Bir xalq tilining turli davlat hududlarida rivojlanishi. Ma’lum bir
territoriyada istiqomat qiladigan, muayyan millatga xos tillar bugungi kunda mavjud
chegaralar bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, o‘zbek tilining tarqalish areali
O‘zbekiston davlati chegaralaridan ancha yiroqdagi o‘lkalarni ham qamrab oladi.
Jumladan, qo‘shni Afg‘oniston hududida bir nech millionlik o‘zbek tilida gaplashuvchi
aholi yashaydi. Yoki Sharqiy turkiston deb hisoblanayotgan Xitoyning janubiy-g‘arbiy
hududlarida, Tojikistonda, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha viloyatlarida
o‘zbek tilida gaplashuvchi aholi istiqomat qiladi.
Ana shu hududlardagi o‘zbek tili va shevalari ham bizning milliy tilimiz
tarkibiga aloqador hisoblanadi. Bu hududlardagi o‘zbek shevalari ham ko‘pchilik
olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan, tahlil va tadqiq qilingan.
Bugungi globallashuv zamonida dunyoning turli o‘lkalariga o‘zbek millatiga
mansub kishilar borib ishlab, yashab faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Amerika,
Germaniya, Rossiya va boshqa dunyoning ko‘plagan davlatlari hududida o‘zbek tilida
gaplashadiga kishilar mavjud, ularning til xususiyatlarini o‘rganish, osha yerdagi
o‘zbekcha nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish ham o‘zbek tilshunosligi,
xususan, shevashunosligi sohasining vazifalari sirasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |