Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023
390
KAMBAG‘ALLIK - IJTIMOIY-IQTISODIY MUAMMO
Asqarova Adolatxon Mamatxonovna
E-mail:
adolathonaskarova0@gmail.com
Farg‘ona davlat Universiteti
sotsiologiya kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda kambag‘allik xalqaro hamjamiyatda kambag‘allikni belglashning
chegaralari, yondoshuvlar hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va O‘zbekistonda
kambag‘allikning statistikasi hamda unga qarshi kurashda
xorijiy tajriba bilan
birgalikda aholining iqtisodiy tafakkurini, munosabatini o‘zgartirish kabi qarashlar
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: kambag‘allik,
YaIM, o‘rtacha
ish haqi, kambag‘allik chegarasi,
iste’mol savatchasi, iqtisodiy tafakkur.
Ingliz yozuvchisi va shoiri Oskar Uayld
“Jamiyatda boylarga qaraganda pul
haqida eng ko‘p o‘ylovchi sinf bu – kambag‘allardir. Zero, ularda puldan boshqa
o‘ylaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Kambag‘allikning muammosi ham aynan
shundadir”, deb aytganida naqadar haq edi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
inqirozlarning
kuchayishi, mamlakatlar o‘rtasida turli savdo urushlarining avj olishi
natijasida dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning cheklanishi
kabi jarayonlar bilan tavsiflanadi. Buning natijasida esa, dunyoning ko‘pgina
milliy
iqtisodiyotlarida YaIM o‘sishining sekinlashuvi, real daromadlarning pasayishi,
ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishi kuzatilmoqda.
Kambag‘allik haqida so‘z
yuritganda, u bitta inson uchun tegishli bo‘lgan muammo
emasligini anglab yetishimiz lozim. Kambag‘allik jamiyat va iqtisodiyotda bir qator
salbiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Kambag‘allik bir qator ob’yektiv va sub’yektiv
sabablar tufayli tug‘ilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Kambag‘allar
yetarlicha
ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganliklari bois, malaka va kasbiy ko‘nikmalari
past xodimlar safini to‘ldiradilar. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasb egalari, xususan
o‘qituvchi va shifokorlar yuqori daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z ish joylarini
tashlab boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Kambag‘allik
jinoyatchilikning o‘sishiga olib keladi, chunki tirikchilik
qilish uchun insonlar
daromad topishning noqonuniy yo‘llaridan ham foydalanishga majbur bo‘ladilar.
Kambag‘allik jamiyatda daromadlarning keskin tabaqalanishiga va ijtimoiy