Menejer, biznes, tadbirkorlik, marketolog tushunchalari mazmuni va mohiyati.
Menejment inglizcha ("management") so’zidan olingan bo’lib, u o’zbek tilida boshqarishni idora qilish, tashkil etish,
raxbarlik qilish ma'nolarini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarni boshqarish shakli
hisoblanadi. Menejment inson hayotidagi iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni ishbilarmonlik asosida
tashkil etish hamda boshqarishni bildiradi.
«Menejment» so’zining ma’nosi nihoyatda murakkab. Ingliz tilining fundamental oksford lug’atida bu so’zning quyidagi talqinlarini uchratish mumkin:
«Menejment» so’zining ma’nosi nihoyatda murakkab. Ingliz tilining fundamental oksford lug’atida bu so’zning quyidagi talqinlarini uchratish mumkin:
odamlar bilan muomala qilish usuli, tarzi;
xokimiyat va boshqaruv san’ati;
ishbilarmonlikning o’ziga xos turi;
ma’muriy vazifa.
MЕNЕJMЕNT SUBYЕKTI (bоshqaruv оrgani, rahbarlik) ОBYЕKT (bоshqariluvchi hоdisa vоqеlik) Mеnеjmеnt оbyеkti haqida so‘z yuritganda, eng avvalо, оbyеkt so‘zining lug‘aviy ma’nоsiga e’tibоr bеrish kеrak bo‘ladi ОBYЕKT : bizdan tashqarida va bizning оngimizga bоg‘liq bo‘lmagan hоlda mavjud bo‘lgan bоrliq, vоqеlik, mоddiy dunyo, mavjudоt
kishi faоliyati, diqqat-e’tibоri qaratilgan hоdisa, narsa, shaхs
хo‘jalik yoki mudоfaa ahamiyatiga ega bo‘lgan kоrхоna, qurilish, ayrim uchastka va h.k
Bоshqarish ishini bajaruvchi idоralar va ularning rahbarlari mеnеjmеntning subyеkti, ya’ni bоshqaruv оrganlarni yoki mеnеjеrlar, bоshqaruvchilar hisоblanadi.
«Menejment» fanining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida bemalol faoliyat ko’rsata oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni yangicha iqtisodiy fikrlay oladigan, xo’jalik yuritish va boshqaruvda yangi uslublarni qo’llay oladigan, rahbarlik san’atini egallagan kadrlarni yetishtirishdir. Demak, insonning boshqara olish qobiliyatini shakllantirish va takomillashtirish menejmentning muhim maqsadlaridan hisoblanadi.
Boshqacha aytadigan bo’lsak, Menejment» fanining asosiy maqsadi tashqilotlar (barcha turdagi) to’g’risida asosiy ma’lumotlarni berib, ularni samarali tarzda boshqarishni o’rganishdir. Samarali rahbar o’z ishida har xil holatlarni hisobga oladi, kelajakni oldindan ko’ra biladi, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanadi. Mana shunday holatga tayyorlashni «Menejment» fani o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi.
Menejment vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishlab chiqarishni avtomatlashuvini ta’minlash va yuqori malakali ishchilardan foydalanishga o’tish;
yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish va yuqori ish haqini belgilash yo’li bilan firma xodimlari ishini rag’batlantirish
firmaning samarali faoliyati uchun doimiy nazorat o’rnatish, firmaning barcha bo’limlaridagi ishlarni muvofiqlashtirish;
doimo yangi bozorlarni izlash va o’zlashtirish;
firmalarni rivojlantirishda aniq maqsadlarni belgilash;
maqsadlar ustivorligini, ularning ketma-ketligi va qabo’l qilingan qarorlar izchilligini aniqlash;
firmalarni rivojlantirishdagi strategiyani - xo’jalik yuritish masalalari va ularni hal etish yo’llarini ishlab chiqish;
turli vaqt davrlarida belgilangan muammolar yechimini hal etish uchun chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqaruv san’atini egallagan, tadbirkorlik qobiliyatini ishga tushura oladigan malakali mutaxassis. Ular yollanma boshqaruvchilar bo’lib, axolining aloxida ijtimoiy qatlamini tashqil etadi.
Biznes - bu daromad olish maqsadida pul bilan amalga oshiriladigan ishchanlik faolligidir, ya’ni bozorda uning iqtisodiy sub’ektlari orasida xizmatlar va tovar ayirboshlash bilan bog’liq masalani yechishga yo’naltirilgan faol ishchanlik mashg’ulotidir. Biznes tadbirkorlikka nisbatan keng ma’nolarda ishlatilganligi tufayli tadbirkorlik faoliyatini ham o’z ichiga oladi. Biznes bilan shug’ullangan kishilarni biznesmen deb ataydilar. Ba’zan menejer, tadbirkor, diler, makler, broker, kommersantlarning muayyan faoliyatini umumlashtirib biznesmen deb atash ham mumkin.
Marketologlar - marketing faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislardir. Ular bozor talabi va taklifini o’rganish orqali bozorga chiqariladigan maxsulotlarni ishlab chiqarish va bu maxsulotlarni sotish jarayonlarini tashkil etish hamda tovarlar reklamasini tashkil etish, umuman bozor muhitiga ta'sir ko’rsatish sohalarini yaxshi egallagan bo’ladilar. Marketologlar ishlab chiqarilgan tovarni bozorda sotishdan boshlab, uning taqsimoti va harakatlarini ham belgilab boradilar. Reklama qilish orqali savdo-sotiqni rag’batlantirishda ham marketologlarning alohida o’rnini qayd etish zarur. Bundan tashqari iste'molchilarni didini o’rganish, tovarlarni hayotiy davrini oshirish masalalarida marketologlar faol bo’lishlari lozim. Chunki aynan shu jihatlar korxona faoliyatini tashqi muhit bilan naqadar yaqindan elastik aloqa o’rnatishini ta'minlaydi.
Bozor segmentini o’rganish ham aynan marketologlar uchun birinchi darajali ishdir.