Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə183/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
juda ko‘p ishlayman. Unday bo‘lsa sababi qayda? Beriladigan javob bir oz kulgili. Lekin, 
nima qilay, to‘g‘risi shu: Qushadasini jonga rohat beradigan chiroyli joy bo‘lmagani 
uchun yaxshi ko‘rib qoldim. Nazarimda, tabiat faqat chiroyli husnlarnigina emas, chiroyli 
yerlarni, chiroyli dengizlarni ham inson ko‘ngliga zimdan ozor yetkazish uchun yaratgan. 
Bir oy avval bu shaharga kelib, maktabning bosh muallimasiga uchradim. Ellik 
yoshlarga yetib qolgan bu kasalmand, ezgin xotin meni ro‘parasiga o‘tqazib shunday de-
di: 
— Qizim, uch oy ichida tog‘day ikki o‘g‘limni qora yerga berdim. Dunyo ko‘zimga 
qorong‘i bo‘ldi. Seni bu yerga ikkinchi muallima qilib yuborishibdi. Yoshsan, o‘qimishli 
ko‘rinasan, endi maktabni senga topshiraman. Bilganingcha boshqar. Yana ikkita mualli-
malar bor — yoshlari qaytib qolgan xotinlar, ulardan yorug‘lik yo‘q. 
Qo‘limdan kelganicha harakat qilishimni aytdim, so‘zim ustidan ham chiqdim. 
Kecha bosh muallima: 
— Farida xonim qizim, senga har qancha minnatdorchilik bildirsam ham oz. Va’da qil-
ganingdan o‘n chandon ortiq jon kuydirding, — dedi. — Bir oy ichida maktabimiz ham, 
bolalar ham gulday ochilib ketdi. Xudo xayringni bersin. Hamkasblaringdan tortib to 
kichkintoylargacha seni yaxshi ko‘rishadi. O‘zim ham ba’zida dardimni, ko‘nglim alamini 
unutib, sen bilan birga kulishadigan bo‘ldim. 
Bechora xotin meni o‘ziga yoqish uchungina shunday jon kuydirayotir deb o‘ylaydi, 
minnatdor bo‘ladi. Jon kuydirib ishlash, o‘zini butun qalbi bilan boshqalarga bag‘ishlash 
naqadar yaxshi narsa! Choliqushi butunlay eski Choliqushiga aylandi. Na Ch...dagi ezgin 
hayot horg‘inligi, na Izmirdagi isyonlardan asar qoldi, tiniq yoz osmonida paydo bo‘lgan 
o‘tkinchi bulutday, hammasi tarqaldi. 
Sochlarim tolama-tola oqarganga qadar o‘zimni boshqalarning bolalariga, ularning 
baxtlari yo‘liga tikishdan endi aslo qo‘rqmayman. Ikki yil avval, kuz oqshomlarining biri-
da ko‘nglimda o‘ldirilgan jigar-go‘shalarim o‘rnini boshqalarning bolalariga berdim. 
* * * 
Qusha-da-si, 1 de-kabr. 
Bir necha kundan beri odamlarning og‘zidan “urush” so‘zi tushmay qoldi. Butun fikru 
xayolim maktab bilan band bo‘lgani uchun bu mish-mishlarga quloq solmas edim. Bugun 
shaharda chinakam qiyomat qo‘pti, urush e’lon qilinibdi! 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin