Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə144/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
bir hushsizlik, balki bosh aylanishidan boshqa narsa emas edi. Ro‘molchamni ho‘llab kel-
ganimda, Shayx Yusuf afandi ko‘zlarini ochgan edi. 
— Bizni qo‘rqitib yubordingiz, afandim, — dedim. 
U beholgina kulimsirab: 
— Hechqisi yo‘q... Shunaqa bo‘lib turadi, — deb javob berdi. 
Dugonalarimda g‘alati bir kayfiyat borligini seza boshladim. Ular menga tagdor qilib 
qarashar, past ovoz bilan o‘zaro shivirlashardilar. 
Yana shu yo‘l bilan qaytdik. Men Vasfiya bilan eng orqada keldim. 
— Shayx afandida bir narsa borga o‘xshaydi, ichidan ezilayotgandek ko‘rinadi, — de-
dim. 
Dugonam menga yana boyagidek tagdor qilib qaradi. Keyin: 
— Rost gapiryapsizmi, Farida? Xafa bo‘lmang-ku, lekin men bunga ishonmayman. 
Bundan chiqdi, siz gapdan bexabar ekansiz-da? 
Vasfiya menga g‘alati qilib tikilib turardi. 
— Xabardor bo‘lsam, yashirib o‘tirarmidim, — dedim. 
U yana ishonmadi. 
— Butun shahar biladi-yu, bir siz bilmaysizmi? 
Bu ma’nosiz shubhaga kulimsirab yelkalarimni qisdim. 
— O‘zingiz bilasiz-ku, men shaharda uydan chiqmay, yolg‘iz yashayman. Birovlarning 
gapi bilan ishim ham yo‘q. 
Dugonam qo‘llarimni ushladi. 
— Yusuf afandi seni o‘lgudek yaxshi ko‘radi, Farida! — dedi. 
Ixtiyorsiz qo‘llarim bilan yuzimni berkitdim. 
Soy bo‘yida bolalarning suyunchli shovqinlari hamon davom etardi. Hech kimga sez-
dirmasdan odamlardan ayrildim-u, ikki bog‘ orasidagi so‘qmoq bilan uyga qaytib ketdim. 
* * * 
B..., 25 iyul. 
Yoz oylari tugamaydigandk cho‘zilib ketdi. Jazirama odam chiday olmaydigan daraja-
da qattiq. Hamma narsa sarg‘aydi, atrofda yashillikdan asar qolmadi. Ro‘paradagi ko‘m-
ko‘k tepalar sarg‘aydi, xazon tusiga kirdi. Ular uzoqda, yoz quyoshining ko‘zlarni qama-
shtiruvchi nurlari ichida kattakon kultepalari singari jonsiz, ma’nosiz ko‘rinadi. Men ular-
ni ko‘rib siqilaman, bo‘g‘ilaman, yurak siqintisiga toqat qilolmayman. 
Shahar bo‘shab qoldi. O‘quvchi qizlar tarqaldi. O‘qituvchilardan ko‘pginasi kanikullarini 
boshqa joylarda o‘tkazgani ketdi. Naziha bilan Vasfiya menga ora-sira Istambuldan xat 
yozib turishadi. Bu yil Istambul juda chiroyli emish. Suvlarni, orolni tasvir qilib bitira ol-
maydilar. Ilojini topishsa, o‘sha yerda qolar emishlar. 
To‘g‘risini aytsam, mening ham bu yerda qolgim yo‘q. Shayx Yusuf afandi voqeasi 
menga juda qattiq ta’sir qildi. Odamlar ichida ko‘rinishga uyalib qoldim. Maktablar ochi-
ladigan vaqt kelganda, boshqa yerga yuborishlarini iltimos qilaman. Yana ham uzoq, 
yana ham yomonroq yer bo‘lsa roziman. Shunday yer bo‘lsinki, meni charchatsin, mayli, 
ko‘proq ishlashga majbur qilsin, lekin meni o‘z holimga qo‘ysin. 
* * * 
B..., 5 av-gust. 
Muallimlik qila boshlaganimdan beri ikkinchi marta o‘quvchi qizlarim er qilishmoqda. 
Lekin bu safar bechora Zahroniki singari emas. Bu kecha, shu soatda Jamila ko‘zlarida 
qurib ulgurmagan yoshlari bilan uxlayotgani yo‘q. Bu kecha, shu soatda Jamilaning 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin