Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə53/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
— ... 
— To‘g‘risini ayt, Farida. Shuning uchun kelganmiding? 
Yonimga yaqinlashgan edi. Qo‘llari bilan boshimni silagisi kelar, lekin hurkishimdan, 
yana oramizni buzadigan akslik qilishimdan qo‘rqar edi. Holbuki, men aksincha, unga 
ko‘nika boshlagan edim. Savolini yana bir marta qaytarib aytdi: 
— Taxminim to‘g‘rimi, Farida? 
Komronning nihoyatda xursand bo‘lganini sezib, “ha” ma’nosida boshimni silkitdim. 
— Qanday yaxshi... Kechadan beri toleim shunchalik o‘zgardiki! 
Qo‘llarini men o‘tirgan kursi suyanchiqlariga qo‘yib ustimga egildi. Bu vaziyatda to‘rt 
tomonidan qurshalgan edim. Menga qo‘l tegizmaslik uchun hiyla bilan topilgan usul o‘tir-
gan yerimda meni kirpitikon singari hurpaytirar, yelkalarimni ko‘tarib orqaga chekinar 
edim. Juda yaqin kelib qolgan yuziga boqmaslik uchun ro‘molchamni o‘ynab turib: 
— Amaking nima taklif qilyapti? — deb so‘radim. 
— Bo‘ladiganga o‘xshamaydi. Meni elchixona sekretari qilib olmoqchi. Aniq bir maslagi 
yoki amali bo‘lmagan erkakni erkak emas, deb hisoblaydi. Men, tabiiy, uning fikrini ay-
tyapman. “Kelajakda bir elchixona amaldori bilan Yevropaga ketish balki Faridani ham 
xursand qilar”, deydi. Qaydam, shunga o‘xshash birtalay so‘zlar... 
Suhbat jiddiy tus olgani uchun Komron meni qurshovidan chiqarib qaddini rostladi. 
Men ham darhol o‘rnimdan turdim. 
Suhbatimiz uzilmadi. 
— Bu taklifni nega “bo‘ladigan gap emas” deding? Yevropaga borsang xursand 
bo‘lmaysanmi? 
— Bu tomonini aytayotganim yo‘q. Bundan keyin men ko‘ngliga nima yoqsa qilavera-
digan kishi emasman. Hayotimga aloqasi bo‘lgan har bir narsani sen bilan maslahatla-
shishga majburman. Shunday emasmi? 
— Unday bo‘lsa keta berasan. 
— Demak, Istambuldan ketishimga rozisan, a, Farida? 
— Demak, erkak kishi uchun biron maslak zarur bo‘lsa... 
— Mening o‘rnimda bo‘lsang sen ketarmiding? 
— Ketardim deb o‘ylayman. Buning ustiga sen ham shunday qilishing kerak, deb 
o‘ylayman. 
E’tirof qilishim kerakki, bu so‘zlarni yolg‘iz tilim aytar edi. Dilimda esa o‘sha dam bu-
tunlay boshqa narsani aytmoqda edim. Haqiqatda, meni ham tushunish kerak. “Seni ta-
shlab ketaveraymi?” deguvchiga boshqacha javob berib bo‘ladimi? 
Ikkinchidan, Komron ham bu ayriliqni shu qadar oson qabul qilganimga hayron edi. 
Menga qaramasdan uy ichida bir-ikki odim yurgandan so‘ng qayrilib, boyagi savolni yana 
qaytarib berdi: 
— Demak, amakimning taklifini qabul qilsam, seningcha to‘g‘ri bo‘ladi? 
— Ha. 
Komron tin oldi: 
— Ha, bo‘lmasa o‘ylab ko‘ramiz. Uzil-kesil bir qarorga kelish uchun hali vaqtimiz bor. 
Yuragim yengilgina dukurladi. “O‘ylab ko‘ramiz” degandan keyin yana qanday gap 
bo‘lishi mumkin? 
Odamlar har doim mendan talab qilgan bir og‘irlik bilan so‘z boshladim: 
— Bu ishda yana o‘ylab ko‘radigan narsa borligini sezmayapman. Amakingning taklifi 
ham yomon bo‘lmaydi. 
— Amal degan narsa qisqa bo‘ladimi, Farida? 
— To‘g‘rirog‘i, uzoq ham bo‘lmaydi. Atigi bir, ikki, uch yo to‘rt yildir. Ko‘z ochib-yum-
guncha o‘tib ketadi. Innaykeyin, orada kelib turasan ham... 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin