Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə93/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Havosiz bir yerto‘laga tushib qolgandek nafasim bo‘g‘ilar, qo‘llarim, oyoqlarim muzlar 
edi. 
— Aylanay Xaticha xonim, qarashib yuboring, shu derazalardan birini ochaylik. O‘zim 
yolg‘iz ocha olmasam kerak, — dedim. 
Kampir mening ishga qo‘l urishimni xohlamayotgandek ko‘rinar edi. U tirishib-tirma-
shib derazalardan birini ochdi. Derazadan qaradim-u, esim chiqib ketayozdi. 
Deraza orqasi go‘riston edi. Uchlaridan hali oqshom yorug‘i arimagan sarvi daraxtlar, 
har yer-har yerda mozor toshlari, bulardan pastroqda, qamishlar orasida suvlari yiltirab 
turgan botqoqlar. 
Kampir chuqur tin olgandan so‘ng: 
— Odam bu narsalarga ko‘zi tirikligida ko‘nikishi kerak, qizim, hammamizning boradi-
gan yerimiz shu, — dedi. 
Bu og‘izdan chiqib ketgan shunchaki bir so‘zmidi yoki o‘zim ham bilmasdan bu man-
zara qarshisida qo‘rqib, sarosimaga tushganmidim? Bilmayman. Harholda o‘zimni qo‘lga 
olishga harakat qildim. Dadil bo‘lish kerak edi, shuning uchun xushchaqchaqlik bilan: 
— Demak, bu yerda go‘riston bor ekan-da? Men bilmabman ham, — dedim. 
— Ha, qizim, Zaynilar qabristoni shu yerda. Eski zamonlardan qolgan. Hozir o‘liklarni 
boshqa yerga qo‘yishadi, bu yer tarixiy joy bo‘lib qolgan. Men darrov borib Zayni otaning 
qabriga chiroq yoqib kelay, hozir qaytaman. 
— Zayni ota deganingiz kim, Xaticha xonim? 
— Xudo rahmat qilsin, tabarruk kishi. Hu, anovi sarvi daraxtining tagida yotadi. 
Xaticha xonim pichirlab duo o‘qib, gapdan so‘ng zinaga qarab yurdi. Men bunday nar-
salardan shu vaqtgacha qo‘rqmas edim. Mana hozir esa sarvi hidlari bilan to‘liq bir 
qorong‘i xonada yolg‘iz qolish menda vahima uyg‘otdi. 
Kampirning orqasidan yugurdim. 
— Men ham birga boraymi? — deb so‘radim. 
Yura qol, qizim, borsang yana yaxshi bo‘ladi. Kela solib Zayni otani ziyorat qilib 
qo‘ysang yaxshi bo‘ladi.
Maktabning orqa eshigidan o‘tib qabristonga chiqdik. Toshlar orasi bilan yurib ketdik. 
Ba’zan ramazon va hayit arafalarida xolalarim meni Ayyubdagi xilxonamizga olib bori-
shar edi. 
Lekin men o‘lim naqadar qayg‘uli, dahshatli bir narsa ekanligini birinchi marotaba ma-
na shu qorong‘i Zaynilar mozoridagina his etdim. 
Qabrlar ustidagi toshlar men ko‘rgan mozor lavhalaridan butunlay boshqa shaklda 
edi. Bular soldatlar singari saf tortib turibdi: baland, to‘g‘ri, tepalari tekis, yalpoq, rang-
lari qop-qora. Yozuvlarini o‘qishning iloji yo‘q edi. Faqat ustlarida katta harf bilan “Yo 
rabbiy” deb yozilgan so‘zlarnigina ajrata olardim. 
Yosh bolaligimda bir ertak eshitganman. Bilmayman, qaysi bir yosh sultonni olib 
qochish uchun uzoq tog‘ orqasidan bir lashkar yo‘lga chiqibdi. Askarlar kunduzlari g‘or-
larga kirib yashirinar, kechalari yo‘l yurar ekanlar. Qorong‘ida birov ko‘rib qolmasin, deb 
egnilariga qora kafan kiyib olisharkan. 
Shu taxlit oylarcha yo‘l yurishgandan keyin shaharni bosmoqchi bo‘lib turishgan ke-
chada yosh sultonga xudoning rahmi kelibdi-yu, qorong‘ilikda yashirinib, pusib ke-
layotgan bu qora kafanli tun qo‘shinini toshga aylantirib yuboribdi. 
Mozordagi ana shu qator yotgan qora toshlarni ko‘rib, o‘sha ertakni esladim. Miyamga 
“Ajabo, bu o‘sha qo‘rqinchli o‘lim askarlari toshga aylangan ertakdagi mamlakat shu 
bo‘lmasin!” degan fikr keldi. 
Zaynilar aslida kimlar ekan, Xaticha xonim? — deb so‘radim. 
— Men ham bilmayman, qizim, bu qishloq azaldan o‘shalarniki emish. Hozir minorala-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin