisobga olish.
12.3.2.Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish.
12.3.3.Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-
madaniy oqibatlar.
12.3.4.O’RTMT:
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlami
rejalashtirish.
Tayanch so’z va iboralar:
ichki turizmning samaralik mezoni,
turizmni
rejalashtirishga ekologik ta’sirlarning turlari va rejalashtirishda ularni hisobga
olish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish, turizm
faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-madaniy oqibatlarni tushuntirish.
12.3.1.Turizmni rejalashtinshga ekologik ta’sirlarning turlari va
rejalashtirishda ularni hisobga olish.
Turizm va atrof-muhit o’zaro bog’langan, jismoniy muhit (tabiiy
va inson
tomonidan yaratilgan) ko’plab xushmanzara elementlarga ega, lekin turistik
faoliyat bu muhitga ham ijobiy, ham salbiy ekologik ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Turizmni rivojlantirish va uni boshqarishni shunday
amalga oshirish kerakki,
o’tkazilgan jarayonlar atrof-muhitni buzishga xizmat qilmasin, balki u bilan
uyg’unlashib ketishi kerak. Agar turizm zarur darajada rejalashtirilsa va boshqarib
borilsa, u katta ekologik jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi.
1.
Tabiiy hududlarni, o’simliklar va hayvonot olamini
muhofaza qilish,
milliy (mintaqaviy) parklar va qo’riqxonalarni, boshqa turistik diqqatga sazovor
joylarni rivojlantirishni asoslash va mablag’ bilan ta’minlashga xizmat qilish. Bu
chora atrof-muhitni muhofaza qilish uchun cheklangan mablag’larga ega
mamlakatlar va mintaqalarda ayniqsa samara beradi.
2.
Arxeologik va tarixiy ob’ektlarni saqlashni ular buzilib ketmasligi
yoki umuman yo’qolib ketmasligi uchun asoslab berish va mablag’ bilan
ta’minlash.
3.
Turistlar
keladigan
joylarnining
jozibadorligi,
tozaligi
va
ifloslanmasligini ta’minlay borib atrof muhitning sifatini yaxshilash.
Muvaffaqiyatli joylashgan turistik ob’ektlar
ham shahar, ham qishloq ko’rinishini
bezashi
mumkin.
Atrof-muhitning
sifatini yaxshilash, o’z navbatida,
infrastrukturaning (suv ta’minoti, quvur yo’llari, qattiq chiqitlarni yo’q qilish.
Mahalliy aholi, ayniqsa yoshlarning ekologik ma’rifati darajasi oshishiga
ko’maklashish. Turizmning salbiy ta’sir oqibatlariga quyidagilar kiradi:
1.
Quvur yo’llarini va qattiq chiqindilarni yo’q qilish tizimining noto’g’ri
rivojlanishi oqibatida suvlarning ifloslanishi.
2.
Noto’g’ri joylashgan turistik ob’ektlar, ularning mahalliy landshaft va
chiroyli ko’rinishlar bilan uyg’unlashmaganligi, juda
katta va yaltiroq reklama
peshlavhalaridan foydalanish va boshqalar tufayli landshaftlar estetikasining
yomonlashuvi.
3.
Turistik zonalarda ichki yonish dvigateliga ega transport vositalaridan
haddan ortiq
foydalanish, shuningdek shovqinlarning ko’pligi (samolyotlar,
transport vositalarining haddan ortiq ko’p to’planishi va sh.k.).
4.
Tabiiy joylar va turistik ob’ektlardan chiqindilarni o’z vaqtida olib
chiqib ketish muammosi.
5.
Turistlar oqimi foyda keltirmaydigan bo’lgani, turistik ob’ektlarning
asoslanmagan holda qurilishi oqibatida tabiiy zonalar ekologiyasining buzilishi.
Ekologik jihatdan alohida zaif bo’lgan qirg’oqbo’yi, dengiz, tog’ va sahro
ekotizimlari.
6.
Noto’g’ri foydalanish, turistlar oqimining haddan ortiq ko’payib
ketishi yoki maqsadga muvofiq bo’lmagan qurilishlar tufayli arxeologik va tarixiy
yodgorliklarga zarar yetishi.
7.
Yerdan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan va turistik ob’ektlar va
korxonalarni muvaffaqiyatsiz rejalashtirish, joylashtirish, loyihalash va qurish
oqibatida yuzaga keladigan ekologik tavakkallar va muammolar.
Shunday qilib, barcha bosqichlarda turizmni rivojlantirishni rejalashtira turib,
ekologiyaga salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo’yicha
har tomonlama tadbirlarni
nazarda tutish, moliyaviy ta’minlash va samarali rejalashtirishni amalga oshirish
zarur.