Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Tasavvuf ahli ta’lim olmasdan va g‘ayrioddiy yo‘l bilan bilimni qo‘lga



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

 
Tasavvuf ahli ta’lim olmasdan va g‘ayrioddiy yo‘l bilan bilimni qo‘lga 
kiritishining to‘g‘riligiga shar’iy dalillar bayoni 
Bilingki, qaysi bir kishiga ilhom yo‘li va bilmagan joydan qalbga tushib qolishi bilan 
ozgina bo‘lsa ham, biror narsa kashf bo‘lib qolsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lni tanigan bo‘ladi. 
Kim o‘z nafsida biror narsa topmagan bo‘lsa ham, unga ishonmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki 
bundagi ma’rifat darajasi juda nodirki, bularga dalillikka shar’iy dalillar, tajriba va 
hikoyalar yetarlicha bor. Ammo shar’iy dalil Alloh taoloning mana bu oyatidir: 
«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga 
hidoyat qilurmiz» (Ankabut surasi, 69-oyat). 
Ta’lim olmasdan, doimiy ibodat bilan qalbda zohir bo‘ladigan har bir hikmat kashf va 
ilhom yo‘li bilandir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim bilgan narsasiga amal 
qilsa, Alloh u bilmagan narsalari ilmini yuzaga chiqaradi va unga amal qiladigan 
narsalarida yordam beradi, hatto jannatga sazovor bo‘ladi. Kim bilgan narsasiga amal 
qilmasa, biladigan narsalarida ham adashadi va amal qiladigan narsalarida 
muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi, hatto do‘zaxga munosib bo‘ladi» («Ilm kitobi»da kelgan).
Yana Alloh taolo aytadi: 
«Kim Allohdan qo‘rqsa (ya’ni, yuqorida mazkur bo‘lgan taloq qilish qonun-
qoidalariga Allohdan qo‘rqqani uchun rioya etsa), U Zot uning uchun (barcha 
g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan 
tomondan rizqlantirur» (Taloq surasi, 2-3-oyatlar). Ya’ni, Alloh unga ilmni ta’limsiz 
bildiradi va tajribasiz tushuntiradi. 
Alloh taolo yana aytadi: 
«Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, U Zot sizlar uchun (haq bilan 
nohaqni) ajratadigan hidoyat ato qilur» (Anfol surasi, 29-oyat). 
Ba’zilar furqonni haq bilan botilni ajratadigan va u bilan shubhalardan chiqiladigan nur
deyishgan. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolarida nur 
so‘rash ko‘p bo‘lardi. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Ey Allohim, menga nur bergin va 
nurni ziyoda qilgin va qalbimda nur qilgin va qabrimda ham nur qilgin va qulog‘imda 
ham nur qilgin va ko‘zimda ham nur qilgin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari), hatto 
«Sochimda ham, yuzimda ham, go‘shtimda ham, qonimda ham va suyagimda ham (nur 
qilgin)», der edilar. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Alloh taoloning: 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin