Mashg‘ulotning maqsadi: Hozirgi kun defektologiyasida aqlan zaif va intellektual rivojlanishi orqada qolgan bolalarni o‘rganish, ularni turlarga bo‘lish va ularning yuzaga kelish sabablarini auditoriyaga yetkazib berish.
Pedagogik vazifalar: Aqlan zaiflarni muayyan guruhlarga bo‘lish orqali o‘rganish.
Psixik jarayonlarning aqlan zaif bolalarda kechishini nazariy jihatdan tushuntirib berish.
Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko‘ra oligofreniyaning guruhlarga bo‘linishini izohlab berish.
Ularda nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligini kuzatishning ahamiyatini tushuntirib berish.
O‘quv faoliyati natijalari:
Aqlan zaiflik haqida umumiy tushunchalarni keltirib o‘tadi.
Defektologiyada aqliy qoloqlikni belgilashdaklinik, psixologik vapedagogik mezonlarni tafovutlashni tushuntirib beradi.
Intellektual jihatdan orqada qolgan bolalarning konstitusional shaklini xarakterlovchi belgilarga tarif beradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasini o‘rganadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga talim-tarbiya berish va ular bilan ishlash.