Ko’r va zaif ko’ruvchilar uchun maktablar 3 bosqichdan iborat:
Boshlang’ich maktab 4-sinf;
asosiy yoki to’liqsiz o’rta maktab 5-9 sinf;
O’rta maktab 9-11 sinflar.
Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ko’rlar va zaif ko’ruvchilar guruhiga bo’linadi:
Ko’rlar ko’ruv o’tkirligiga qarab
Total ko’rlar 0 – ko’rish o’tkirligi;
Qisman ko’rlar ko’rish o’tkirligi 0,05 gacha;
Zaif ko’ruvchilar ko’rish o’tkirligiga qarab.
0,05 dan 0,1 gacha
0,1 dan 0,2 gacha
0,2 dan 0,4 gacha
Ko’rish o’tkirligi tekshirish uchun Golovin va Sivsov tablisalaridan foydalaniladi. Bu tabsilarda 12 qator turli harflar, doirachalar, bolalar uchun sur’atchalar chizilgan bo’lib, 10 qatorini o’qigan kishining ko’rishi normal hisoblanadi.Ko’rlar maktabida ta’lim ommaviy maktab darsliklari bo’yicha olib borilib, u relif - .shriftida chop etiladi.
Brayl sistemasi–ko’rlarni bo’rtma nuqtali shriftiga asoslanib o’qitish. Asoschisi Lui Brayl (1809- 1852) Brayl nuqtali shrifti tejamkorligi, soddaligi va qulayligi bilan birga bu ko’zi ojizlarga tuyish, sezgilar xususiyatlariga juda mos keladi. Brayl alfavitini o’ziga xosligini shundaki, u tuyush uchun ajoyib tarzda moslashtirilgan belgilarda nuqtalarning eng ko’p miqdori 6ta , ular bo’yiga 3 ta, eniga 2 ta nuqta shaklida to’rtburchak hosil qiladi. 6 ta nuqtaning turli konbinasiyalaridan 63 ta belgi olinadi.
Ko’zning tug’ma va ortirilgan kasalliklar
Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan: tug’ma katarakta), xomilador ayolning taksoplazma, qizilcha kasalliklari bilan og’rishi, xomila ko’rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o’smasi va shu kasaliklar sabab bo’ladi.
Homildador ayol yoki turmush o’rtog’ining turli kasalliklar bilan kasallanishi ko’zning tug’ma kasalliklariga sabab bo’ladi.Bu kasallik homilaga 2-4 haftalik davrida ta’sir etsa, uning ko’z soqasi rivojlanmay puch bo’lib qoladi. 16-20 haftaligida ta’sir etsa, ko’z pardalari zararlanib, qorachig’i qiyshiq bo’lishi, tashqi pardasiga oq tushishi mumkin.
Ko’rlik–ko’zi ojizlik. Tug’ma ko’rlik-bosh miyaning ayrim bo’laklari, ko’ruv nervlari ko’z pardasi rivojlanishining buzilishi oqibatida vujudga keladi
Sababi: moddalar almashinuvining buzilishi, buyrak kasalliklari, qandli diabet, qon, tomir kasalliklar .Bunda ko’rish o’tkirligi kamayadi, ko’rish maydoni torayadi.Bu aql, idrokning kamayishiga xam olib kelishi mumkin.Bu kasllikni davolab bo’lmaydi.
Hayotda ortirilganda ko’z gavhari xiralashib qoladi.Bola ikki oylik chaqaloqlik davrida operasiya qilinsa shuncha yaxshi natija beradi, kech operasiya qilinganda ko’z yaxshi ko’rmasligi mumkin.Glaukoma- ko’ksuv, nazla.Asosan ko’z ichi bosimining ortib ketishi bilan kechadigan har xil ko’z kasalliklari.Sabab : miya shikastlari, to’r parda kasalliklari, to’yib ovqatlanmaslik, asab kasalliklari.
Keyinchalik paydo bo’lgan kasalliklarga
Konyuktivit- ko’z soqasi bilan qovoqni biriktiruvchi shilliq pardaning yallig’lanishi. Sababi: viruslar, kimyoviy moddalar, tomoq, burun kasalliklari, alkogalizm. Traxoma – ko’z shilliq pardasining xronik yallig’lanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar. Turli ko’z kasalliklari yallig’lanish yoki qon quyilishidan so’ng ro’y beradi.
Dostları ilə paylaş: |