Meva bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash. Reja



Yüklə 29,59 Kb.
səhifə4/6
tarix05.12.2023
ölçüsü29,59 Kb.
#173814
1   2   3   4   5   6
bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash.

Hayot kechirishi. Sharq mevaxo’rining qurti qo’chgan daraxt po’sti, po’stloq teshiklari ichida, quruq barglar orasida pilla ichidagi qurtlar shaklida qishlaydi. Erta bahorda qurtlar g’umbakka aylanadi. G’umbaklik davri 17 kun. Ulardan kapalaklar bahorda shaftoli gullaganda-o’rtacha havo harorati 12,5-14 S0 bo’lganida (Aprel o’rtasidan may o’rtasigacha) uchib chiqadi. Ular 3-5 kundan so’ng barglarga, tuguncha va mevalarga, 7-10 kun davomida tuxum qo’yadi. Bir kapalak 100-200 ta tuxum qo’yadi. Xarorat pasaysa, bu davr cho’ziladi. Kapalaklar kechqurunlar g’ira-shira paytida, qishlaganlari kunduzi ham uchadi. Uchish yozda 6-24 kun, kuzda 50 kungacha davom etadi. Tuxumdan 3-4 kundan so’ng qurtlarchiqadi. (ammo havo sovuganda lichinka chiqishi 3 haftaga cho’zilishi mumkin) va ular darhol o’rmalab novda barg tomiri yoki mevaning eng yosh to’qimalari ichiga boshi bilan kiradi va ozuqalana boshlaydi. Zararlangan novdalar so’lada va quriydi, mevalarning ichi buzladi, qurt chiqindilari bilan zararlanadi va yerga to’kiladi, iste’molga yaroqsiz holga keladi. Bu qurtlar 8-12 kundan so’ng g’umbaklana boshlaydi. Yozgi qurtlarning g’umbaklik davri 5-13 kun davom etadi. Tuxumdan imagogacha bo’lgan davr yozda o’rtacha 24-30 kunni tashkil etadi. Ob-havo bilan bog’liq holatda kapalak 1 mavsumda 4-7 avlod beradi. Yozda tabiatda har xil avlod kapalak qurt va g’umbaklari aralashib ketadi. Qurtlar bilan zararlangan novdalarning oldin tepadagi 2-4 bargi so’ngra butun shoxlari quriydi. Zararlangan shaftoli daraxtlari kuzda tepalari qirqilganga o’xshab qoladi. Zararkuranda kapalaklarii qo’shni bog’larga ham uchib tarqaladi: qishlovchi qurtlari bilan zararlanagan qalamcha, olma, nok, shaftoli va behi mevalari bilan har qanday uzoqlikda joylashgan mamlakat hududiga tarqalishi mumkin.
Karantin tadbirlari va kurash chorlari. Zararkuranda uchraydigan mamlakatlardan keltirilgan ko’chat va mevalarni karantin nazoratidan o’tkazib, fumigantlar bilan fumigatsiya qilish kerak. Xuddi Shunday tadbirlar ko’chat va mevalar Farg’ona vodiysi va Toshkent viloyatidan O’zbekistonning boshqa viloyatlariga keltirilganda ham qo’llanishi lozim. Bog’larda o’tkaziladigan doimiy agrotexnik choralar sharq mevaxo’rining ham sonini kamaytiradi.
Savollar
1. Kaliforniya qalqondori bioekologiyasi xaqida nimalarni bilasiz?
2. Uning qishloq xo’jalik maxsulotlari ya’ni meva ekinlariga keltiruvchi zarari xaqida ayting,?
3. Sharq mevaxo`riga qarshi karantin kurash choralari qanday
Oxirgi yillarda zararkunanda va kasalliklar bog‘larga, ekinzorlarga katta zarar yetkazmoqda. Mevali bog‘larning mahsuldorligini oshirishning asosiy omili uni turli kasallik va zararkunandalardan o‘z vaqtida va sifatli himoya qilish tadbirlarini bajarishdir. Ushbu mavzuda O‘zagroinspeksiyaning Ohangaron tuman bo‘limi Paxta xom-ashyosi don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘’basi katta inspektori N.Xolmatov bilan suhbatlashdik.

Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin