Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga 
taqsimlanishi bayoni 
Bilingki, zikr qilganimizdek, qalbni yuqorida aytib o‘tilgan sifatlar o‘rab olgan. Oldin sifati 
aytib o‘tilgan eshiklardan qalbga har xil holatlar va xabarlar kelib turadi. Go‘yo qalb 
butun atrofdan mo‘ljalga olingan nishonga o‘xshaydi. Agar unga ta’sir qiladigan bir narsa 
yetsa, unga yana boshqa tomondan o‘sha narsaning ziddi yetib keladi. Natijada uning 
sifati o‘zgaradi. Agar qalbga shayton tushib, uni havoyi nafsga chaqiradigan bo‘lsa, unga 
farishta ham tushadi va uni havoyi nafsidan boshqa tomonga buradi. Agar uni bir 
shayton biror yomonlikka tortsa, boshqa shayton undan boshqasiga tortadi. Agar bir 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
farishta uni biror yaxshilikka tortsa, boshqa farishta undan boshqa yaxshilikka tortadi. 
Goho ikki farishta, goho ikki shayton, goho esa farishta bilan shayton o‘rtasida qalb 
talash bo‘lib qoladi va hargiz bee’tibor bo‘lmaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida 
ishora bordir: 
«...dil va ko‘zlarini aylantirib qo‘yurmiz» (An’om surasi, 110-oyat). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qalb ajoyibotlari va uning o‘zgarishi to‘g‘risidagi 
Alloh taoloning ajoyib san’atidan xabardor bo‘lganlari uchun qalb bilan qasam ichardilar, 
ya’ni «Qalblarni o‘zgartiruvchi Zotga qasamki, unday emas», der edilar (Imom Buxoriy 
rivoyati). Yana ko‘pincha «Ey qalblarni o‘zgartirguvchi, qalbimni diningda sobit qil», deb 
duo qilardilar (Imom Termiziy rivoyati, hasan). Shunda sahobalar: «Siz ham 
qo‘rqasizmi, ey Rasululloh?» deyishdi. «Meni nima xotirjam qila olardi? Vaholanki, qalb 
Rahmon barmoqlaridan ikki barmoq orasida bo‘lsa, uni xohlagan tomoniga bursa», 
dedilar.
Boshqa bir lafzda: «Agar uni to‘g‘rilashni xohlasa, to‘g‘rilaydi. Agar (haqdan boshqa 
tomonga) burishni xohlasa, buradi», deyiladi. Bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam uch xil misol keltirdilar. Birinchisi -«Qalbning misoli chumchuqqa o‘xshaydi, har 
vaqtda o‘zgarib turadi». Ikkinchisi - «Qalbning o‘zgarib turishdagi misoli qaynashga 
hozirlangan qozonga o‘xshaydi» (Imom Ahmad rivoyati, sahih). Uchinchisi - «Qalbning 
misoli ochiq bir sahrodagi patga o‘xshaydi, shamollar uni orqaga va oldinga uchiradi» 
(Tabaroniy rivoyati, sanadi hasan). Bu o‘zgarishlar va o‘zgartirishdagi Alloh taoloning 
ajoyib san’ati shundayki, uni ilm bilan aniqlab bo‘lmaydi. Uni faqat qalblarini kuzatib 
turuvchi va Alloh taolo oldida ahvollari e’tiborga olingan kishilargina biladi. 
Qalblar yaxshilik va yomonlikda sobit turishda va ikkisining o‘rtasida beqarorligida uch 
xildir: birinchi qalb - taqvo bilan obod bo‘lgan, riyozat bilan tozalangan, iflos xulqlardan 
pok bo‘lgan, g‘ayb xazinalaridan va malakut olamiga kirish o‘rinlaridan yaxshi xayollar 
uchqunlab turadigan qalbdir. Aql qalbga tushgan xayollar to‘g‘risida undagi yaxshilik 
zarralarini va uning foydalari sirlarini bilish uchun fikrlashga o‘tadi. Shunda unga 
qalbning yuzi idrok nuri bilan ochilib, undagi fikrni ro‘yobga chiqarish kerakligiga hukm 
qiladi va uni shunga undab bajarishga chaqiradi. U qalbga farishta nazar solib, uni 
javhari yaxshi, taqvosi bilan poklangan, aql ziyodasi bilan nur taratuvchi va ma’rifat 
nurlari bilan obod qilingan holda topadi. U qalbning o‘ziga qarorgoh bo‘lishiga va 
tushadigan joy bo‘lishiga loyiq deb ko‘radi. Ana shu paytda ko‘zga ko‘rinmaydigan 
askarlar bilan uni quvvatlab, boshqa yaxshiliklarga burib qo‘yadi. Hatto yaxshilik boshqa 
yaxshiliklarga tortib ketaveradi. Uni yaxshiliklarga qiziqtirish va ishlarni yengillashtirish 
bilan unga madad berishi to‘xtamaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida ishora 
bor: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin