Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə96/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
shlashni lozim ko‘rmay, ustiga taxta qoqishib, sandiqqa o‘xshatib qo‘yishibdi. 
Bolalar ovqatlarini, kitoblarini va maktabda yoqish uchun dala-dashtlardan terib kel-
gan cho‘p-xashaklarini shu yerda saqlashar ekan. 
Xaticha xalfa bu sandiqning boshqa bir vazifasi borligini ham aytdi. Tayoq ta’sir qil-
maydigan sho‘x bolalarni o‘shaning ichiga qamab odam qilarmish. Qishloq oqsoqolining 
o‘g‘li Vahbi maktabdagi butun umrini shu sandiq ichida o‘tkazarkan. Vahbi yomon ish 
qilib qo‘ysa, o‘zi to‘g‘ri borib sandiqqa tushar emish-u, tobutdagi o‘likday chalqanchasiga 
yotib, qopqoqni ham o‘zi yopib qo‘yarmish. 
Men ajablanib: 
— Oqsoqol afandining jahli chiqmaydimi? — deb so‘radim. 
Xaticha xonim boshini tebratdi. 
— Oqsoqol faqat xursand bo‘ladi. “Barakallo, Xaticha xonim! Xo‘p yaxshi qilibsan, aqli 
kiradi. Biznikida ham sandiq bor, betamiz sho‘xlik qildi deguncha, xudo buyursa, men 
ham endi sandiqqa solaman”, deydi. 
— Tarbiyaning ajoyib usuli! Bundan chiqdi, maktabda o‘g‘il bolalar ham bor ekan-da? 
— E, bor, ikki-uchta. Lekin kattalarini G‘ariblar qishlog‘idagi o‘g‘il bolalar maktabiga 
yuboramiz. 
— G‘ariblar qishlog‘i qaerda? 
— Hov anovi tog‘ orasida. Ko‘rdingmi, oqarib turibdi-yu? 
— Bolalarga qiyin emasmi? Qorda, qishda u yerga qanday borib-kelishadi? 
— O‘rganib qolishgan. Loygarchilik bo‘lmasa, bir soatga qolmay yetib borishadi. Lekin 
yomg‘irda, loygarchilikda, bo‘ron turganda picha qiynalishadi. 
— Unday bo‘lsa nega ularni ham shu yerda o‘qitavermaymiz? 
— Hech mahal xotinlar erkaklar bilan qo‘shilib o‘qiganmi? 
— Voy, ular qanaqasiga erkak bo‘lsin? 
— Erkak bo‘lmay nima, qizim! O‘n ikki-o‘n uch yoshga kirib qolgan kap-kattakon yigit-
lar, axir! 
Xaticha xonim yamlanib qoldi, tilining uchida bir narsa bor edi-yu, lekin aytishga bo-
tinmadi. Keyin tavakkal qilib aytib yubordi: 
— Bundan buyon hech iloji yo‘q... 
— Nimaga? 
— Sen juda ham yosh muallimasan-da, shuning uchun, qizim. 
Istambulda “nomusli xotin xo‘rozdan ham qochadi” degan ta’bir bor. Nazarimda, Xati-
cha xonim ham o‘sha xilidan bo‘lsa kerak, shuning uchun javob qaytarishni ep ko‘rmay, 
boshqa ishlarga urinib ketdim. 
Zo‘r fidokorliklar evaziga qo‘lga kiritilgan maktab qurolining bir qismini majag‘i chiqib 
ketgan besh dona eski parta tashkil qilsa kerak. Lekin shunisi qiziq ediki, bularni foyda-
lanmasdan sinfning bir burchagiga to‘dalab tashlashibdi. 
— Nega bunday qildingiz, Xaticha xonim? — deb so‘radim. 
— Men qilganim yo‘q, eski muallima qilgan, qizim,— dedi. — Bolalar bunday narsalar-
da o‘tirib o‘rganishmagan. Minoraday baland joyga chiqib o‘tirgan odamning miyasiga 
ilm kirarmishmi? Eski muallima maktablar inspektori yo kattalardan birontasi surishtirib 
qolmasin, deb partalarni maktabdan butunlay chiqarib tashlashga hayiqdi. Bolalar mak-
tabga yangi kelishganda baribir partaga o‘tqazamiz. Dars boshlangandan keyin pastdagi 
bo‘yraga tushiramiz. Badavlat bolalarning esa ko‘rpachalari bor. 
Kampirdan menga qarashib yuborishni iltimos qildim. Bo‘yralarni olib tashlab, polni 
yuvdim, keyin partalarni tizib, bu eski molxonani birmuncha sinf kepatasiga kirgizdim. 
Xaticha xonimning norozi ekanligi yuz-ko‘zidan ko‘rinib turardi. Shunday bo‘lsa ham qarshi-
lik qilishga yuragi dov bermas, nimaiki buyursam qaytarmas edi. Men ishlarni tezroq bitirish 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin