Sobir Sulaymonov
Biaologiyani o'qitishda ta'lim tarbiyani uzviyligi
Reja:
1. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni
shakllantirish.
2. Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-
ahloqiy,
vatanparvarlik,
ekologik,
estetik,
iqtisodiy,
jismoniy,
gigiyenik,
mehnat
va
baynalminal tarbiyalash masalalari.
3. Biologiyani
o`qitishda
ta`lim
tarbiyaning
uzviyligini ta`minlash yo`llari.
O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati
insonni intellektual va ma`naviya hloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq
bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni
nazarda tutadi.
shakllantirishni talab etadi. Tabiat to`g`risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan
biologiya zimmasiga o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha
ma`suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o`quv fanining
mazmuni o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirshida katta imkoniyatlarga
ega.
Mazkur tizim o`zida o`quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam
o`zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish,
o`quvchilarni ma`naviaxloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy,
jismoniy,
gigiyenik,
mehnat
va
baynalminal
tarbiyalash
masalalarini
mujassamlashtiradi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O`quvchilarning biologiya o`quv fanini
o`rganishi biologik ob`yektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati
qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o`quvchilarning ilmiy
dunyoqarashi va z`tiqodlari sitemasini tashkil etadi. O`quvchilarning ilmiy
dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni «tabiatinsonjamiyat» munosabatlarining
tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.
«Ilmiy dunyoqarash» tushunchasiga biologiya o`qitish metodikasining turli
manbalarida turlicha yondoshilgan. Jumladan, B.Ye.Raykov ilmiy dunyoqarash
tushunchasini «dunyo haqidagi bilimlar majmuasi», V.V. Vsesvyagskiy «tabiatga
nisbatan to`g`ri qarashlar majmuasi», N.M.Verzilin va V.M.Korsunskaya
«insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi xulqatvorini
aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi» deb ta`rif berganlar.
Pedagogik ensiklopediyada «ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy,
hukuqiy, axloqiy, estetik va e`tiqodlar yig`indisi, insonning moddiy borliq haqidagi
qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o`z
munosabatini namoyon etadi» deb ta`rif berilgan.
Biologiya o`qitishda o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun
quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur:
1. O`qituvchilar tomonidan o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda
ahamiyatga molik biologik g`oya, nazariya va tushunchalarni chuqur ilmiy falsafiy
nuqtai nazardan tushunishi.
2. O`qitish jarayoni (mavzu, o`quvchilarnnng o`quvbilish faoliyati)ning har bir
bosqichida o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan o`rnini
tahlil qilish va aniqlash.
3. Biologiya o`qitishda o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bo`ladigan
tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy hodisalarning
sabablarini aniqlash va dalillashda, o`quv muammolarini hal etishda boshqa o`quv
fanlaridan o`zlashtirgan bilimlariga asoslanishi, ya`ni nafaqat tabiiymatematik,
balki ijtimoiygumanitar o`quv fanlari bilan fanlararo bog`lanishlarni amalga
oshirish.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda o`quvchilar tafakkurining rivojlanishi
muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Biologiya
o`quv
fanlarining
mazmuni
dialektikmaterialistik nuqtai nazardan yoritilishi, o`quvchilar tomonidan organik
olam va unda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni tushunibgina qolmasdan, balki tirik
organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga
ta`sir ko`rsatadigan omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va
xilma xilligining sabablarini anglaydilar.
Ma`naviy-axloqiy tarbiya. Insonning ma`naviyati uning ongida aks etgan
barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa umuminsoniy va millatning
milliy qadriyatlari asosida jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan
ma`qullangan xulqatvor me`yorlari majmuasi sanaladi. Barkamol shaxsni kamolga
yetkazishda ma`naviaxloqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz taьlimni isloh
qilish yo`nalishlaridan biri «milliy mustaqillik prinsiplari va halqning boy
intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida
ta`limning barcha darajalari va bo`limlarida ta`lim oluvchilarning ma`naviy va
axloqiy fazilatlarini rivojlantirish deb belgilangan.
Ma`naviy axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri biologiyani o`rganish
jarayonida o`quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e`tiborli munosabatda
bo`lish, tabiiy boyliklardan tejabtergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni
to`lato`kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma`suliyatni
tarkib toptirish, insonning qadrqimmatini hurmat qilishga o`rgatish sanaladi.
Vatanparvarlik tarbiyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta`lim
tizimi orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi nazarda
tutilgan. Shaxsning bu xususiyatlari o`quvbilish, ijtimoiy foydali mehnat
jarayonida ko`zga tashlanadi. Maktab biologiya o`quv fanlari o`quvchilarda
vaganparvarlik tuyg`usini shakllantirishda muhim o`rin tutadi.
O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi
quyidagilarga bog`liq:
1. O`quvchilarning xissiyotiga ta`yyor ko`rsatadigan o`quv materiallarini tanlash;
2.Tanlangan o`quv materialining o`rganilayotgan o`quv материали bilan
uzviyligini ta`minlash orqali mayishiy g`ururni shakllantirish;
3.O`qituvchi tomonidan o`quv materiallarini ehtirosli bayon etish;
4.O`quvchilarning o`quvbilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda samarali
metod va vositalardan foydalanish;
5.O`quvchilarni o`rganilayotgan mavzu mazmuni bilan bog`liq holda kasb
tanlashga, Vatanning ravnaqi va mustaqillikning mustahkamlanishiga hissa
qo`shishga safarbar etish;
6. Sharq ma`naviyati durdonalari, hadislar, hikmatli hikoyalar va afsonalardan
foydalanish.
Vatanparvarlik tarbiyasi o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan,
sinfdan tashqari mashg`ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanni madh etuvchi
she`rlar, qo`shiqlar, san`at asarlari, ma`naviyat durdonalaridan foydalanish tavsiya
etiladi.
Ekologik tarbiya. «Hozir XX1 asr bo`sag`asida, fan texnika taraqiyoti jadal
sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo`g`rofiy siyosiy tuzilishi
o`zgarmokda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko`rsatilayotgan
ta`sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab
qolishning o`zaro ta`sirini uyg`unlashtirish, inson va tabiatning o`zaro
munosabatlarida muvozanatga. erishish muammolari borgan sari dolzarb bo`lib
qolmoqda» Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan
jarayonda o`quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib
chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib,
shaxsning ma`naviy hayoti va kundalik hayotida hatti harakat shaklida namoyon
bo`ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab
avaylash, muhofaza qilishda faollik ko`rsatish kabi sifatlarni o`z ichiga oladi.
Ushbu madaniyat albatta o`quvchilarning ekologik ta`lim va tarbiyasi asosida
vujudga keladi. Ekologik ta`lim tarbiyaning asosiy vazifasi o`quvchilarda tabiatga
nisbatan burch va ma`suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob
ahloq me`yorlariga mos xulq atvorni shakllantirish sanaladi.
1. O`quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning o`zaro
aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni o`zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli
munosabatni tarkib toptirishga asos bo`ladigan ekologik bilim, ko`nikma va
malakalarni egallashga erishish;
2. Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng maьnodagi ahamiyatini
tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish.
3. Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrofmuhitning
tozaligini asrash, ko`kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni ko`paytirish
uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol
ishtirok etish manfatlarini shakllantirsh.
Estetik tarbiya. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta`lim oluvchilarda boy
estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng e`tibor berilgan.
Ma`lumki, estetika go`zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari to`g`risidagi
fandir. Estegik tarbiya go`zallik hissi, tuyg`ular, badiiy didni rivojlantirishga
qaratilgan.
Estetika mehnatda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda o`z atrofida go`zallik barpo etishga
intilishni vujudga keltiradi. Go`zallikni ko`ra bilish, idrok qilish, barpo etish va
chiroyli ish ko`rish tarbiya vazifalaridan biridir.
O`quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya o`quv xonasi, tirik tabiat
burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan tartib, shinamlik va
guzallik muhim rol o`ynaydi. Biologiya o`quv xonasidagi o`simliklar, ko`rgazma
vositalari estetik talablarga javob berishi va ma`lum bir mazmunda joylashtirilgan
bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |