|
Bo’shliqlarni drenaj qilish algoritmi
|
səhifə | 48/65 | tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 1 Mb. | | #46472 |
| ALGORITM хирургия
Bo’shliqlarni drenaj qilish algoritmi. Kerakli anjomlar.
Sterillangan lotok, antiseptik eritmalar, sterillangan bog’lovchi material, suyuqliklarni quyish uchun bir marta ishlatiladigan sistema, 700 li etil spirti, rezina qo’qoplar.
Bajarilish tartibi.
Bemorni jarohat yoki bo’shliqdan ajralayotgan suyuqlikni oqishiga qulay bo’lgan holda yotqizish.
Antiseptik eritmalarni tomchilab yuborish uchu bir martalik sistemani yig’ish.
Rezina qo’lqoplarni kiyish.
Tomchilab dori yuboradigan sistemani ikki tomonlama naychali drenajning bir uchiga birlashtirish.
Ikki tomonlama drenajli naychaning ikkinchi uchini sterillangan idishga tushirish.
Tomchilarning tomishini 1 daqiqada 40-60 tomchilashiga moslash.
Bemorning ahvolini va suyuqlik yig’iladigan idishning to’lishini nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|