Sistostoma orqali qovuqni yuvish algoritmi. Kerakli asboblar.
1000 ml furasillin eritmasi 1:500, 50 yoki 10 ml li steril shpris yoki Jane shprisi, sterillangan lotok, rezina qo’lqop.
Bajarish tartibi.
1. Rezina qo’lqop kiyiladi.
2. Furasillin eritmasi solingan shpris toyyorlanadi.
3. Furasillin eritmasi drenaj orqali yuboriladi, bir vaqtning o’zida 150-200 ml dan kam emas, qovuq devorining keskin qisqarishi va burishishining oldini olish uchun.
4. Shprisni drenajdan olinadi.
5. Drenaj uchi pastga yuvindi suvlarni yig’ish uchun mo’ljallangan idishga tushiriladi.
6. Yuvishni bir necha marta, to toza suv chiqquncha takrorlanadi.
7. Yuvish tugagach drenaj naychasini antiseptik eritmali flakonga tushiriladi va flakon qopqog’I yopiladi.
8. Flakon bemor karavotiga bog’lab quyiladi.
Dostları ilə paylaş: |