Estetik tarbiyaning vazifasi:
1. O`quvchilarni go`zallikni ko`rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan
farq qilishga o`rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog`lash;
2. Tabiatda, mehnat jarayonida, o`z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda
go`zallikni o`rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush
madaniyati bilan bog`lash;
3. Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani
ma`naviyahloqiy qarashlar bilan uyg`unlashtirishga o`rgatishdan iborat.
Biologiyani o`qitishda estetik tarbiya serqirrali bo`lib, uni dars, darsdan va
sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Iqtisodiy tarbiya.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tishi, ta`lim-tarbiya jarayonida
o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi, O`quvchilar
botanika, zoologiya, umumiy biologiya o`quv fanlarida o`simlik va hayvonlarning
mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga nisbatan
munosabatini tubdan o`zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor, xam sifat
jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O`qituvchi o`rganilayotgan mavzu
mazmuniga bog`liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur.
Iqtisodiy tarbiya o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan
tashqari mashg`ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanimizning iqtisodiyoti va
xalq xo`jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda biologiya fanining tutgan
o`rniga oid ma`lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning
ajralmas qismi bo`lib, o`quvchilarning ma`navi axloqiy, aqliy, estetik jihatdan
uyg`un rivojlanishini ta`minlaydi. Jismoniy tarbiya o`quvchilarning aqliy va
ma`navi axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan
natijalar, jumladan, o`z salomatligini asrash va mustahkamlash, hattiharakatlarning
gigiyenik me`yorlari, harakat ko`nikmalarini tarkib toptirish mumkin. Jismoniy
tarbiya masalasi biologiyani o`qitish metodikasida inson organizmining tuzilishi,
hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda o`rganish orqali amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyaning muxim yo`nalishi gigiyenik ko`nikmalarni kundalik
odatlarga aylantirish, hayotda gigiyenik me`yorlarga amal qilishga ongli
munosabat, sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport
bilan shug`ullanishga yo`naltirishdan iborat. Sport bilan shug`ullangan
o`quvchilarda iroda va salomatlik mustaxkamlanishi, aniq maqsad sari intilish,
qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga
kelishi ko`rsatib o`tiladi. Gigiyenik ta`lim tarbiya o`quvchilarning sog`liklarini
saqlash va mustahkamlash shars`haroitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi
bilimlarga asoslanadi. Biologiyani o`qitishda gagiyenik tarbiya asosiy o`rinni
egallaydi va mavzu mazmuniga bog`liq holda amalga oshiriladi.
Masalan, botanikani o`rganipdda o`simliklarning inson salomatligiga
ko`rsatadigan ijobiy ta`siri, ularniig atrofmuhitning mussafoligini saqlashdagi roli
yoritiladi. Bakteriyalar bo`limi o`rganilganda, bakteriyalarning xilmaxilligi,
xayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini o`rganish bilan bir
qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqaridadigan kasalliklar,
mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik choratadbirlari xaqida ma`lumot beriladi.
Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi
muhim rolь o`ynaydi. Shu sababli ham uzluksiz ta`lim tizimi oldiga qo`yilgan
muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat
ehtiyojlari, o`quvchilarning kiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb
tanlashga
yo`llash,
ularda
mehnat
va
o`quv
mehnati
ko`nikmalarini
shakllantirishga e`tibor qaratish zarurligi ko`rsatilgan. Mehnat tarbiyasi
o`qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog`liqligi prinsipini amalga oshirish,
o`quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va
qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o`quvchilar
o`rtasida o`zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi.
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni kasbga yo`llash, mehnat tarbiyasini amalga
oshirishga imkon beradigan bilim va ko`nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
1. Qishloq xo`jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati
faoliyatining ilmiy nazariy asoslari;
2. Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o`simliklar va hayvonlarning
mahsuldorligini oshirishni ta`minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari
bilan tanishtirish;
3.Biologik. qonuniyatlar va umumiy ko`nikmalardan amaliy faoliyat va turmushda
foydalanish asoslari bilan tanishtirish. O`quvchilarni mehnat faoliyatiga
tayyorlashda qishloq xo`jaligi mehnati ko`nikmalari muhim ahamiyatga ega.
Ular jumlasiga tuproqqa ishlov berish, o`g`itlash, o`simliklarni sug`orish,
urug`ni ekishga tayyorlash, ekish, o`simliklarni parvarish qilish, hosilni yig`ish va
saqlash, shuningdek, qishloq xo`jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga
qarshi kurash, mehnat qurollari bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin.
Baynalminal tarbiya. Respublikamizda qabul qilingan milliy istiqlol mafkurasining
asosiy g`oyalaridan biri millatlararo totuvlik hisoblanadi.
«Millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xil xalqlar
birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi,
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo`lib xizmat qiladi. Bu g`oya bir
jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va
elatlarga mansub kishilar o`rtasidagi o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikning
ma`naviy asosidir». «Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan
millatlarni o`zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining asosiy
maqsadlaridan biridir.. U halqimizga xos bo`lgan olijanoblik va insonparvarlik
fazilatlariga asoslanadi».
Baynalminal tarbiya o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan
tashqari mashg`ulotlarda amalga oshirish, bunda biologiya fanining rivojiga hissa
qo`shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga
bag`ishlangan kechalar tashkil etish va o`tkazish tavsiya etiladi
1. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish o`quvchilar tomonidan fan asoslarini chuqur o`rganishi
bilan uzviy bog`langan. Ilmiy dunyoqarash barcha ta`lim tarbiyaviy jarayonning
asosi.
2. Mehnat tarbiyasi o`quvchilarni ta`lim va kasbga yo`naltirish bilan uzviy
bog`langan. O`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish, mehnat
faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiynazariy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi,
vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga asoslanadi.
Adabiyotlar:
1. Tolipova. J, A.T. G`ofurov. Biologiya o`qitish metodikasi. Toshkent.
Bilim.2004.
2. Verzilin N.M, V.M. Korsunskaya. Biologiya o`qitishning umumiy metodikasi.
Tosh. O`qit. 1983.
3. J.G`. Yo`ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O`qit.
2004.
4. Tolipova J, G`ofurov , Biologiya ta`limi texnologiyalari.
5. N.N.Azizxo`jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh.
2006.
Dostları ilə paylaş: |