Mavzu: turizmda rejalashtirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy jihatlari


Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish



Yüklə 256,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü256,48 Kb.
#182933
1   2   3   4   5
12.3-ma`ruza matni. Turizmni rejalashtirish

12.3.2.Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish. 
Turizmni rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi atrof-muhitni muhofaza 
qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda turistik tumanlarning 
qabul qilish saloxiyatini hisobga olish va uni saqlagan holda ekologik barqaror 
rivojlantirish tamoyili muhim rol o’ynaydi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yaxshi rivojlangan 
infrastrukturaga ega ma’lum zonalarda turistik ob’ektlarning to’planishi, ekologik 
ob’ektlarni doimiy nazorat qilib borish va turizmni rivojlantirishga o’z vaqtida 
o’zgartirishlar kiritib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko’zlangan 
maqsad – uning salbiy ta’sirini yo’q qilish yoki eng kam darajaga tushirishdir. 
Ayniqsa turistik mavsum avjiga chiqqan paytlarda ekologik muammolar ko’proq 
vujudga keladi. Ayni shu paytda turizm infrasturkturasi zo’riqib ishlaydi natijada 
diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar va xizmatlardan haddan ortiq foydalanish 
yuzaga keladi.
Ekologik salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun turizm rejalarni ishlab 
chiqayotganda maxsus choralarni ko’zda tutish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 

turistik ob’ektlar uchun suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya, qattiq 
chiqindilarni yo’q qilish va suv tarnovlari tizimini qurishda loyihalarga qat’iy amal 


qilish, to’plangan suvlarni tozalash va qayta ishlash, isitish uchun quyosh 
batareyalaridan foydalanishni keng joriy qilish va sh.k. Rejalarda bundan foyda 
olgan holda mahalliy aholining ehtiyojlari uchun foydalanishni ham nazarda tutish; 

ekologik toza transpot va yo’l tizimlaridan (elektr dvigatelli avtobuslar) 
foydalanish. qurilishi tugallanmagan ochiq hududlardan foydalanish, parklar 
yaratish, turistik zonalardagi hududlarni obodonlashtirish; 

erdan foydalanish va ob’ektlarni rejalashtirishning maqsadga muvofiq 
tamoyillarini qo’llash, zonalashtirish qoidalari, qurish va arxitekturaviy 
loyihalashtirish me’yorlariga rioya qilish, reklama jovonlari va peshlavhalarini 
joylashtirishni tartibga solish; 

turistik diqqatga sazovor joylar zonalarida keluvchilar oqimini boshqarish, 
keluvchilarning sonini cheklash yoki ularning kelishini umuman to’xtatib qo’yish. 
Unda modellashtirish uslublaridan, ya’ni ob’ektning o’ziga turistlar bormagan 
holda tegishli diqqatga sazovor joyning nusxasini montaj qilish va ko’rsatish; 

turistlarga kemping zonalari va piyoda yurish so’qmoqlarida daraxtlarni 
kesishni, kamyob o’simliklarni to’plashni, yovvoyi hayvonlarning tabiiy xulq-
atvorini buzishni man qilish;

faqat nazorat qilinadigan joylardagina baliq ovi va miltiq bilan ov 
qilishgagina ruxsat etish; 

ham turistlar, ham mahalliy aholining foydasi yo’lida ekologik sog’lomlik 
va xavfsizlik me’yorlarini tayyorlash. 
Agar tumanda ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash bo’yicha tadbirlar 
o’tkazilayotgan bo’lsa, u holda ular haqida ushbu choralarga rioya qilish 
maqsadida turistlarga bu haqda xabar qilinishi kerak.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini hisoba olgan holda ekologik 
rejalashtirish tamoyillarini amalga oshirish ko’plab ekologik muammolarning 
oldini olishga xizmat qiladi. Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB)ni turizmni 
rivojlantirishning har bir aniq loyihasi bo’yicha amalga oshirish zarur. Agar birorta 
ko’rib chiqilayotgan loyiha ekologiyada salbiy muammolar keltirib chiqarishi 
mumkinligi aniqlansa, uni tuzatishlar kiritmay turib tasdiqlash mumkin emas. 
Turizmni rivojlantirishning barcha bosqichlarida AMTB choralarini qo’llash tartibi 
mamlakat qonunlari bilan belgilanadi.
AMTB ta’sirning barcha turlarini – ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy 
ta’sirlarni rejalashtirish jarayonini to’la qamrab olishi kerak.

Yüklə 256,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin