Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha 
narsa bilan hisob-kitob qiladi» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati tushgan paytda 
sahobalardan bir necha kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib 
aytdilarki: «Toqatimiz yetmaydigan narsaga buyurildik. Albatta birimiz qalbida sobit 
bo‘lishini xohlamaydigan narsani gapiradi. So‘ngra shunga hisob-kitob qilinadi» (Imom 
Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aftidan sizlar yahudiylar 
«Eshitdik, unga osiy bo‘ldik», deganlaridek gapiryapsizlar, «Eshitdik va itoat qildik», 
denglar», dedilar. Sahobalar: «Eshitdik va itoat qildik», deyishgan edi, Alloh taolo bir 
yildan keyin yengillikni nozil qildi.
Alloh taolo aytadi: 
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi» (Baqara surasi, 
286-oyat). 
Bundan aniq bo‘ladiki, inson qalb amallaridan toqati yetmaydigan narsalarga 
jazolanmaydi, bu chigallikdagi pardani ochishdir. 
Qalbga joriy bo‘lgan har bir narsa nafsning so‘zi, deyiladi, deb o‘ylaydigan va (qalbga 
joriy bo‘ladigan narsalarni) uch qismga bo‘linishini farqlay olmaydigan har bir kishi xato 
qilishi aniq. Chunki kibr, o‘ziga baho berish, riyo, munofiqlik, hasad va boshqa iflos 
xulqlardan iborat bo‘lgan qalb amallari qanday qilib jazolanmaydi? Balki quloq, ko‘z va 
qalb - hammasidan, ya’ni bulardan ixtiyor ostiga kiradiganlaridan so‘raladi, agar 
beixtiyor nomahramga ko‘zi tushib qoladigan bo‘lsa, unda jazolanmaydi. Ammo ko‘zi 
tushgan vaqtda unga ikkinchi bor qarasa, buning uchun jazolanadi, chunki keyingisi 
o‘zining ixtiyoridadir. 
Qalbdagi xayollar uchun ham shu tarzda jazolanadi, balki bandaning qalbdagi xayollar 
uchun jazolanishi a’loroqdir. Chunki qalb asl negizdir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taqvo bu yerdadir», deb qalbga ishora qilganlar 
(Imom Muslim rivoyati). Alloh taolo aytadi: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin