Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
Faqatgina payg‘ambarlik nuri bilan ko‘rish mumkin. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam ham Jabroil alayhissalomni o‘z suratlarida faqat ikki marotaba ko‘rganlar 
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). U zot sollallohu alayhi vasallam Jabroil 
alayhissalomdan o‘zlarini asl suratlarida ko‘rsatishlarini so‘raganlar va Baqi’ degan joyda 
ko‘rishishga va’dalashishgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Jabroil 
alayhissalom Xiro tog‘ida ko‘rinib, mashriqdan mag‘ribgacha bo‘lgan ufq tomonni 
berkitib qo‘yganlar. Ikkinchi marotaba o‘z suratlarida Me’roj kechasida sidratul 
muntahoning oldida ko‘ringanlar. U zotni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
ko‘pincha odam suratida, ya’ni Dahiyat al-Kalbiy degan sahobaning timsolida ko‘rganlar 
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Bu sahoba yuzlari chiroyli kishi edi. Ko‘pchilikning 
aytishicha, qalb egalaridan bo‘lgan ahli mukoshafalarga ham shayton o‘z suratida 
ko‘rinadi. Ularga uyg‘oq vaqtlarida ko‘rinadi. Uni ko‘zlari bilan ko‘rishadi va gapini 
quloqlari bilan eshitishadi. Mana shu suratining haqiqiy ko‘rinishidir. 
Ko‘p solih kishilarga uyqularida ham ko‘rinadi. Uyg‘oqligida ko‘radigan inson uyquda 
bo‘ladigan narsalarni ko‘rishdan hislar dunyo bilan band bo‘lishi man qilmaydigan 
darajaga yetgan insondir. Demak, boshqalar uxlaganda ko‘radigan narsalarni u 
uyg‘oqligida ko‘radigan bo‘ladi.
Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilindi: «Bir kishi Robbidan odam farzandining qalbidagi 
shaytonning o‘rnini ko‘rsatmog‘ini so‘radi. Haligi kishi uyqusida billur toshga o‘xshagan 
bir kishining jismini ko‘rdi. Uning tashqarisidan ichi ko‘rinib turardi. Shaytonni esa bir 
qurbaqa suratida ko‘rdi. Haligi billur toshga o‘xshagan kishining chap tomonida, qulog‘i 
bilan yelkasining o‘rtasiga o‘tirib olgan edi. Shaytonning ingichka uzun xartumi bor edi, 
uni haligi kishining chap yelkasi tomonidan qalbiga kirgizib vasvasa qilardi. Agar Alloh 
taoloni eslasa, u uzoqlashardi». 
Shunga o‘xshash goho uyg‘oqlikda ham ko‘z bilan ko‘riladi. Batahqiq, ba’zi mukoshiflar 
shaytonni bir o‘laksaning ustida cho‘nqayib o‘tirgan it suratida, insonlarni shu o‘laksaga 
chaqirayotganini ko‘rishgan ekan. O’laksa esa dunyoning misolidir. Bu shaytonni haqiqiy 
suratida ko‘rishga kiradi. Chunki qalbda malakut olamiga muvofiq tarzda bir haqiqat 
zohir bo‘lmog‘i lobuddir. Ana shu paytda uning (ya’ni, malakut olamining) asari shahodat 
va mulk olamiga muvofiq tarzda zohir bo‘ladi, chunki malakut olami bilan shahodat 
olami bir-biriga bog‘liqdir. 
Qalb uchun ikki yo‘l borligini bayon qilgan edik. Biri g‘ayb olamiga oid bo‘lib, u ilhom va 
vahiy kiradigan o‘rindir. Yana biri shahodat olamiga oiddir. Bu olam tomonidagi yo‘lda 
insondan zohir bo‘ladigan narsa xayoliy suratdir. Chunki shahodat olamining hammasi 
xayolotlardir. Lekin xayol goho shahodat olamining zohiriga his bilan qarashdan hosil 
bo‘ladi. Ana shunda surat ko‘rilgan narsaga muvofiq kelmasligi ham mumkin. Hatto bir 
shaxsni chiroyli suratda ko‘radi, vaholanki uning botini iflos va ichki olami qabih bo‘ladi. 
Chunki shahodat olami chalkashligi ko‘p olamdir. Ammo malakut olamining qalblarga 
nur taratishidan xayolda hosil bo‘ladigan surat esa ana shu surat sifatining xuddi o‘zi va 
unga muvofiq bo‘ladi. Chunki malakut olamida surat sifatga tobe va unga muvofiq bo‘lib, 
shak-shubhasiz yomon sifat yomon surat bilan ko‘rinadi. Demak, shayton it, qurbaqa, 
cho‘chqa va shunga o‘xshash boshqa suratda ko‘rinadi. Farishta esa chiroyli suratda 
ko‘rinadi. Xullas, ana shu surat sifatlarning nishoni va haqiqatda uning aniq nusxasidir. 
Shuning uchun uyqudagi maymun va to‘ng‘iz iflos insonga dalolat qiladi. Qo‘y esa ko‘ngli 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin