1«O`qituvchi» atamasi, uning shaхsi hamda faоliyati haqida tushuncha



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə1/2
tarix22.06.2022
ölçüsü73,5 Kb.
#62103
  1   2
KASBIY TA`LIM]


1«O`qituvchi» atamasi, uning shaхsi hamda faоliyati haqida tushuncha.


2.O`qituvchilik kasbining ijtimоiy-tariхiy rivоji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o`rni.
3.O`zbеkistоn Rеspublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi qоnuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asоsida o`qituvchi faоliyati mazmuniga qo`yiladigan talablar.
4.Pеdagоgik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mохiyati.
O’zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga quyilayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvi shaxsiga bog’liq. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ta’lim- tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadga erishish, o’kuvchilarning xilma- xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’kituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O’zbekistonning istiqboli ko’p ejihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’kitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. YAxshi o’kituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. CHunki pedagogik nazariyada bolalarni o’kitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’kuvchilarning yo shva individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, Amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’kituvchidan keng bilimdonlikni, puxta Amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini tuta olishi zarur. SHuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya beri shishi Bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat Bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda. O’qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O’kituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’tarilgan barcha tadbiru - amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tub jihatdan o’zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.
Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi:
Birinchidan - o’qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo’lmog’i
Ikkinchidan – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy – axloqiy barkamol inson sifatida obro’ - e’tiborga ega bo’lmog’i;
Uchinchidan – imon –e’tiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko’rinishlarga o’zining qat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo’lishi;
To’rtinchidan - o’qituvchi vatanparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan bo’lmog’i va o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo’lda fidokorlikka undamog’i;
Beshinchidan – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo’lishi;
Oltinchidan – bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdek, ularning yoshi va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;
Ettinchidan - o’qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo’lmog’i;
Sakkizinchidan - o’qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo’lish bilan birga, o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat qilmog’i;
To’qqizinchidan - o’qituvchi o’z so’ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan, obro’ - e’tiborli shaxs bo’lmog’i;
O’ninchidan - o’qituvchi o’tkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik printsipi asosida yetkazishi;
O’n birinchidan - o’qituvchi madaniyatli, estetik didli bo’lishi bilan o’zining tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo’lib qolmog’i kerak.
Agar o’qituvchi ana shunday sifatlarni o’zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o’qituvchi tamoyiliga qo’yilgan talablarga to’liq javob bera oladi deyish mumkin.
O’qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo’lmog’i darkor. Aks holda o’qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hech qanday manfaat bo’lmasligi turgan gap.
Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo’lgan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o’qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir.
O’qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o’qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o’zida mujassam etishi; shuningdek, o’qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni atroflicha o’zlashtirgan bo’lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i juda muhim.
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o’z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob’ekt va sub’ekt va vositalardan tashqil topadi.
Eng avvalo, pedagogik maqsadning o’ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo`naltirilgan bo’lishi zarur.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Bunda pedagogik maqsad o’quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir.
3. Pedagogik (ta’lim, tarbiya) jarayonida o’quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o’quvchi kelajagi tomon yo’naltirilgan bo’ladi. Bu maqsadni o’quvchidan ko’ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. SHunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o’ziga xosligi o’qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: jamiyatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to’la anglab, o’z shaxsiga qabo’l qilishi. Jamiyat maqsadlarining "o’sib", uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
o’quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O’quvchilar bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borishda bunga e’tibor berish zarur.
Endi pedagogik faoliyat ob’ektining o’ziga xosligini ko’rib chiqamiz. Bu faoliyatining ob’ekti insondir. Pedagog- tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik ob’ektining o’ziga xosligi quyidagilardan iborat:
1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o’zining individual sifatlari, ro’y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o’zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs-takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o’z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo’lgan ishtirokchisi hamdir. SHunday qilib, pedagogik faoliyatning ob’ekti bir paytning o’zida bu faoliyatning sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
2. Pedagog doimo o’zgarib, o’sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O’quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o’qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba’zan sezilmaydigan, ba’zan esa har tomonlama bir necha yo’nalishda ta’sir etadi. SHuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o’zida jamiki ta’sirlarga va o’quvchining o’zida paydo bo’lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda to’tadi. Masalan, diniy ektsremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to’g’ri anglashga undash va h. k. Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash bilan uyg’unlashgan holda olib borilishi zarur.

Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.


Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nutqqa ega bo’lgan, o’tilayotgan mavzuga o’quvchi diqqatini torta oladigan, qobiliyatli, mavzuga mos ko’rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o’quvchi qalbiga yo’l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz.
Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir.
«Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o’qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o’qituvchilardan o’z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o’z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi.
O’qituvchilik kasbi ulug’ va sharafli, murakkab, o’z o’rnida mas’uliyatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo’lib yetilishiga o’qituvchi sababchi bo’ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar o’qituvchining mehnati samarasidir. O’qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. O’qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o’zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o’qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko’nikmalarni egallashi lozimdir.
Mahoratli o’qituvchi o’zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko’nikma, malakalarni egallagan bo’lishi zarurdir.
1.O’qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir.
2. Mustaqil O’zbekistonimiz o’qituvchisi birinchi galda o’zi o’qitadigan fanni chuqur egallagan bo’lgandagina o’quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi.
3.O’qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur.
4.O’qituvchi yaxshi o’qituvchi bo’lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo’shib, o’z fanining metodikasini yaxshi bilmog’i lozim.
5.O’qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo’lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi.
6.O’qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o’qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo’lib, u o’qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi.
7. O’qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo’lishi kerak, chunki unga o’quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Va nihoyat o’qituvchida o’qituvchiga xos bo’lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo’lishi lozim.
YOsh avlod tarbiyalash murakkab va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga ayni zamonda u g’oyat darajada murakkab, mas’uliyatli ishdir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun eng avvalo o’qituvchi o’z ishining shaydosi bo’lishi, bolalarni sevishi, mas’uliyatlarini, burchlarini, hulqlarini anglab yetishlari lozim.
Xulosa qilib, aytganda mustaqil O’zbekistonimizda o’zining pedagogik faoliyatini olib borayotgan har bir o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo’lishi, o’zidan oldingi pedagoglarning ilg’or tajribalari bilan doimiy tanishib borishi va shu yo’llar bilan o’z mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular pedagogika fanidagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Pedagogika tarixi ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lishi, inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab etadi.
Eramizdan oldingi oltinchi asrdan milodiy beshinchi asrgacha o’tgan davrda YUnonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, respublika boshqaruvi o’rnatilgan. Bu yerda o’ziga xos ta’lim – tarbiya tizimlari va pedagogik ta’limotlar yaratilgan. YUnonistonlik olimlar – Demokrit (460-370), Suqrot (469-339), Aflotun (427-|347), Arastu (383-322); shuningdek, mashhur Rim pedagogi Kvintilian (42—118)lar o’z asarlarida ta’lim – tarbiya, o’qituvchi axloqiga doir pedagogik nazariyalar yaratganlar.
Masalan, Demokrit tarbiyaning tabiatga mosligi g’oyasini o’rtaga qo’ygan. O’qitish jarayonida bolalarning qiziquvchanligini hisobga olish zarurligini uqtirgan. Ta’limning kishi tabiatini o’zgartiruvchi qudratli kuch ekanligini, o’qitishda majburlash usulidan ko’ra, ishontirish vositasidan foydalanish afzalligini, salbiy namunalarning zararligini ta’kidlagan edi.
U tarbiyada mehnatning roli muhimligini ko’rsatib, pedagoglar, ota-onalar bolani yomon o’rnakdan ehtiyot qilib, yaxshi xulq hosil qilish uchun foydali xatti - harakatlarni ko’proq mashq qildirishlari lozim, degan edi.
Aflotun bola tarbiyachiga itoat qilishi zarurligi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. U bolani muttasil nazorat qilib borish; uning yaxshi, itoatkorligini rag’batlantirish, itoatsizlik qilsa qo’rqitish va urib bo’lsa ham to’g’ri yo’lga solish lozimligini ta’kidlaydi.
Rim pedagoglaridan eng mashhuri — Mark Fabiy Kvintilian «Notiqni tarbiyalash to’g’risida» nomli asarida pedagogik muammolarni, shuningdek, o’qituvchi odobiga doir masalalarni ham bayon etadi. Kvintilian o’z zamonasidagi Grek va Rim pedagogik g’oyalarini yaxshi o’rganib, notiqlar maktabida ko’p yillar o’qituvchilik qilib orttirgan katta tajribasini umumlashtiradi. Uning fikricha, bola maktabda ta’lim-tarbiya olishi lozim. O’qituvchi o’zi tarbiyalayotgan har bir bolaga ehtiyotlik bilan va e’tibor berib muomala qilishi kerak, chunkn befahm va qobiliyatsiz bola kamdan-kam uchraydi. O’qituvchining o’zi o’qimishli bo’lishi, bolalarni sevishi, o’zini yaxshi tuta bilishi, bolalarni bo’lar-bo’lmasga maqtayvermasligi yoki jazolayvermasligi, o’z shogirdlari uchun o’rnak bo’lishi va ularni sinchiklab o’rganishi lozim.
O’qituvchi odobining tarixiy ildizlari haqida gap borar ekan, qadimgi YUnoniston va Rim pedagoglarining yuqorida keltirilgan g’oyalarini tilga olish o’rinli deb hisoblaymiz. CHunki Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar Hindiston, Xitoy kabi sharq mamlakatlari madaniyati, ilm-fani, pedagogikasi bilan bir qatorda qadimgi YUnoniston, Rim madaniyati, falsafasi, pedagogikasiga ham e’tibor berganlar. Jahon allomalarining ilmiy aloqalari, ma’rifatparvarlik, pedagogik, axloqiy ta’limotlari Markaziy Osiyoda pedagogika sohasidagi fikrlar taraqqiyotining tarixiy ildizlaridan biridir.
Islom ta’limoti o’tmishda yaratilgan barcha ilohiy ilmlarni. insoniy tajriba va fazilatlarni umuminsoniy qadriyat sifatida o’zida mujassamlantirdi. Qur’oni karim va Hadislarda bayon etilgan axloqiy g’oyalar insoniyat madaniyati xazinasiga qo’shilgan ulkan hissa ekanligi jahon miqyosida allaqachon tan olingan. Qur’on — falsafiy, huquqiy bilimlar majmuigina bo’lib qolmay, axloqiy tarbiyani qudratli manbai, vositasi, kishilarni halollik, poklik, axloq-odob, insof-diyonatga da’vat etuvchi muqaddas kitobdir. Qur’on suralarida kishilar Alloh nomidan ezgulikka, halollikka. poklikka da’vat etiladn. YOvuzlik yo’lidan qaytmagan kishilar uchun do’zax azobi muqarrarligi eslatiladi. Bu, esa kishilarni yomon hulqlardan o’zini tiyishga, yaxshilikka undaydi.
Islom ta’limotida yoshlar barkamol inson bo’lib yetishishlari, ayol va erkak turmushda, jamiyatda o’z mavqelarini, vazifalarini bilib, pokiza hayot kechirishlari lozimligi ta’kidlanadi. Erkaklarda g’urur, ayollarda – sharm - hayo, qizlarda - iffat, bolalarda - mehr - oqibat, halol bilan haromning farqiga borish kabi fazilatlarni tarbiyalash islom ilmining asosiy mazmunini tashkil etadi.


Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom dini qabul qilingandan so’ng ming yildan ortiqroq davr mobaynida o’qituvchi odobi g’oyalari islom ta’limoti ta’sirida shakllandi va rivojlandi. Ma’lumki, islom har bir musulmondan avvalo, iymonli bo’lishni talab etadi. Bu, Allohni, Muhammad uning rasuli ekanini tilda va dilda tan olish, barcha olamlarni, insonni ham tangri yaratganiga, oxirat kuni muqarrarligiga ishonishni nazarda tutadi. SHubhasiz, bu, musulmon maktablarining muallimlariga qo’yiladigan axloqiy talablardan eng birinchisi va muhimidir. SHu bilan birga Markaziy Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek, o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta’limotlarni ham yaratdilar.


Abu Nasr al-Forobiy (873—930) o’z asarlarida har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta’lim va tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. YOshlarga ta’lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda qattiq zug’um qilmasligi, shuningdek, haddan tashqari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim, chunki ortiqcha zug’um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi-yu, shogird ustozning juda ham yumshoqligini payqab qolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.
Forobiyning ta’kidlashicha, har bir kishining fe’l - atvoriga qarab tarbiya ikki usul - ixtiyoriy va majburiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bordi-yu tarbiyalanuvchilar fan va hunar o’rganishga moyillik bildirsalar, ularga nisbatan ilhomlantirish, rag’batlantirish usuli qo’llaniladi: aksincha, mabodo ular o’zboshimcha va itoatsiz bo’lsalar, majburiy usulni qo’llash mumkin Musulmon maktabida ishlaydigan kishilardan ziyrak, aqlli va axloqli odam bo’lish talab etilgan. Xalq aqlli kishilarni dono deb ataydi. Forobiyning ko’rsatishicha, aqlli kishi o’tkir zehn, idrokli, fazilatli bo’lishi, o’zining qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yo’naltirishi, yomon ishlardan o’zini saqlashi lozim. Forobiy «Aql to’g’risida»gi risolasida o’zida o’n ikki xislatni birlashtirgan kishinigina axloqli odam deb hisoblaydi. Bu xislatlar qatoriga: odamda barcha organlar mukammal taraqqiy etgan bo’lishi, barcha masalalarni tezda va to’g’ri tushuna oladigan, xotirasi baquvvat, zehni o’tkir, so’zlari aniq, fikrni ravon bayon eta oladigan, o’qishga muhabbatli, me’yorga amal qila oladigan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan, g’urur va vijdonini qadrlaydigan, mol-dunyoga mukkasidan ketmagan, adolatni sevadigan, jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan, adolatli bo’lish, qat’iylik ko’rsatish qo’rqmas va jasur bo’lish kabilarni kiritadi. Ta’lim-tarbiya beruvchilar o’z bilimlari va axloqiy darajalarida bir-birlaridan farq qiladilar, deb hisoblaydi u.
Abu Ali Ibn Sino (980—1037) ning fikricha tarbiya yagona jarayon bo’lib yoshlarga aqliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni va hunar o’rgatishni nazarda tutadi. «Tib qonunlari» asarida bolani olti yoshdan o’qitish va tarbiyalash uchun muallimga topshirish haqida so’z yuritiladi. Ibn Sino ta’lim jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim deb hisoblaydi: o’qitishda oddiydan murakkabga qarab borish; bolaning qobiliyat va mayllarini e’tiborga olish; bolaga kuchi yetadigan mashqlarni bajartirish; ta’limni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borilishi.
Bolaga ta’lim va tarbiya berishi uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim va tarbiyachini tanlash zarur. Muallim sog’lom, pok, halol, xushmuomala kishi bo’lmog’i lozim. Barkamol inson qilib yetishtirish uchun tarbiyachi bolani o’rni bilan rag’batlantirishni ham, o’rni bilan jazolashni ham bilsin. Vaqti-vaqti bilan bolani maqtab, yomon hulqini qoralab, yaxshi qiliqlarini o’z vaqtida rag’batlantirib ham turish kerak.
Abu Ali Ibn Sino bolalarni yakka - yakka o’qitishdan ko’ra jamoada ta’lim berishni afzal deb hisoblaydi. U jamoada o’qitishning afzalliklari haqida gapirib, ta’kidlaydiki, bunday holatda bolada ilmga intiluvchanlik ortadi; sheriklarining bilimiga havas qilib, o’z bilimlari bilan g’ururlanadi; boshqalardan orqada qolishga bolaning g’ururi yo’l qo’ymaydi: birga o’qiganda bolalar bir - birlari bilan gaplashib nutqi o’sadi, xotirasi mustahkamlanadi: ta’lim jarayonida o’quvchilar bir-birlari bilan inoqlashadi, bir - birlarini hurmat qilishga odatlanadi, munozara qilishni o’rganadi, o’zaro musobaqalashishadi, o’zlarining huquqi va burchlari haqida fikr almashadilar. Bu esa bolalarning hulqini yaxshilashga axloq normalarini egallab olishlariga ko’maklashadi.
Ibn Sinoning ko’rsatishicha, muallim avvalo bolaga Qur’on ta’limotini o’rgatishi lozim, so’ngra bolaning nimaga qizqishini, qaysi kasbga yoki san’atga mayli borligini aniqlashi zarur. Bilim va hunarni bola hayot kechirish va yashash vositasi deb bilsin. So’ngra biror kasb-hunarni mukammal o’rganishi kerak. Ilm va hunar o’rganayotganda bolaning talanti, qiziqish va maylini e’tiborga olish zarur. Aks xolda ta’lim va tarbiya kutilgan natijani bermaydi. Bolalarning bir xillari til o’rganishga qobiliyatli bo’lsa, ba’zilari boshqa fanlarga, masalan, tibbiyotga, geometriyaga qobiliyatli bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham muallim bolaga ta’lim berishga kirishishdan oldin o’quvchining xarakterini o’rganishi va bilim darajasini aniqlashi kerak. Bunda avvalo bola diqqatining xususiyatlarini, qiziqishi va qobiliyatlarini e’tiborga, olib, unga qaysi hunar yoki san’atni o’rganishi mumkinligini ko’rsatish kerak.
Kaykovus (XI asr) «Qobusnoma» asarida bolalarga hunar va fazl o’rgatmak to’g’risida farzandiga qilgan nasihatida ota-onaning va muallimlarning bolaga muomala-munosabati masalasiga ham to’xtaladi. CHunonchi, u ota-ona o’z bolasiga ilm va axloqiy fazilatlarni singdirish uchun bolani muallim qo’li bilan jazolashi mumkinligini uqtiradi va deydi: «... Va har ilmni o’rgatuvchi muallimlar ta’lim uchun (bolani) ursalar, sen (ota) shafqat ko’rguzgil, mayli ursunlar, nedinkim yosh o’g’lon ilm va adabni tayoq bilan o’rganur va o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdin qahring kelsa, o’z qo’ling bila urmagil, muallimlarning tayog’i bila qo’rqutgil. Bolalarga muallimlar adab bersunlar, toki sendin o’g’lingning ko’nglida gina qolmasun» (Qobusnoma. Toshkent, «Meros», 1992, 83-bet.)
Alisher Navoiy (1441- 1501) o’zbek adabiyotining asoschisidir. SHu bilan birga, u pedagog-mudarris hamdir. O’z asarlarida, ayniqsa, «Mahbub-ul-qulub» asarida kasb axloqi, turli guruh kishilarining odob masalasini maqolatlar shaklida yoritadi. U ta’lim - tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq - odob talablarini ko’rsatadi. Ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi tamoyillarni asos qila oladi. O’z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O’qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta’lim berayotgan fanini sevishi zarur deydi. O’ziga ham o’quvchi jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. SHogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e’zozlashlari zarurligini uqtiradi.
Alisher Navoiy o’z zamonasidagi maktabdorlar (muallimlar) haqida gapirib, ular bolalarga azob berish, kaltaklashga o’rganib qolishganini tanqid qiladi. Ular toshbag’ir, darg’azab, gunohsizlardan achchiqlanishga odatlanishgan. Muallimlardagi bu salbiy sifatlar tarbiya jarayonining qiyinchiliklaridan, bolalarning tabiati, fe’l –atvori, fahm – farosati turli-tumanligi ta’sirida vujudga keladi, deb hisoblaydi.
Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. SHuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi.
Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Navoiyning «Mahbub-ul - qulub» asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi talablar bayon etilgan:


- mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;
- muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarini o’rgatishga urinmasligi kerak;
gerdayish, manmanlik, ta’magrlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga yet sifatlardir:
- muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo’lishi kerak;
- xalq nazarida olim hisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisqu fasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur.
Evropa mamlakatlarida bu davrda yashagan pedagoglar o’qituvchining professional faoliyati va axloqiy fazilatlari haqida o’z qarashlarini bayon etganlar, pedagogik ta’limot yaratganlar. CHunonchi, XVI asrda Ukraina va Belorusda birodarlik maktablari ochiladi. 1586 yilda Lvov shahrida ochilgan birodarlik maktabi nizomiga ko’ra maktabning rektori va o’qituvchilari jamoaning umumiy majlisida saylab qo’yilgan. Nizomda o’qituvchining qanday axloqiy fazilatlarga ega bo’lishi ham bayon etilgan. O’qituvchi – «insof-tavfiqli, o’ylab ish qiladigan, yuvosh qobil, kamtar, qanoatli bo’lmog’i lozim. Araqxo’r, firibgar, safsataboz va dahriylikni yoqlovchi bo’lmasligi lozim». (Konstantinov N.A. va boshqalar. Pedagogika tarixi. Toshkent, «O’qituvchi», 1976, 198-bet).
O’qituvchi bolalarni qattiq ushlamog’i, lekin ularga muhabbat bilan qaramog’i kerak. O’qituvchilarga axloqiy sog’ligi haqida qayg’urmog’i, o’yinlar, musobaqalardan foydalanib, ularga jismoniy tarbiya ham berishi kerak.
CHex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) ning asarlarida o’z davrining yangi g’oyalari aks etadi. Komenskiy o’qituvchilikni yer yuzidagi har qanday kasbdan yuqori turadigan juda faxrli kasb deb hisoblab, o’qituvchiga katta ahamiyat beradi. Komenskiy bir tomondan, aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashi lozimligini talab qiladi, ikkinchi tomondan esa, o’qituvchining o’zi ham jamiyatda qanday muhim vazifani bajarayotganligini tushunib olishi va o’z qad - qimmatini yaxshi bilib ishlashi lozimligini uqtirib o’tadi. O’qituvchi, uning fikricha, sof vijdonli, ishchan sabotli, o’quvchilarga o’zi singdirishi lozim bo’lgan fazilatlarning jonli namunasi bo’lishi, keng ma’lumotli va mehnatsevar bo’lishi lozim. U o’z ishini behad sevishi, o’quvchilarga bamisoli otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi zarur. O’zi namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga ergashtirishi o’qituvchining eng birinchi vazifasidir. Komenskiy dindorlik o’qituvchining eng muhim fazilatlaridan biridir deb hisoblaydi.
Nemis pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) demokrtik pedagogikaning ilg’or namoyandasidir (qarang: Pedagogika tarixi. Toshkent, «O’qituvchi»,1976, 122-128 betlar). Uning pedagogik asarlarida o’qituvchilik faoliyati va odobiga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. Distervegning fikricha, o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o’qituvchi rahbarlik rolini o’ynagandagina mumkin bo’ladigan ishdir. Ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi oqibat natijada darslik yoki metodga emas, balki o’qituvchiga bog’liq deb ta’kidlaydi. YAxshi o’qituvchi o’z fanini mukammal egallab olgan bo’lishi, o’z kasbini va bolalarni sevishi kerak. Dars chog’ida hamma bolalar tetik bo’lib turishi, o’qituvchi g’ayrat bilan dars berib, o’quvchilarning aqliy kuchini uyg’otishi, ularning irodasini mustahkamlashi, xarakterini tarkib toptirishi kerak. YAxshi o’qituvchi, Distervegning ko’rsatishicha, o’zining tarbiya printsiplarini qat’iyat bilan og’ishmay o’tkazib boradi. Bu printsiplardan hech qachon qaytmaydi. O’qituvchi o’z ustida muttasil ishlashi lozim. SHundagina u o’quvchilarni bilim egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi. Va ularni o’z yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga oladigan etib tarbiyalaydi. Disterveg o’qituvchining mustahkam xarakteri va o’tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O’qituvchi qattiqqo’l va o’tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O’qituvchi qattiqqo’l va talabchan bo’lish bilan birga adolatli bo’lishi ham kerak, faqat shundagina u o’z o’quvchilari orasida obro’ qozonishi mumkin. Disterveg o’qituvchi fuqaro bo’lishi, mustahkam e’tiqodga ega bo’lishi va mard bo’lishi lozim, deydi.
XIX-XX asrlarda ayrim YEvropa mamlakatlarida o’qituvchilar amal qilishi uchun professional kodekslar ishlab chiqildi. Ularda o’qituvchilik faoliyati va pedagoglik axloqiga doir talablar ko’rsatilgan. Bu kodekslarda, jumladan, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarning xarakteri, o’qituvchining o’z kasbiga bo’lgan munosabati; muallim o’z kasb mahoratini oshira borishi zarurligi; muallim o’z kasb mahoratini oshira borishi zarurligi; pedagoglarning turli uyushmalarida faol qatnashishi kabi talablar ko’rsatilgan.
Sobiq Sovet davlati maorif sohasida yangi siyosatni amalga oshirdi. Ta’lim va tarbiya dindan ajratildi. Maktablar bolalarga faqat dunyoviy ilmlarni o’rgatadigan, materialistik dunyoqarash, marksistik sinfiylik g’oyasini singdiradigan qilib qayta qurildi. Eski maktablarda ishlab kelgan o’qituvchilarni qayta tarbiyalash va yangi sovet o’qituvchilarini tayyorlash ishiga kirishildi.
Sovet davlati maktab va o’qituvchilarni jamiyatning sinflarga bo’linishini tamomila yo’q qilish quroliga, jamiyatni kommunistik asosda qayta qurish vositasiga aylantirish vazifasini kun tartibiga qo’ydi. Bunday usul ma’naviyatimizga qanchalik ziyon yetkazgani tarixdan ma’lum. Sobiq ittifoqda buyuk davlatchilik, ruslashtirish, boshqa millat kishilari o’zligini anglashiga yo’l qo’ymaslikka intilishdek siyosat amalga oshirildi. Keyingi 30-40 yil davomida xalq ta’limi sohasida mablag’ ajratishning ilmiy printsiplari buzildi. Maktablarda ta’lim yil sayin pasaya bordi. Qobiliyatli kishilar, ayniqsa erkaklar xalq xo’jaligining boshqa sohalariga ishga o’tib ketdilar. Pedagogika o’quv yurtlariga kiruvchi va uni bitiruvchilarga nisbatan talabchanlik bo’shashtirildi. Natijada pedagoglikka qobiliyati yo’q, bilimi past yuzlab yoshlar har yili respublika o’qituvchilari tarkibiga qo’shildi.
Insoniyat yaratgan bilimlarni egallagan taqdirdagina kommunist bo’lish mumkin, degan ta’limot asosida sovet o’qituvchilari yoshlarga ko’proq nazariy bilimlar berishga intildilar, maktablar borgan sari bolalarni hayotga, mehnatga tayyorlashdan uzoqlasha bordi. O’qituvchi odobi sohasida sovet pedagogikasi gumanizm, demokratizm, kollektivizm, vatanparvarlik, internatsionalizm printsiplariga asoslanish lozimligini e’lon qildi. Go’yoki bolalarni hurmatlash, o’z kasbini sevish, o’qituvchilik burchini anglash, halollik, vijdonlilik, adolatli bo’lish kabi jahon pedagogikasida asrlar davomida shakllangan va tajribada isbotlangan pedagogik axloqiy talablarni ilgari surdi. Lekin bu yuksak umuminsoniy axloqiy normalar milliy zamindan ajratilgani, bir yoqlama kommuniistik mafkuraviylikka asoslangani tufayli amalga oshmadi, balandparvoz gap, erishish amri mahol bo’lgan orzuga aylanib qolaverdi. O’qituvchilarning amaliy faoliyati, ta’lim – tarbiya ishlari markazda tuzilgan yagona o’quv rejalari, yagona dastur, hamma respublikalar uchun bir xil darsliklar, bir yo’nalishdagi ish shakllari va usullarini qo’llash lozimligi bilan cheklab qo’ydi. O’qituvchilarning erkinligi, ijodkorligi amalda yo’qqa chiqarilgan edi. Pedagogik axloq qoidalarida haqqoniylik, halollik, adolat talablari ko’rsatilgan bo’lsa ham amalda har bir o’qituvchidan to’liq (yuz foiz) o’zlashtirish berish, «Ikkisiz va ikki yilliksiz» ishlash talab etildi. Muallimlar insonparvarlik, odamgarchilik ko’rsatish niqobi ostida axloq qonuniyatlariga, odob normalariga zid ravishda harakat qilishga da’vat etildi. Natijada o’quv dasturi materalini o’zlashtirmagan bolaga, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ta’magirlik, manfaatdorlik illatlari avj oldi, kadrlar tayyorlash sifati juda pasayib ketdi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach mamlakatimiz xalqi oldida iqtisodiy va ma’naviy mustaqillikka ham erishish vazifasi kun tartibiga qo’yildi. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida, umumiy ta’lim maktablari va o’qituvchilarining maqsadi - har bir bolada mavjud bo’lgan qobiliyat va layoqatlarni erkin rivojlantirish, ilm asoslarini, umuminsoniy va milliy – ma’naviy, madaniy, qadriyatlarni o’rganish, yuksak axloqiy fazilatlarni, fuqarolik burchini, milliy g’urur tuyg’usini o’stirish, yoshlarni mehnat faoliyatiga, mustaqil hayot kechirishga yo’naltirishdan iborat.
Hozirgi davr taraqqiyotidan kelib chiqsak O’zbekistonda ta’lim-tarbiya tobora rivojlanmoqda, o’qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi davlatimiz ko’rsatmalariga muvofiq ravishda ortib bormoqda.
Pedagoglik alohida kasb bo’lib, u har bir mutaxassisdan yuksak darajada g’oyaviy-siyosiy yetuklikni intellektual barkamollikni va entsiklopedik ma’lumotlilikni, insoniy aql va ezgulik urug’ini tarqatuvchi dehqon va bog’bon sifatida olijanob shaxs bo’lishini taqozo etadi. Hozirgi zamon pedagogikasi fani har bir o’qituvchidan kasbiy jihatdan yetuk bo’lishni va pedagogik mahorat va qobiliyatni, mahoratni to’liq egallagan bo’lishlikni talab etmoqda. Pedagogik mahoratga va qobiliyatga, texnikaga ega bo’lmasdan turib haqiqiy o’qituvchi bo’lish mumkin emas degan tushuncha kelib chiqadi. O’zida pedagogik mahoratni va qobiliyatni umumlashtirgan inson bolalarni seva oladi, ular uchun jonini fido qila oladi, ularga haqiqiy ustoz bo’la oladi.
Ta’lim – tarbiyada o’qituvchi – murabbiylarning pedagogik mahoratini mukammal egallashi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. SHu bois jahonning barcha oliy yurtlarida bu masalaga alohida yondashuv amalga oshirilmoqda.
Pedagogik mahorat pedagogik ixtisosligi faoliyatini mustaqil tarzda yuqori darajada tashkil etishni ta’minlovchi shaxsiy xususiyatlar majmuasidir.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin