Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Agar qalbdagi g‘olib sifatlar yuqorida zikr qilingan shaytoniy sifatlar bo‘lsa, unga shayton 
g‘olib keladi. Qalb Alloh taoloning jamoalari va avliyolaridan yuz o‘girib, shayton 
jamoalariga moyil bo‘ladi. Bu bilan shayton jamoasiga va o‘z dushmanlariga yordam 
beruvchi bo‘ladi. A’zolariga qadarda bitilganiga ko‘ra Alloh taolodan uzoq bo‘lishga sabab 
ishlar joriy bo‘ladi. 
Agar qalbga farishtalar sifati g‘olib kelgan bo‘lsa, qalb shaytonning ig‘vosiga va uning 
naqd narsaga undashiga, unga oxirat ishini yengil sanashiga quloq solmaydi. Balki Alloh 
taoloning jamoasiga moyil bo‘ladi va qazoi qadarda bitib qo‘yilgan narsaning taqozosi 
bilan uning a’zolarida toat zohir bo‘ladi. Mo‘minning qalbi Rahmonning barmoqlaridan 
ikki barmoq orasidadir. Ya’ni, mana shu ikki askarning o‘rtasida talash bo‘lib turishdadir. 
Ya’ni, bir jamoadan ikkinchi jamoaga ko‘chishda va o‘zgarishdadir. Ammo farishtalar 
jamoati bilan doim sobit turish yoki shayton jamoasi bilan doim birga bo‘lish, bu ikki 
tomonga ham juda noyob hollarda bo‘ladi. Bu toat va ma’siyatlar g‘ayb xazinalaridan 
shahodat olamiga qalb uychasining vositasi bilan zohir bo‘ladi. Chunki qalb malakut 
olami xazinalaridandir. U ham agar zohir bo‘lsa, qalb arboblariga avvalda qazoyi qadarda 
bo‘lgan narsalarni bildiradigan alomatlar bo‘ladi. 
Kim jannat uchun yaratilgan bo‘lsa, toat qilish sabablari unga oson qilib qo‘yiladi. Kim 
do‘zax uchun yaratilgan bo‘lsa, unga osiy bo‘lish sabablari oson qilib qo‘yiladi va unga 
yomon do‘stlar hukmron qilib qo‘yiladi. Qalbiga shaytonning hukmi tashlab qo‘yiladi. 
Chunki shayton har xil hukmlar bilan ahmoqlarni «Albatta Alloh rahmlidir, parvo 
qilaverma, insonlarning hammasi ham Allohdan qo‘rqavermaydi. Sen ularga xilof qilma, 
hayot hali oldinda, to‘xtab tur, ertaga tavba qilarsan», degan gapi bilan aldaydi.
Ularga va’dalar beradi va orzular qildiradi. Shayton ularga faqat aldashni va’da qiladi. 
Ya’ni, ularga tavbani va’da qiladi, ularga mag‘firatni orzu qildiradi, natijada Alloh 
taoloning izni bilan mana shu hiylalar va ular o‘rnida joriy bo‘ladigan narsalar tufayli 
ularni halok qiladi. Ularning qalblarini aldashni qabul qilishga keng, haqni qabul qilishga 
esa tor qilib qo‘yadi. Bularning har biri ham Alloh taolodan bo‘lgan qazoi qadar bilandir. 
Alloh taolo aytadi: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin