38
tadqiqotchilik faoliyatining muayyan yo‘nalishlarida va maqsadli zonalarida
qidirish. Bu usul vaziyatli tahlilda qo‘llash uchun eng maqbul hisoblanadi, chunki
vaziyatni tuzish va uni tahlil qilish, odatda maqsadga yo‘nalgan tavsifga ega
bo‘ladi.
Tizimlashtirilgan qidiruv strategiyasi
– avvalgi strategiyani ma’lum darajada
rivojlantirish va to‘ldirishdan iborat. Uning xususiyati shundaki, u shunchaki
maqsadning mavjudligini talab qilib qolmasdan, balki qidiruvni muayyan
metodologiya bo‘yicha tizimlashtirishni ham taqozo etadi.
Algoritmik qidiruv strategiyasi –
tadqiqotning protsessual tavsiflarini ishlab
chiqish asosida tuziladi hamda operatsiyalar, amallar, axborotni qayta ishlash va
h.k.ning ma’lum bir ketma-ketligini o‘rnatuvchi algoritm shakliga ega bo‘ladi.
Intuitiv qidiruv strategiyasi –
turli g‘oyalar va gipotezalarning izchil ilgari
surilishi va keyingi tekshiruvi. Ularning to‘g‘riligi isbotlarsiz qabul qilinadi. Biroq,
keyinchalik ular o‘rnatilgan mezonlar bo‘yicha tanlab olinadi hamda tadqiqot
maqsadlari, amaliy ahamiyatliligi va realligiga ko‘ra tahlil qilinadi. Bunday
strategiyadan vaziyatning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni keyingi ishlar uchun
ma’lum miqdordagi gipotezalarni ifodalash va to‘plash zarur bo‘lgan vaqtda
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: