Mavzu: yoshlarda yuksak manaviy fazilatlarni shakillantirishda badiy adabiyotning tutgan o`rni kirish


Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda adabiy merosning ahamiyati va roli



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə2/7
tarix17.01.2022
ölçüsü68,63 Kb.
#51336
1   2   3   4   5   6   7
YOSHLARDA YUKSAK MANAVIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISHDA BADIY ADABIYOTNING TUTGAN O`RNI

Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda adabiy merosning ahamiyati va roli.

Milliy g`oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo`nalishlari XXI asrda insoniyat o`z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo`ydi. Dunyoda katta o`zgarishlar sodir bo`layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni o‘zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texnologiyalar keng rasm bo`ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli ko`rilmagan darajada o`stirib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va qishloq xo`jaligida qo`llanilmayapti, balki ma’naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham o`z samarasini ko`rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondoshish milliy istiqlol g`oyasini targ`ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko`rsatadi. Milliy istiqlol g`oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Ularning muhimligi shunda ko`rinadiki, masalan, targ`ibotda me’yorning buzilishi, milliy mafkura to‘g‘risida hadeb va noo`rin gapiraverish, me’yorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ`ibot texnologiyasi milliy g`oya va milliy mafkura mazmun- mohiyatiga mos bo`lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. So`zsiz bu jarayonda badiiy adabiyotning o`rni, imkoniyati beqiyosdir. U o`zining ta’sirchanligi, jo`shqinligi, safarbarligi, optimizm ruhida ekanligi doimi xalq qalbini to`lqinlantirib kelgan.

Adabiyot milliy g`oyaning targ‘ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha ahzolariga g`oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi;

uzluksizlik-milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy istiqlol g`oyasini xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta’lim tizimidagi o`quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o`quv qo‘llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko`rgazmali qurollar milliy istiqlol g`oyasiga uyg`un bo`lishi talab etiladi;

ketma-ketlik - har bir bosqich uchun istalgan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;

bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ`ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog`liq bo`lib, ham targ`ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o`tishini taqozo qiladi;

me’yoriylik - aksiltarg`ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo`l qo`ymaydi;

shaxsiy ibrat - masalalariga o`zida obrazlar misolida katta e’tibor berish;

ilg`or targ`ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish - bunda mafkuraviy targ`ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi.

Mazkur targ`ibot tamoyillari milliy istiqlol g`oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo`lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ`ibot olib borishda sanab o`tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini tahminlash targ`ibot samaradorligini tahminlaydigan eng muhim omildir.

Targ`ib qilinayotgan g‘oyalaming inson ongida axborot, ma’lumot tarzida o`rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga yetib borganidagina ular inson qalbiga chuqur o`rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ`ibotchining milliy g`oyaga chuqur ishonchi va qathiyatini his qilishi kerak. Lekin targ`ibotda g`oyalarga e’tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki e’tiborni jalb qilish - targ`ibotning birinchi bosqichi, xolos.

Targ`ibotning keyingi bosqichi g`oyani to‘g‘ri va atroflicha tushuntirishni, adabiyot bilan bog`liq barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g`oyani tushunish - unga ishonish demakdir. Ana shu yerda bir savol bilan to`qnashamiz: nima ko`proq ishonch uyg`otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotni yoki hissiyotlarni uyg`otuvchi mahruzami? Targ`ibot davomida insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta.

Lekin ishonchli dalillar, e’tiroz uyg‘otmaydigan hayotiy ma’lumotlarning keltirilishi bu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg`otadi.

Targ`ibot jarayoni shu yerda tugaydi, deb o`ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. harakatsiz mafkura esa safsatabozlikdan bo`lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o`rin olgan g`oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g`oya xalqning e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin. «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir»1.

Alloma bu fikri bilan farzand tarbiyasini nazarda tutdimi, avlod tarbiyasinimi yoxud millat tarbiyasi haqida gapirdimi? Har holda yosh vaqtidan boshlab bolaning «maslagini tuzatmoq» zarurligini ta’kidlaganida A.Avloniy fikr tarbiyasini nazarda tutgan ko`rinadilar. Va, tabiiyki, bunday tarbiya markazida birgina bola emas, bir oilaning farzandlari emas, balki butun millat, butun xalq turadi. Tarbiyani millat qismatini hal etuvchi darajaga ko`tarishning boisi ham shunda.

Avlodni kim tarbiyalaydi, millat qaysi sinflarda tarbiya topadi, fikr qaysi kitoblar yordamida tarbiyalanadi? Bularning barchasi haqida kim qayg`urishi kerak? Bu savolga tayyor javob bor: ota-ona, muallim, maktab, ta’lim vazirligi va oxir-oqibat davlat, jamiyat. Darhaqiqat, har bir davlat o`z fuqarolari bilimli, haq-huquqini taniydigan, ma’naviy barkamol, bir so`z bilan aytganda, komil inson bo`lib voyaga yetishi haqida qayg`uradi. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov bu xususda shunday deydi: «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb ehlon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz».

Badiiy adabiyot o`zlikni anglab yetishning mustaqil yo`li bo`lib, aslida taxayyul o`yinlari vositasida Borliq haqiqatini modellashtirishga urinishdir. San’at turlari behisob, ularning har biri voqelikda mavjud muayyan imkondan foydalanadi. Haykaltarosh toshni “jonlantiradi”, musavvir ranglar tovlanishini ishga soladi, musiqa san’ati inson tuyg`ulariga bevosita koinot uyg`unligini olib kiradi. Badiiy tafakkurning eng qudratli va imkoniyatlari cheksiz vositasi so`z san’atidir. Adabiyot inson ma’naviyatini shakllantiruvchi asosiy manbadir.

Inson xatti-harakat, imo-ishora bilan ham ko`p narsani tushuntira oladi. Ammo baribir so`z, inson nutqi axborot almashuvining bosh vositasidir. San’atni ham ahli basharning o`ziga xos axborot almashuv vositalaridan biri deb qarasak, so`z san’ati ushbu badiiyat dunyosida alohida mavqega egadir. Adabiyot inson tafakkurining, ma’naviyatining asosi va bosh ozig`idir. Chunki unda hayot aks etadi. Ammo o`z holicha, ko`zgudagidek emas, balki muallif maqsadiga bo`ysunib, uning nigohi orqali sizga ko‘rinadi. Adabiy asar ko`z oldingizdan kechayotgan ayqash-uyqash hodisalar girdobini ma’lum ma’no tizimiga joylab, undan sizning ko`zingizga, ongingizga ma’no, mazmun chiqarib beradi. Endigina harfni harfga urishtirib kitob o`qishga o`rgangan besh-etti yoshli bola tevarak-atrofdagi hayotni qanday tahlil qilib, to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi? Buning uchun unga kim yordam beradi? Albatta, birinchi navbatda, ona va otasi, opa-akalari, tarbiyachilari, atrof-muhitdagi insonlar ta’siri bo`ladi. Biroq ushbu insonlar ko`rsatadigan ta’sir, ular gapiradigan gaplar o`z navbatida ularning ong va saviya darajasiga, ularning o`zi hayotni qanday tushunishiga bog`liq. Kitob esa, agar arzigulik kitob bo`lsa, ma’lum ma’noda, umumbashariyat tajribasi asosida yozilgan, hayotning bir qirrasini bola uchun tushunarli usulda umumbashariyat ma’naviy olami ko`zgusi orqali xayrli bir niyat sari yo‘naltirib aks ettirgan bo`ladi. Mana shu ma’noda adabiyotni inson ma’naviy dunyosining shakllanishidagi ilk va oziq vosita deya olamiz. Falsafiy va ilmiy dunyo daholari ham odatan badiiy adabiyot yo`rgagida voyaga yetadilar.

Adabiyot haqida yoshligidan kitobga mehri tushgan, kitob ichida o`sgan odamgina gapirishga haqli bo`lsa kerak. Keyincha katta bo`lib, sababi tirikchilik, adabiyotshunoslikka qo`l urgan kishilarning so`zlari bu dargoh uchun begona so`zlardir. Ular yo o`zgalardan ko`chirma qiladilar, yo chinakam adabiyot uchun yot bo`lgan qarashlarni unga tirkamoqchi bo`ladilar. Bu ishlarni ko`ra bila turib qiladilarmi, yo ko‘r-ko‘ronami, bunisining oxir-natija uchun unchalik ahamiyati yo`q.

Yoshligidan kitob o`qishga o`rgangan odam odatda falsafiy, siyosiy, diniy adabiyotdan boshlamaydi, avval badiiy adabiyot namunalari bilan tanishadi. Agar boshqa biror tur adabiyot qo`liga tushganda ham, tabiiy-ki, bola tafakkuri bilan uni tushunishga qodir bo`lmaydi. Badiiy asar unday emas, u yetti yashardan yetmish yashargacha hammaga tushunarli, hamma ham undan o`z fahm- farosatiga loyiq bir hissa chiqara oladi. Shu sababli adabiyot - ibrat maktabi, mehr parvarishidir. Mumtoz adabiyot Borliq haqiqatining botiniy jihatini zohiriy timsollar vositasida majoziy bayon etish qudratiga ega. Ana shu xislati tufayli u inson ruhini insoniy fazilatlar, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik bilan uyg`unlashtirishga yordam beruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni.

Badiiy adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida uning nihoyatda qudratli kuch ekanligi ham yaxshi ma’lum. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan yaratadigan bo`ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umumehtirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega boddik».

Ma’naviy barkamollik insonning ruhiy poklanishi, axloqiy ong va hissiyotlarga ega bo`lishi, halol va pok yashashni, mustahkam e’tiqodga ega bo`lishni oliy maqsad deb bilishidir. Aytish joizki, xalqimiz qadim-qadimdanoq ma’naviyat, axloq masalalariga alohida e’tibor qaratib kelgan.

Ajdodlarimiz ilm-fanning qaysi sohasi bilan shug`ullanmasinlar, inson ma’naviyatini shakllantirishga, ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berganlar. Jumladan, ma’naviy - axloqiy tarbiya masalalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Sahdiyning «Guliston», Alisher Navoiyning barcha asarlarida keng yoritilgan.

Ta’lim-tarbiya masalalari insoniyat ma’rifatga intilgan paytdan boshlab qanchalar muhim omil bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda ham o`ta jiddiy, muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi. Chunki fan-texnika taraqqiyoti, zamonaviy kashfiyotlar insoniyatning qudratini oshiradi va yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bunday holat insondan yanada yuksak ma’naviyat darajasiga ko‘tarilishni talab etadi. O`z navbatida, yosh avlodning ma’naviy yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi.

Bugun - XXI asrning birinchi choragida turib barcha muammolar qatoriga texnikaning, kompg’yuterlashtirishning oqibatlaridan biri sifatida badiiy asarni o`qishga bo`lgan intilish va rag‘batlaming pasayib borayotganligi ham mutaxassislar tomonidan ko`p marotaba tilga olinmoqda. Endilikda adabiyot o`qitish, badiiy asarni o`qishga o`rgatishning eng ommaviy, eng zamonaviy, eng ta’sirchan shakl va usullarini izlab topish zarurati har qachongidan ham dolzarbroq bo`lib turibdi. Shunday ekan, adabiyotshunoslik fanlarini, badiiy adabiyotni o`rgatishni ko`zda tutadigan fan jamiyat ahzolariga, birinchi navbatda, o`quvchi-yoshlarga, talabalarga, qolaversa, shu sohaning bo`lajak mutaxassislariga qaysi usullardan foydalanish afzalliklarini ko`rsatib berishi, ularning oldida so`z san’atini o`rganish bilan bevosita aloqador bo`ladigan turli muammolarning hal qilinishiga yordam berishi lozim.

Adabiyotshunoslik yo`nalishidagi fanlarni o`qitishning nazariy muammolari ham oz emas. Birgina quyidagi savollar ustida o`ylab ko’raylik?

Badiiy asarni o`qitish va o`rgatishning asosiy maqsadlari sifatida nimalar belgilanishi lozim? Bolalarning qaysi yoshida badiiy adabiyotning qanday asarlarini o`qitish lozim? Har qanday badiiy asarni o`quvchilarga tavsiya etish mumkinmi va ular yoshlar axloqiy tarbiyasiga xizmat qila oladimi? Yoshlarni badiiy asarlarni tushunishdagi qanday ehtiyojlar birinchi navbatda e’tiborda turishi kerak? Umuman, badiiy asar qanday tahlil qilinishi kerak? Bunda o‘quvchilarning shaxsiy - individual xususiyatlarini e’tiborga olish qanday natijaga olib keladi?

Ko`rinib turibdiki, bu savollarga yengilgina javob berish mumkin emas. U ko`plab nazariy - amaliy masala va o`rganishni hamda hal qilishni taqazo etadi. Albatta, bu masalalarni hal qilish bir yoki ikki kishining qo`lidan kelmaydi. Buning uchun yirik adabiyotshunos va metodist olimlarning kuch va g‘ayratlari safarbar qilinishi lozim. Shunga erishish kerakki, o`quvchi ta’lim jarayoni uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olsin, uning kuch - g‘ayrati badiiy asarni o`rganish uchun bevosita badiiy asarni o`qib o‘zlashtirishga yo`naltirilsin. Toki u badiiy asardagi asosiy va ikkinchi darajali voqea-hodisalarni ongli ravishda farqlay olish, ajrata bilish malakalarini egallasin.

Agar bo`lajak mutaxassis erkin, mustaqil, ijodiy fikr sohibi bo`lib yetishmas ekan, o`qituvchining har qanday mahorati, har qanday zamonaviy shakl va usullar, har qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalar samarasizligicha qolaveradi.

Endigina shakllanib kelayotgan o‘quvchining shaxsiga adabiyotning ko`rsatadigan axloqiy-ma’naviy, ma’rifiy, estetik hamda emotsional ta’sirining kuchayishi adabiyot o`qitish ishidagi eng muhim nuqtalardan birini tashkil etadi. Bu adabiy ta’limning barcha bosqichlarida uzluksiz tarzda takomillashib borishi shart bo`lgan jarayondir.

Boshqa bir misolni esga olaylik. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobida to‘g‘ri ta’kidlanganidek, «Inson qalbining quvonchu qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega boriamiz»

Buyuk o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ming yildan ziyod tarixga ega bo`lgan adabiyotimizdagi zullisonaynlik an’anasining zabardast vakili ham hisoblanadi. Zeroki, shoir yoshligidan tortib umrining oxirigacha o`zbek tilida shoh asarlar yaratish bilan birga, forsiy til va undagi adabiyotga mehr qo`ydi, “Mantiq ut-tayr”dek shoh asarni yodlab, keyinchalik o`zi ham bu tilda betakror g`azallar, qasida-yu ruboiy, qithalar ijod qildi; muxtarah, lug`azlar, juda ko`p muammolar bitdi. Benazir san’atkor o‘zining ijtimoiy-falsafiy, islomiy-ma’rifiy, ilohiy, tarixiy ruhdagi turkum qasidalari “Arbahin”, “Sittai zaruriya”larni aynan forsiy tilda yozdi va bu bilan o`zining fors-tojik adabiyotidagi daho qasidanavislardan kam emasligini tasdiqlab qo`ydi.

Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti shu yurtda yashovchi har bir shaxsning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy kamolotiga ko’p jihatdan bog’liqdir. CHunki, ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi. Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri ham boy va sermazmun ma’naviyatga ega bo’lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg’or bo’lish jamiyat norasoligining xolis ko’rsatkichidir. Shu bois, Prezident Islom Karimov tomonidan istiqlolning dastlabki yillaridanoq «Ma’naviy boylik - moddiy boylikdan ming bor ustun»1 degan purma’no g’oya ilgari surilib, xalqimizning, ayniqsa, farzandlarimizning ma’naviy darajasini yanada yuksaltirish kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishdagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligiga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda. Ayni zamonda, davlatimiz rahbari o’zining ko’plab nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga azmu qaror qilgan xalqimizning boy merosi, bebaho qadriyatlari, ezgu niyat, orzu- umidlariga, shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga asoslangan milliy mafkurani shakllantirish, ommalashtirish, kishilar ongiga chuqur singdirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi masalasiga alohida bir bo’lim sifatida to’xtalishi bu masalaning bugungi kun uchun ham hayot-mamot darajasida o’ta muhimligidan dalolat beradi. Prezidentimiz bu borada quyidagi fikrlarni bildirishgan: «Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritganda, bu borada asrlar davomida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’lib kelayotgan bir masalaga alohida to’xtalib o’tish lozim, deb o’ylayman. Ya’ni, odamning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir- biriga nisbatan qanday o’rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar mavjud bo’lganini va bunday tortishuvlar hozirgacha davom etayotganini kuzatish qiyin emas» .

E’tibor bering: inson dunyoga kelgan ondanoq o’zining jismonan va aqlan kamol topishi uchun zarur bo’lgan ona sutiga va ona allasiga ehtiyoj sezadi. Biri ikkinchisisiz murg’ak go’dakning komillik darajasiga yetishishida muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi hammamizga yaxshi ayon. Demak, inson farzandi dunyo yuzini ko’rgan dastlabki ondan e’tiboran moddiy va ma’naviy olamga zarurat sezadi. Murg’ak qalbning ilk kunidanoq ham jismonan, ham aqlan kamol topishiga e’tibor qaratish kelajakka bee’tibor bo’lmaslik, unga o’ta mas’uliyat bilan qarash, demakdir. SHu bois ham bu ikki olam bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslanadi. «Qachonki ana shu ikki muhim omil o’zaro uyg’unlashsa, tom ma’nodagi qo’sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o’sish- o’zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo’ladi».

Inson vujudi, amaliy faoliyatida ruhiy, ma’naviy tomonlar keyinga surib tashlanib, bema’ni hislar va nafsga berilish g’oliblik qilsa, unday inson nafs tuzog’iga ilinadi. Ma’naviy fazilatlardan biri — halol, pokiza yashash, birovlarning haqiga zarracha bo’lsada xiyonat qilmaslikdir. Xoja Ahmad Yassaviy ta’biricha. «nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, to’zib, gumroh bo’lur, yotsa, tursa shayton bilan hamroh bo’lur...».

Ushbu mavzu yuzasidan quyidagi xulosaga kelish mumkin.Avvalombor, olimlarimiz zimmasida mana shu ulkan meros va nodir xazina boyliklarni yosh avlodning ongu shuuriga yetkazishning zamonaviy shakl va usullarini izlab topish, ularni boqiy ma’naviy - axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va amaliyotga tatbiq etish vazifasi turibdi. Ikkkinchidan, Navoiy tanlagan mavzularda, uning qahramonlarining faoliyatlarida milliy g’oyamizning asosiy tushunchalari to’la o’z aksini topgan. SHunday ekan milliy g’oyamizning asosiy tushunchalarini yoshlar ongiga singdirishda Navoiy qahramonlariga, uning asarlaridagi g’oyalarga takror-takror murojat eti shga to’g’ri keladi.




Yüklə 68,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin