Kolostomali bemorga sifonli huqna qilish algoritmi. Kerakli asboblar.
Sifonli huqna qiladagan tizim (rezina naycha, voronka), 5 litr suvi bilan idish, vazelin, pinset, lotok, paxta, kleyonka, rezina qo’lqop.
Bajarish tartibi.
1. Rezina qo’lqopni kiyish .
2. Bemorni yuqoriga qaratib yotqizish.
3. Bemor tagiga klyonka yozib, karavat chetlaridan pastga tushirish.
4. O’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’iga vazelin surtish.
5. Teshikka barmoqni tiqib ichak yuqori bo’limining yo’nalishini aniqlash.
6. Tizimga 1 litr suv solib, rezinali naycha oxirini qisqich bilan qisib qo’yish.
7. Zondning dumaloqlangan uchini ohistalik bilan 10 sm uzunlikda teshikka kiritish.
8. Voronkani bemordan yuqoriga ko’tarish, suv voronkaning bo’g’ziga yetganda ohistalik bilan oldingi darajagacha tushirish.
9. Voronkani to’latkach chayinda suvlarni tuvakka to’kish.
10. Yuvishni takrorlash.
11. Voronkani olib, zond uchini 10 daqiqaga tuvakka tushirish.
12. Kolostomadan astalik bilan zondni chiqarib olish.
13. Teshikka vazelin shimdirilgan dokali salfetkani pinset yordamida tiqish.
14. Ustidan vazelin yog’I botirilgan salfetka yopish.
15. Teshik atrofiga Lassar malhami surtib ustidan paxta qo’yish.
16. Bog’lovni bint yoki bandaj bilan mahkamlash.
Dostları ilə paylaş: |