Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə167/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
ekansan, girgitton! Chindan ham odamning yeb yuborgisi keladi. Kuyib-yonganlaricha 
bor ekan, tasadduq, — dedi. 
Juda yomon qizarib ketdim. Lekin sezdirmaslik kerak edi. Bu xotin nima deyayotgani-
ni o‘zi ham bilmaydigan ba’zi nodonlarga o‘xshaydi. 
Munisa ikkalamizni uyda yolg‘iz qoldirishib, uzoq yo‘q bo‘lib ketishdi. Quyosh botdi. 
Kechqurungi pushti yog‘du chorbog‘ni o‘rab olgan yashilliklar orasida sekin-sekin 
yo‘qolib bordi. Ichimdagi vahmni tarqatish uchun Munisa bilan hazillashardim. Lekin qani 
endi tarqalsa! Yuragimni vahm qurti kemirar, ichimni chiroq yoqsa yorimaydigan 
qorong‘ilik bosib borardi. 
Bog‘dan erkaklar, xotinlar ovozi, qahqahalari, sho‘xliklari, buzuq g‘ijjakning 
sozlanayotgani eshitilardi. 
Derazadan boshimni chiqarib qaradim, lekin qalin yaproqlar orasidan hech nimani 
ko‘rib bo‘lmasdi. 
Nihoyat, zinapoyadan oyoq dupuri eshitildi. Bir ozdan keyin eshik ochilib, qo‘lida ka-
ttakon chiroq bilan uy bekasi kirib keldi. 
— Oppoq qizim, seni jo‘rttaga qorong‘ida kuttirib qo‘ydim. Kun botayotganda bog‘ 
shunday chiroyli bo‘ladiki, husniga hech to‘ymaydi kishi. 
Kampir chiroqning piligini tuzata turib, oydin kechalarda bu bog‘ jannat bo‘lib ketishini 
ayta boshlaganda Nazmiya kirdi. Eshik tashqarisida harbiy formalik ikkita ofitserning 
uzun qorasi ko‘rindi. Boshim ochiq edi, darrov o‘zimni olib qochib, qo‘llarim bilan so-
chlarimni yopmoqchi bo‘ldim. 
Nazmiya kulib yubordi. 
— Jonginam, muncha ham qishloqi bo‘lmasang! Harholda, mening nishonlimdan* 
qochmassan deyman? Qo‘lingni tushir, voy xudo, uyat emasmi? — dedi. 
To‘g‘ri aytadi, qochishga unchalik sabab ham yo‘q edi. 
Ofitserlar tortinishib, ikkilanishib ichkari kirishdi. Nazmiya ulardan birini tanishtirdi: 
— Faridunbey, nishonlim. Farida xonim, dugonam. Toleimga, ikkala yaxshi ko‘rgan ki-
shilarimning ham ismlari bir-biriga yaqin tushdi. 
Yosh ofitser bu latifaga og‘zini katta ochib kuldi. Hali-hali esimda, kichikligimda katta 
buvim g‘alati gugurt qutilar sotib olardi. Shularning ustida mo‘ylovlari buralgan, yelkalari 
chiqqan, jingalak sochlarining bir tutami ko‘zlariga tushib turgan yarmarka oliftasining 
surati bo‘lardi. Faridunbey ham ana o‘sha gugurt qutilarining biridan sakrab tushganday 
edi. Qo‘limni takallufsizlik bilan dag‘al qo‘liga olib qisdi, silkitib turib: 
— Xonim afandim, tashakkur, bizni nihoyatda minnatdor qildingiz, kechamizga sharaf 
berdingiz, salomat bo‘ling, — dedi. 
Keyin orqasida turgan ofitserni tanishtirdi. 
— Ijozat bersangiz, qulingiz ham o‘zining jona-jon do‘stini tanishtirsa: valiulne’matim 
mayor Burhoniddinbey. Do‘stimiz mayor, lekin biz bilgan oddiy mayorlardan emas, 
mashhur So‘loqzodalarning kichik avlodi... 
So‘loqzodalarning bu kichik avlodi allaqachon qirq beshlarni urib qo‘ygan edi. Sochlari 
bilan mo‘ylovlariga oq aralashgan. Kibor oiladan ekanligi hammayog‘idan ko‘rinib turar-
di. Kiyinishi, turishi, so‘zlashi Faridundan butunlay boshqacha edi. Qiyofasi, oppoq so-
chlari o‘rtog‘i menda qoldirgan qo‘rquv aralash yomon taassurotni tarqatdi. Ko‘nglim en-
di bir oz tinchiganday bo‘ldi. 
Burhoniddinbeyning gaplari ravon, jonli edi. U boshini nozikkina egib, uzoqdan salom 
berdi. Keyin qaddini xiyol bukib: 
— Burhoniddin bandangiz, — dedi. — Afandim, marhum padari buzrukvorimiz hamma 
mulklari ichida shu bog‘ini ko‘proq yaxshi ko‘rardilar. “Bu yer juda xosiyatli. Men qancha 
baxt topgan bo‘lsam, hammasini shu yerda topganman”, deyardilar. Janoblarining tash-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin