Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#123057
1   2   3   4
390-393

1) eng kam ish haqi va pensiyalar;
2) bazaviy ijtimoiy to‘lovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini 
yo‘qotganlik nafaqalari, stipendiyalar va boshqalar
Iste’mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va xizmatlar to‘plami har bir mamlakatda 
turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va ko‘plab omillar – tabiiy iqlim 
sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish 
xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi va boshqa 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Yashash minimumi juda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Undan eng kam ish haqi, 
pensiya va nafaqalarni belgilash, davlat va mahalliy byudjetlarni hisob-kitob qilish 
hamda ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi. 
Jahon bankining qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha har ikki yilda e’lon 
qilinuvchi hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining deyarli 46%i (3,4 milliard kishi)kuniga 
5,5 dollardan kamroq mablag‘ga kun kechiradi. 1,9 milliarddan ortiq kishi esa (dunyo 
aholisining 26,2%i) kuniga 3,2 dollardan kamroq mablag‘ hisobiga kun kechiradi. 
Kuniga 1,90 dollarga kun kechiruvchi eng qashshoq aholining ulushi dunyo bo‘yicha 


Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023 
392
 
10%gacha qisqargan bo‘lsa-da, hanuz dunyoda kambag‘allikni kamaytirish muammosi 
o‘z ahamiyatini yo‘qotganicha yo‘q.
1
O‘zbekistonda ham shu paytgacha yashash minimumi haqida so‘z 
yuritilmagan. Dunyoning aksar mamlakatlarida esa bu tushunchadan amaliyotda keng 
foydalanib 
kelinadi. 
Mamlakatimizda 
“kambag‘allik” 
va 
“qashshoqlik” 
tushunchalarining o‘rniga “kam ta’minlanganlar” tushunchasi ishlatib kelindi. 
Shavkat 
Mirziyoyev 2020-yil 27-fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni 
qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Unda 
Prezident xalqning real bandligini ta’minlashga qaratilgan barcha harakatlarni qo‘llab-
quvvatlash lozim ekanligi haqida gapirdi.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12−15 
foiz yoki 4−5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10−13 
ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi 
mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni 
davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident 
sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, 
kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi”, — 
degan edi Shavkat Mirziyoyev.
2
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 
Kambag‘allik darajasini o‘rganish 
bo‘yicha kuzatuvlar tashkil etildi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash 
maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan maqsadli va manzilli chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, joriy yilning 18-may kuni tajriba tariqasida Andijon viloyatining 
Xonabod shahrida yashovchi aholini to‘liq qamrab olgan holda kambag‘allik darajasini 
o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlar tashkil etilmoqda. Shaharda 14 ta mahalla fuqarolar 
yig‘inlari mavjud bo‘lib, ulardagi aholi soni 2020-yil 1-aprel holatiga 42,6 ming kishini 
hamda oilalar soni 10992 tani tashkil etdi. 
Davlat statistika qo‘mitasi boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan 
ayni paytda mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun bir qator ishlar olib 
borilmoqda. Jumladan, kuzatuv so‘rovnomasini zarur miqdorda chop etish, kuzatuvga 
jalb etiladigan ro‘yxatga oluvchilar (intervyuerlar) va nazoratchilar (supervayzerlar)ni 
o‘qitish ishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, 
kuzatuvlarni belgilangan hududlarda o‘tkazilishi va kuzatuv natijalari bo‘yicha 
to‘ldirilgan so‘rovnoma ma’lumotlarining o‘z vaqtida markaziy serverga kiritib 
borilishini ta’minlash masalalari kun tartibiga qo‘yildi. 
1
Worldbank.org 
2
www.gazeta.uz/uz/2020/02/27/qashshoqlik. 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin