Sinf: 7-v O`qituvchi: A. Eshonjonov Mavzu: Koronovirus



Yüklə 14,16 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü14,16 Kb.
#172955
KORONOVIRUS


Sana: 12.02.2021-yil
Sinf: 7-v O`qituvchi: A. Eshonjonov
Mavzu: Koronovirus.

Koronovirus infeksiyasi pandemiyasi tugatilmaganligi, koranovirusning yangi shtammlari dunyoning 65 dan ortiq mamlakatida qayd etilayotganligi va yurtimizda ikkinchi to`lqin kuzatilish xavfi borligini ma’lum qiladi va kasallikdan saqlanish uchun har bir fuqaro quyidagi talablarga amal qilishni tavsiya qiladi:


1. Qo`llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va yoningizda antiseptik salfetka hamda suyuq vositalar antiseptik gel va spreylarni olib yurishga odatlaning!
2. Telefon, pult va shunga o`xshash ko`p ishlatiladigan shaxsiy buyumlaringizni antiseptik vositalar bilan muntazam tozalab turing!
3. Atrofdagilar bilan qo`l berib salomlashmaslikka xarakat qiling!
4. Yuz, og`iz, burun va ko`zlaringizni qo`l bilan ushlamang!
5. Odamlar oldida yo`talganingizda yoki aksirganingizda og`zingiz va burningizni dastro`mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to`sing!
6. Niqob mening do`stimsan shioriga amal qiling!
7. Jamoat joylarlarda ijtimoiy masofani saqlang!
8. Oilaviy tadbir, marosim va bayramlarni oila davrasida yaqinlaringiz bilan o`tkazing va odam ko`p to`planadigan joylarga bormaslikka harakat qiling!
9. Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!
10. Isitma, yo`tal va nafas qisishi holatlari paydo bo`lganda uyda qoling, darhol tibbiy yordamga telefon orqali murojaat qiling.
11. Yashash va ishlash joylaringizda xonalarni namli usulda tozalab, tez-tez shamollatib turing!
12. Sog`lom turmush tarziga va shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
O`quvchilar infeksiya tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish maqsadida sizlarni yuqorida aytilgan talablarga qa’tiy amal qilishga chaqiramiz va sizlardan do`st va yaqinlaringizni ushbu qoidalarga rioya etishga undashingizni so`raymiz.
Yüklə 14,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin