Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə166/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
Nazmiyani bir kapitanga unashib qo‘yishgan deyishadi. Juda yaxshi yigit emish. Lekin 
yigitning ota-onasi hozir nikohlariga rozilik bermayotganlari uchun yashiriqcha uchrashib 
turishar ekan. Nazmiya buni menga sir deb aytdi, birovga og‘zingdan chiqarma, deb ilti-
mos etdi. 
Kecha uyda zerikkanimdan tars yorilib ketay deb o‘tirganimda Nazmiya kelib qoldi. 
— Farida xonim, sizni olib ketgani keldim, — dedi. — Bugun Faridunning xolasi chaqir-
gan edi. Suv boshidagi bog‘larida ziyofat berishar ekan. Sizni tanimasa ham salom aytdi, 
meni, albatta, olib kelasan deb yubordi. 
— Qanday bo‘ladi? Bilmagan yerimga qanday boraman? — dedim. 
Nazmiya ko‘zlarida o‘pka bilan qaradi-da: 
— Unashgan kishimning xolasi nima uchun senga begona bo‘lar ekan? — dedi. — Men 
Faridunni sen bilan tanishtirib qo‘ymoqchi edim: didimga qoyil qolasan deb o‘ylayman. 
Sen bormasang, o‘lay agar, men ham bormayman. 
Men bormaslik uchun talay bahonalar ko‘rsatdim. Ammo hammasini Nazmiya rad et-
di, tan berish kerak, bahonalarimning hammasi ham asossiz, bolalar bahonasiday sodda 
edi. Buning ustiga, yuqorida aytdim, Nazmiya juda shayton qiz, odamning u yog‘idan ki-
rib, bu yog‘idan chiqadi. 
U shuncha yalindi, shuncha yolvordiki, oxiri, iloj topolmay, xo‘p dedim. 
Xo‘p deyishga dedim-u, lekin bir narsa meni xijil qilib qo‘ydi. Munisani kiyintirmoqchi 
bo‘luvdim, Nazmiya qoshlarini chimirib: 
— Kichkinani ham olib bormoqchimisan? — dedi.
— Albatta! Bo‘lmasa uni qanday qilib uyda yolg‘iz qoldirib ketaman? Yo xalaqit beradi-
mi? 
— Yo‘g‘-e, nega xalaqit bersin? Borsa yana yaxshi. Gohi mahallar uyga tashlab ketar-
ding-da... 
— To‘g‘ri, lekin shu mahalgacha biron yerga yotib qolgani borgan emasman. 
Men endi hech narsa ko‘rmagan qiz emasdim. Shu ikki yil ichida boshimga ne-ne sav-
dolar tushmadi, ne-ne narsalarni ko‘rmadim, eshitmadim. Nima bo‘ldi, qanday jin meni 
chaldiki, o‘shanda Nazmiyaning so‘zlari menda shubha uyg‘otmadi! Shunisiga hech tu-
shuna olmayman. Balki zerikish, toza havoga intilish ishtiyoqi to‘g‘ri yo‘ldan ozdirgandir? 
Kichkina izvosh bizni soyning ul yuziga olib o‘tdida, bog‘lar orasida, daraxtlar soyasida 
ko‘milgan tor yo‘l bilan olib ketdi. Yarim yo chorakam bir soatchalardan keyin bir boqqa 
kelib tushdik. Bu yerlar nihoyatda xilvat, nihoyatda chiroyli joylar edi. Yo‘lda qo‘y podasini 
uchratdik. Bir qari cho‘pon dala qudug‘idan suv tortib, tosh tog‘orada qo‘ylarni sug‘oryap-
ti. Ingichka mo‘gizchalari bilan tog‘ora boshida bir-birlarini suzishgan uloqlar Munisa ikka-
lamizning esimizga Mazlumni tushirib yubordi. Izvoshdan irg‘ib tushdigu, uloqlardan birini 
ushlab, uzun quloqlaridan, suv tomchilagan kichkina tumshuqchasidan o‘pdik. Bir ko‘nglim 
cho‘pondan bittasini sotib olay ham dedim. Lekin nima qilamiz? Axir yaqinda yana tashlab 
ketishga majbur bo‘lamiz. O‘z g‘amimiz boshimizdan oshib-toshib yotgani ustiga yana bir 
g‘amga nima hojat? 
Biz tushgan bog‘ binosi uchi-ketini ko‘z ilg‘ayolmaydigan poyonsiz uzumzor o‘rtasida 
edi. Atrofi ko‘m-ko‘k daraxtlar bilan o‘rab olingan. 
Faridunbeyning xolasi yoshi qaytgan semiz xotin ekan. Kiygan kiyimlari, o‘ziga bergan 
orosi, to‘g‘risini aytsam, menga manzur bo‘lmadi. Qari xotinga bunchalik zebu ziynat 
yarashmaydi. Sochlari sariqqa bo‘yalgan, chakkalarida zulf, betlarida elik, qisqasi, taaj-
jub narsa! 
Bu xotin bizni ikkinchi qavatga boshlab chiqib, boshimdan chorshafimni oldi. Keyin 
xuddi hidlayotganday qilib, haddan ziyod bir takallufsizlik bilan betlarimdan o‘pdi-da: 
— Qadr qilib kelganingga xursand bo‘ldim, olmos qizim! Gulbashakar deganlaricha bor 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin