Meva bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash. Reja



Yüklə 29,59 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü29,59 Kb.
#173814
  1   2   3   4   5   6
bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash.


Meva bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash.
Reja:
1. Kaliforniya qalqondorining bioekologiyasi
2. Zararkunandaning meva ekinlariga keltiradigan zarari
3. Zararkunandaga qarshi karantin kurash choralari


Kaliforniya qalqondori - Quadraspidiotus perniciosus Comst. Tengqanotlilar. (Nomoptera) turkumi. Chervetslar va qalqondorlar (Coccinae) kenja turkumi. Qalqondorlar (Diaspididae) oilasiga mansub.
Zararlanadigan o’simliklar. Olma, nok, behi, o’rik, shaftoli. Olcha, gilos, olxo’ri, bodom, do’lana, smorodina, atirgal, terak, siren, jo’ka (lipa) va ko’p boshqa o’simliklar (Hammasi bo’lib 200 tadan ko’p turlar).
Zarari. Bu hashorat daraxt shirasini so’rib zaiflashtiradi, zararlangan po’stloq ko’p joylaridan chatnaydi va to’qimalardan ajralib, ko’tarilib qoladi. YAngi xududga tushgan kaliforniya qalqondori qisqa vaqt ichida tez ko’payadi. Daraxt poyasi va novdalarini butunlay qoplab oluvchi, zich koloniyalar hosil qiladi. Barg va mevalarni zararlaydi. Mevalar rivojlanmay qoladi, to’q-qizil dog’lar bilan qoplanadi va bozorpobligini yo’qotadi. Kuchli zararlangan daraxtlarning uchi quriydi yoki ular butunlay nobud bo’ladi.Zaralangan ko’chatlar ekilsa, ular 2-3 yil ichida qurib qoladi. yevropa mamlakatlarining ko’pchiligida eng zararli hashorat hisoblanadi, ayrim bog’larni butunlay halok qiladi.
Tashqi belgilari. Imago (etuk zot). Urg’ochisining qalqoni dumaloq biroz yapaloq och kulrang- jigarrang, kengligi 1,0-2,0mm o’rtasida tullash paytidan qolgan 2ta qizg’ish-sariq terichasi ularning atrofida oq hoshiyasi bor. Tanasi limonday sariq tusli, 2 qismdan bosh va old ko’krakdan tashkil topgan, segmentlarga bo’linmagan oldingi qism va o’rtako’krak, orqako’krak va qorinchadan tashkil topgan. Yaqqol segmentlarga bo’lingan orqa qismdan iborat. Mo’ylovlari rudimentar. Ko’zlari va oyoqchalari yo’q. Erkagi och apelsin rangli 1 juft qanoti, mo’ylovlari va 3 juft oyoqlari bor og’iz apparat rivojlanmagan.
Lichinkasi yassi, oval shaklli sarg’ish-limon tusli, mo’ylovlari 5 “zanjirdan” iborat, ko’zlari oddiy, oyoqlari rivojlanmagan, qorinchasining oxirgi segmentida 2 ta qilchasi bor. Urg’ochi qalqondor-tirik tug’uvchi organizm, u eng ko’pi bilan 100-200 lichinkalarni (daydichlarni) bir oy davomida tug’adi. Urg’ochi lichinkaning qalqoni 1,5-2,0 mm, erkaginiki 1,0 mmcha.

Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin