Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə117/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
kina, xushchaqchaq maxluq-ey! Qari bo‘lsam ham bu sifatlaringga “go‘zal” sifatini ham 
qo‘shib qo‘yishim mumkin. Qani, ayt-chi, go‘zal aslzoda, bu yerlarga qaerdan kelib qol-
ding? — Uezd harbiy doktorining dag‘al so‘zlarida, gulduragan qahqahalarida sezilar-se-
zilmas bir hasrat borligini payqay boshladim. Men o‘zimni og‘ir tutishga tirishib: 
— Men muallimaman, doktorbey. Xizmat qilish niyatim bor edi, shu yerga yuborishdi. 
Men joy tanlamayman. Qaerga yuborishsa ham ishlay beraman, — dedim. 
Men shu so‘zlarni aytib turganimda, doktor yuzimga tikilib qoldi. 
— Demak, sen bu yerga xizmat qilish uchun kelding? Ma’rifat uchun, qishloq bolalari-
ga xizmat qilish uchun, shundaymi? 
— Ha, maqsadim shu. 
— Shu yoshda, shu chehra, shu qiyofada-ya? Yo‘q, menga to‘g‘risini ayt. Ko‘zlarimga 
bir qaragin-chi, ha, shunday! Sen meni ishona qoldi, deb o‘ylaysanmi? 
Doktorning salqi yonoqlari ichiga yashiringan va shirin-shirin kulimsirab turgan oq ki-
prikli ko‘zlari xuddi ko‘nglimning ichini ko‘rib turgandek edi. 
— Unday emas, qizim. Asl sabab boshqa yerda. Hatto tirikchilik dardi ham emas. Sen 
yashirishga tirishgan sayin men yaxshiroq ko‘ryapman. O‘zingning kimligingni, oilangni, 
xonadoningni, shunga o‘xshash narsalarni so‘rasam aytmaysan, shundaymi? Ko‘rdingmi, 
qanday bilib olyapman. Bu yerda bir sir bor. Lekin men kovlashtirib o‘tirmayman, kichik 
bir ishora bo‘lsa bas. 
Ikkovimiz ham jim bo‘lib qoldik. Qari doktor bir oz o‘ylab turgandan so‘ng: 
— Senga kichkinagina xizmat qilsam, ijozat berasanmi? — deb so‘radi. — Seni boshqa 
yaxshiroq yerga ko‘chirsam xohlarmiding? Maorif ministrligida bitta-ikkita tanishlarim 
bor. 
— Yo‘q! Rahmat, doktorbey. Ishlab turgan yerimdan xursandman. 
Doktor yana kulimsirab yelkalarini uchirdi, keyin hazillashayotgandek qilib: 
— Juda soz! Juda soz! Lekin shuni bilib qo‘yginki, fidokorlik sen o‘ylagancha hazil gap 
emas. Bir kun emas, bir kun joning siqilsa, menga ikki enlik xat yoz, adresimni tashlab 
ketaman. Bu bir odamgarchilik. 
— Tashakkur, afandim. 
— Bu masala bitdi. Endi ishimizga o‘taylik. Qiladigan ishlaringni tushuntirib beray. 
Qari doktor narigi xonaning eshigini ochdi. Bir qiyshiq karavot ustida gavdasi, yuzi as-
kar plashi bilan yopib qo‘yilgan yarador yotar edi. 
Doktor: 
— Qalaysan, mulla, bir oz tuzuk bo‘ldingmi? — deb so‘radi. 
Yarador kishi qo‘li bilan plashini ko‘tarib yotgan yerdan turmoqchi bo‘ldi. 
— Qimirlama, yot. Nima, biron yering og‘riyaptimi? 
— Yo‘q, ko‘p rahmat. Faqat bet suyagim bir oz lo‘qillayapti. 
Doktor yana kuldi. 
— Eh, mening aziz ayiqlarim. Tizzasining qopqog‘ini bet suyagi deydi-ya! Qornini to-
vonida deb o‘ylaydi bu. Payti kelganda odamlarning ko‘zini shamg‘alat qilishdan toyish-
maydi. Tuzalib ketadi, mulla, hech narsa bo‘lmaydi. Xudoga shukur qil, o‘q xiyol chap-
dan o‘tganda sho‘ring qurirdi. Nima, bir hafta o‘tar-o‘tmas o‘rningdan turib yurib ket-
moqchimisan? Yo‘q, to‘g‘ri kelmaydi. Mana shu yerda joningning rohatini ko‘zlab yota 
tur. Ha, bu qizcha nima desa shuni qilasan, gapini qaytarmaysan, uqdingmi? Sening 
doktoring shu, yarangni shuning o‘zi bog‘laydi. Mabodo u edi-bu edi deb gap qaytarga-
ningni eshitsam, ha, o‘zingdan koyin. Xudo haqqi, o‘zim kelib oyog‘ingni to‘g‘ram-
to‘g‘ram qilib kesib tashlayman. 
Doktor yaradorning bintini yecha boshladi. Yaraga tegib ketganda, u “sekinrog‘-ey!” 
deb qichqirib yubordi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin