Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə51/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
so‘ng birini bo‘lamga uzatdim. 
— Bonjur,* Komron, xolam qalay? Ahvoli og‘ir emasdir, inshoolloh... 
U xiyol taajjubga tushib: 
— Oyimmi? — deb so‘radi. — Oyim soppa-sog‘. Kasal deb eshitdingmi? 
— Ha, kasal deb eshitdim, xavotir oldim: yakshanbani kutmay so‘rab keldim. 
— Senga kim aytdi? 
Yana bitta yolg‘on gap topishga fursat qolmagani uchun: 
— Doktorning qizi, — dedim. 
— O‘sha shunday dedimi? 
— Ha, gaplashib turgan edik, so‘z orasida: “Otamni sizlarnikiga chaqirtirishibdi, xolan-
giz betob shekilli”, — dedi. 
Komron hayron bo‘lib qoldi. 
— Yanglishgan. Doktor keyingi kunlarda oyimni ham, boshqani ham ko‘rgani kelgani 
yo‘q. 
Bu qaltis gapni uzoq cho‘zib o‘tirmadim. 
— Xayriyat, juda yomon tashvish qilayotgan edim, — dedim. — Ular ichkarida bo‘lsa-
lar kerak, albatta?.. 
Chamadonimni yerdan olib yurmoqchi bo‘lgan edim, Komron qo‘limdan ushladi. 
Nega shoshasan, Farida? Hamisha mendan qochasan, — dedi. 
— Nega endi? — dedim. — Tufligim siqyapti-da... Innaykeyin, ichkariga birga kirmay-
mizmi axir? 
Birga kiramiz, lekin u yerda, hoynahoy, hamma bilan gaplashishga majbur bo‘la-
miz. Holbuki, sen bilan yolg‘iz gaplashmoqchi edim. 
Hayajonimni yashirish uchun hazil-mutoyiba qilib: 
— Ixtiyoringiz, — dedim. 
— Mersi. Unday bo‘lsa, agar xohlasang, hech kimga ko‘rinish bermay hovlida bir oz 
aylanaylik. 
Qochib ketishimdan qo‘rqayotganday, qo‘limni qo‘yib yubormas edi. Chamadonchamni 
qo‘liga oldi. Yonma-yon yurib ketdik. Bir-birimizga unashilganimizdan beri birinchi marta 
yonma-yon... 
Yangi tutilgan qush yuragi qanday potirlasa, meniki ham shunday potirladi. Shunday-
ki, qo‘limni qo‘yib yuborganida ham qochishga qurbim yetmasmidi deb o‘ylayman. 
Bir-birimizga bir og‘iz ham so‘z aytmay hovlining to‘riga bordik. Komron o‘ylaganim-
dan ortiq xafa, ezgin ko‘rinardi. Bu uch oy ichida nimalar bo‘lganini, oramizda qanday 
o‘zgarish yuz berganini bilmayman. Faqat hozir uning oldida o‘zimni aybdor deb hisob-
lar, shu damgacha qilgan yovvoyiligim uchun pushaymon bo‘lar edim. 
Qish o‘rtasi bo‘lsa ham go‘zal, jimjit oqshom edi. Atrofimizdagi quruq tog‘ tepalari ol-
tin marjon kabi tovlanardi. Menda Komronga nisbatan uyg‘ongan maylda bu manzara-
ning ham hissasi bormidi, bilmayman. 
Shu dam uning ko‘nglini oladigan biron so‘z topish istagi qalbimning yondiruvchi 
ehtiyojiga aylandi. Lekin miyamga hech narsa kelmas edi. 
Endi orqaga qaytishdan boshqa choramiz qolmagandan keyin Komron: 
— Shu yerda bir oz o‘tirsak qalay bo‘lar ekan, Farida? — dedi. 
Ixtiyor senda, — dedim. 
Unashilganimizdan keyin uni birinchi marta sensirashim edi. 
Komron shimiga ham parvo qilmay o‘sha yerdagi bir tosh ustiga o‘tirdi. Men darrov 
qo‘lidan ushlab turg‘izdim. 
— Sen noziksan, quruq yerga o‘tirma, — dedim-u, ustimdagi ko‘k paltoni yechib tagi-
ga soldim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin