Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari


Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar ta’lim tarbiya oladigan muassasalar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə18/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
6. texnologik

Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar ta’lim tarbiya oladigan muassasalar
Bizning mamlakatimizda ta’lim barcha bolalar va o’smirlar uchun majburiydir.
Ko’r va ko’zi ojiz bolalar uchun maktabgacha g’amxo’rlik qilish davlatimizning doimiy nazoratidir. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi bolalarning buzilgan ko’rish funksiyasini imkon qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Kunlik, sutkalik bog’chalar mavjud.
Ko’r bolalar uchun bolalar uylari, maktabgacha guruxlarda ko’rishida nuqsoni bo’lgan, ya’ni tamoman kqrmaydigan bolalar tarbiyalanadi. Ko’zi ojiz bolalar uchun bog’chalar, ko’rish o’tkirligi 0,05-0,4bolalar qabul qilinadi. Ko’zoynak bilan korreksiyalash ishlari olib boriladi.Ambliopiya, g’ilayligi bo’lgan bolalar uchun maktabgacha muassasalar tarmog’i keng tarqalgan. Ular bilan korreksion- pedagogik va davolash- tiklash ishining yaxlit tizimi amalga oshiriladi. Ko’zi ojiz bolalar ta’limi – maxsus maktab internatlarida umumta’lim dasturlari asosida olib boriladi. Ko’r va ko’zi ojiz bolalar maktabni tugatganlari to’g’risida shaxodatnoma oladilar va ular uchun qulay ixtisosliklar bo’yicha kollej, oliy o’quv yurtlarida kirishlari yoki xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlashlari mumkin.
Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri – bolalarda saqlanib qolgan ko’rish imkoniyatlaridan o’qish jarayonida to’g’ri foydalanish va ularni rivojlantirish ko’rish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruxiy jarayonlarini tarbiyalash, bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish bolada ko’rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo’lgan ikkilamchi ruxiy asoratlarini bartaraf etishdir. Maxsus maktablarni bitirgach, ko’rish qobiliyati zaif bolalar uchun ko’rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar.
(5-ilova)
BBxB usuli:





















B BX B jadvali –mavzu , matin, bo’lim bo’yicha izlanuvchanlikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikkrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin