FOYDALI MASLAHATLAR
● shevalarni o‘rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va
qimmatli materiallar beradi;
● adabiy tilda allaqachon yo‘q bozlib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib
ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib
qolgan;
● dialektologiya til tarixini o‘rganish uchun juda ahamiyatlidir;
● o‘zbek dialektologiyasi ham o‘zbek tili tarixini o‘rganish, uning ayrim noaniq
masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir;
● qadimiy o‘zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo‘lgan ayrim
xususiyatlarini hozirgi davr o‘zbek shevalarining xususiyatlarini o‘rganish bilan
to‘ldirishimiz mumkin;
● dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham praktik ahamiyatga ega;
● shevalarni o‘rganish o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik
normalarini belgilash uchun, shuningdek, o‘zbek orfografuya va orfoepiyasini
stabillashtirishda ham katta yordam beradi;
● shevalarni o‘rganish xalq tarixi, etnografiyasi uchun ham muhimdir;
4
● shevalarni o‘rganish orqali o‘tmishdagi urug‘-qabilalarning joylashish
hududlarini aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq
tarixining ayrim manzaralarini yaratish mumkin bo‘ladi.
|