Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə171/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   236
4 5823384528437119529

 
* * * 
Mudira xonimning uyiga borganimda, kun endi chiqqan edi. Boyoqish kampir shu 
qadar barvaqt kelganimni, ko‘zlarimning yig‘idan qizarganini, rangimning sarg‘ayib ket-
ganini ko‘rib shoshib qoldi. 
— Tinchlikdir, inshoolloh, Farida xonim! Nima bo‘ldi, qizim? Seni hech mahal bu kepa-
tada ko‘rmagan edim... Tobing joyidami? 
Bu xotinning og‘irligi, jiddiy va shiddatli chehrasi qalbimni ochishga yo‘l qo‘ymay, me-
ni hamisha qo‘rqitib kelardi. Lekin shu topda, shu begona yurtda dardimni ochishga un-
dan boshqa kishim yo‘q edi. Innaykeyin, vazifam, xizmat burchim ham meni shunga 
majbur qilardi. 
Kecha kechasi bo‘lib o‘tgan voqeani uyalib-qizarib, dag‘-dag‘ titrab turib aytib berdim. 
Biron nuqtasini yashirib qolmadim. Kampir so‘z qotmasdan, qoshlarini chimirib o‘tirab 
eshitdi. Hikoyamning oxirida qaddimni bukdim, qo‘llarimni cho‘zdim, tasalli tilayotgan-
day ko‘zlariga termilib: 
— Mudira xonim, — dedim, — siz mendan kattasiz, ko‘proq narsa bilasiz. Xudo haqqi, 
to‘g‘risini ayting. Nahotki men endi yomon xotin deb sanalsam?
Bu savol mudirada qattiq hayajon va alam uyg‘otdi: iyagimdan ushlab yuzimni ko‘tar-
di, ko‘zlarimga yaqin kelib tikildi, lekin har vaqtdagiday mudira ko‘zi bilan, yot-begona 
ko‘zi bilan emas, yo‘q, sevguvchi ko‘zi bilan, mehribon ona ko‘zi bilan tikildi. Keyin iya-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
gimni siladi, tizzasida turgan qo‘limni suyib siypadi, titroq tovush bilan sekin-sekin gap 
boshladi: 
— Farida, sening bu qadar mas’um, halol qiz ekaningni shu kunchaga aqlimga ham 
keltirmagan edim. Yaxshi muomalaga, katta sevgiga sazovor qiz ekansan. Bechoragi-
nam... Eh, u Nazmiya-ya! Qizim, men anchagina narsani bilaman. Hamma narsani 
fahmlayman. Lekin dunyo shunaqa dunyoki, bilgan narsalaringning ko‘pginasini yashi-
rishga majbursan. Nazmiya ko‘p yomon xotin. Maktabni u keltirayotgan isnodlardan 
qutqazish uchun ko‘p harakat qildim, kattalarga yalinib-yolvordim. Bo‘lmadi, harakatla-
rim zoe ketdi. Uni joyidan qimirlatib bo‘lmaydi. Chunki shahar baladiya boshlig‘idan, gar-
nizon boshlig‘idan tortib batalon imomigacha haddi-hisobsiz homiylari bor. Nazmiya bu 
yerdan ketsa, kibor xonimlarga kim laganbardorlik qiladi? Katta amaldorlar yashiriqcha 
quradigan ayshu ishrat kechalarida kim ud chaladi, kim o‘ynab beradi? Burhoniddinbey 
singari pastkash maxluqlar senday mas’um, sof, pokiza, go‘zal qizlarni qanday qilib 
qo‘lga tushiradi? Farida, ularning senga qo‘ygan tuzoqlarini juda yaxshi tushunaman. 
Ana o‘sha Burhoniddinbey otasidan qolgan butun molu mulkini baxti qora xotinlarni ras-
vo qilish, ko‘p oilalarning yostig‘ini quritish uchun sovurib kelayotgan qari maishatpa-
rastdir. Husni, chiroyi butun Ch... aholisining og‘zidan tushmay kelayotgan yoshgina qiz-
ni qo‘lga tushirish uning uchun izzat-nafs masalasi bo‘lishi kerak! Yosh ofitserlar ko‘cha-
larda qilichlarini shiqirlatib yo‘liga ko‘z tutgan, chorshaf ostidagi yuzini bir ko‘rishni o‘zla-
ri uchun g‘alaba deb bilgan yosh qizni ayshu ishrat olamiga qo‘ltiqlab kirish, o‘zi singari 
shahvatparastlarni “Yashasin Burhoniddinbey!” deb qichqirtirish — uning uchun sharaf 
hisoblanadi. 
Innaykeyin, Ehsonbey bilan gaplashganing ham qulog‘iga yetgan. Payqayapsanmi, 
qizim? Ana shundan ke- yin Nazmiyani o‘rtaga solishgan. Kim biladi, unga nima va’da 
qilishgan ekan? Oqibat, boshingga shu o‘yinni solishgan. Shunchalik oson qutulganingga 
shukur qil, qizim! Endi, qizim, shaharda qolishing to‘g‘ri kelmaydi. Bu gap ikki-uch kun 
ichida butun shaharga tarqaladi. Birinchi kema bilan tezda jo‘nab ketishing kerak. Boradi-
gan yering, qarindosh-urug‘laring, tanish-bilishlaring bormi? 
— Mudira xonim, mening hech kimim yo‘q. 
— Unday bo‘lsa, Izmirga bor. U yerda mening ikkita tanishim bor. Biri — muallima, ik-
kinchisi — maorif bo‘limining sarkotibi. Men xat yozib beraman. Qo‘lidan kelgan yorda-
mini ayamas, biron yerdan dars topib berar, deb umid qilaman. 
Uning mehribonligi yuragimni ilitdi. Yomg‘irda, qorda o‘lishdan qutqazilgan mushuk 
bolasi singari mudira xonimga suqilar, sochlarimni silayotgan qo‘llariga qo‘rqa-pisa bet-
larimni surtar, keyin u qo‘llarini ag‘darib, kaftlaridan o‘pardim. 
Kampir chuqurgina xo‘rsinib olgandan keyin so‘zini yana davom ettirdi: 
— Shu ahvolda uyingga qaytishing to‘g‘ri bo‘lmaydi, Farida. Yur, qizim, seni yuqoriga 
olib chiqib yotqizay, picha uxlab ol. Ul-bullaring bilan Munisani o‘zim borib olib kelaman. 
Ketguningcha menikida turasan. 
Mudiraning yuqori qavatdagi xonasida kechgacha goh uyg‘onib, goh uxlab yotdim. 
Ko‘zlarimni ochguday bo‘lsam, bechora yonimga yugurib keladi-da, qo‘lini peshonamga 
qo‘yadi, Ch... qizlari singari qo‘shkokil qilib o‘rib olgan sochlarimni silaydi. 
— Tobing qochdimi, Farida? Biron yering og‘riyaptimi, qizim? — deb so‘raydi. 
Hech yerim og‘rimas, soppa-sog‘ edim. Faqat behol bo‘lib boshimni yostiqqa tashlar, 
kichkina boladay noz qilib yotardim. Menga shunday tuyulardiki, u meni qancha ko‘p 
o‘psa, silab-siypasa, yangi topgan onam mehrining qalbimda yana ham ko‘proq harorati 
qoladi va kelajakda boshimga tushadigan yolg‘izlik, betoblik kunlarida, hadya dast-
ro‘mollarda qolgan hid singari, menga tasalli bo‘ladi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin