mavzu: Hujjatlar yig’ma jildini tayyorlash sоаt Rеjа



Yüklə 17,56 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü17,56 Kb.
#107178
3-seminar


3-mavzu: Hujjatlar yig’ma jildini tayyorlash
2 sоаt
Rеjа:

  1. Hujjatlar yig’ma jildini shakllantirish qoidalari

  2. Boshqaruv hujjatlari yig’ma jildi


1-topshiriq: savollarga javob yozing:
1.Hujjatlar yig’ma jildini shakllantirish qoidalarini yozing
2. Boshqaruv hujjatlari yig’ma jildi tarkibiga nimalar kiradi?


2-topshiriq: Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib, so‘z birikmalarini daftaringizga ko‘chirib oling va eslab qoling.
Masalan... o‘rgan... chiqdim, sizning ko‘rsatma... binoan, o‘z vaqti... bajarildi, ahvol... haqida, chora ko‘rish... so‘rayman, qiyinchilik... duch kelmoqda..., masala... ijobiy hal etilishi... so‘raymiz, zarur deb hisoblay..., qonun oldida javob berish... so‘ray..., yotoqxona... tekshir..., qayta ko‘r... chiq... taqozo etmoqda, sharoit yo‘q... sababli, berilgan vazifa... muddat... oldin bajardim.
3-topshiriq: Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?
Tarixiy bino-inshootlar nomlarini qanday yozish haqida punktuasiya qoidalarida aniq tartib ko‘rsatilmagan.

  • Tarixiy yodgorlik nomida shaxs oti ishlatilgan bo‘lsa va bu yodgorlik o‘sha shaxsga bevosita tegishli bo‘lsa, unga qo‘yilgan ot odatda shartli nom deb hisoblanmaydi va qo‘shtirnoq ishlatilmaydi: Xudoyorxon o‘rdasi, Olloqulixon madrasasi, Nurullaboy saroyi, Oybek uy-muzeyi.

  • Agar bino-inshoot nomida joyni bildiruvchi so‘z ishlatilgan va u atab qo‘yilgan nom tarkibida bo‘lmay, geografik tushunchani bildirayotgan bo‘lsa, qo‘shtirnoq qo‘yilmaydi: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Buxoro arki.

  • Agar tarixiy yodgorlikka biror shaxs nomi berilgan bo‘lsa-yu, u bu bino bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa, nom qo‘shtirnoqqa olinadi. Ya'ni bu shaxs madrasa, masjid, kutubxona, saroy, o‘rda kabi inshootlarni qurdirmagan, qurilishiga bevosita sababchi ham bo‘lmagan, bu bino unga oid emas bo‘lsa va nom ana shu shaxsga hurmat belgisi sifatida, uning sharafiga qo‘yilgan bo‘lsa, uni qo‘shtirnoqda berish kerak. Masalan, poytaxtdagi “Abu Hurayra” jome masjidi. Buyuk sahobiy bu masjidni qurdirmagan, qurilishiga bevosita sababchi bo‘lmagan. Masjid u kishining sharafiga nomlangan.

  • Ko‘kaldosh madrasasi nomi esa qo‘shtirnoqsiz yoziladi. Nega? Chunki bu shartli nom emas. Buxoro va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalarini Buxoro xonining vaziri Qulbobo Ko‘kaldosh qurdirgan.

Milliy ensiklopediya “Mo‘yi Muborak” madrasasi, “Go‘ri Amir” maqbarasi kabi birikmalarni qo‘shtirnoqsiz ishlatgan. Vaholanki, bular shartli nom hisoblanadi. Madrasa yoki maqbaraga shunday nom berilgan, qo‘yilgan. Umuman, milliy ensiklopediyada madrasa, maqbara, yodgorlik nomlarida umuman qo‘shtirnoq qo‘llanmagan.
Hozircha esa qiyosiy xulosalarimizga tayanib turamiz.
📌 Demak: Nurullaboy saroyi, Oybek uy-muzeyi, “Hazrati Imom” majmuasi, “Go‘ri Amir” maqbarasi ✅
“Nurullaboy” saroyi, “Oybek” uy-muzeyi, Hazrati Imom majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi ❌
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов, Н.Махмудов. Иш юритиш. Т.“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2000.
2. N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo‘ldoshev. Davlat tilida ish yuritish. T., “Sharq” 2004.
3. Ризаев С. Иш қоғозларининг айрим намуналари. Т., "Меҳнат" 1990.
4. Т.З. Имамова, Л.А. Тухватуллина. Иш қоғозлари қандай ёзилади? Как
писать деловые бумаги? Т., “Ўзбекистон”, 1994
Yüklə 17,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin