Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha 
narsa bilan hisob-kitob qiladi va O’zi istagan kishini mag‘firat qilib, O’zi istagan 
kishini azoblaydi» (Baqara surasi, 284-oyat). 
Yana Alloh taolo deydi: 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - 
bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, 
ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» 
(Al-Isro surasi, 36-oyat). 
Bu oyat dalolat qiladiki, albatta qalb ishi ham quloq va ko‘z ishiga o‘xshab, avf 
qilinmaydi. 
«Guvohlikni yashirmangiz! Kim (guvohlikdan bosh tortish bilan) uni yashirsa
bas, albatta uning qalbi osiy - gunohkordir» (Baqara surasi, 283-oyat). 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
«Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki 
(dillaringizdagi) mahkam tukkan qasamlar sababli (agar shunday qasamni 
buzsangiz) jazolaydi» (Moida surasi, 89-oyat). 
Qalb amallarining paydo bo‘lishidan to a’zolarda zohir bo‘lgunichalik holati batafsil 
tushunilmas ekan, bizningcha bu masalada haqiqat ochilmaydi. Aytamizki, qalbga 
birinchi kelgan narsa - bu fikr (ya’ni, o‘y-xayol)dir. Masalan, bir ayolning surati va u 
yo‘lda orqada kelayotgani, agar unga qarasa, albatta uni ko‘rishi xayoliga kelmog‘i. 
Ikkinchi - qarashga rag‘batining qo‘zg‘olishi tabiatidagi shahvatning harakatidir. Bu esa 
avvalgi o‘y-xayoldan hosil bo‘ladi, uni tabiatning moyilligi, deb nomlaymiz. Avvalgisini 
esa nafsning so‘zi, deb ataymiz. 
Uchinchisi - qalb buni bajarish lozim, ya’ni unga qarash kerak, deb hukm qilmog‘i. 
Chunki tabiat bir narsaga moyil bo‘lgan paytda o‘sha narsaga undovchi holatlar 
qo‘zg‘olmasa, himmat va niyat hosil bo‘lmaydi. Chunki uni goho hayo yoki qarashdan 
cho‘chish man qilib qo‘yadi. Bu undovchi narsalarning bo‘lmasligi gohida chuqur 
mulohaza yuritish tufayli bo‘ladi. Bu, ya’ni qalbning buni bajarish lozim, deb hukm qilishi 
har bir holatda aqlning hukmidir. Bu e’tiqod, deb nomlanib, o‘y-xayol va maylga 
ergashadi. 
To‘rtinchisi - qarashga qasd va niyatni mustahkam qilishdir. Buni bajarishni xohlab, 
unga niyat va qasd qilmoq, deb nomlaymiz. Bu qasdning gohida bir zaif asosi bo‘ladi. 
Lekin agar qalb avvalgi fikrga quloq solsa, hatto nafs bilan tortishuvi cho‘zilib, qasdni 
ta’kidlaydi va bu qasd qat’iy irodaga aylanadi. Agar iroda jazmga aylansa, gohida jazm 
qilgandan keyin pushaymon bo‘lib, amalni tark qiladi. Gohida bir ish sababli g‘aflatda 
qolib, uni qilmaydi, unga qaramaydi ham. Gohida esa bir narsa to‘sib qolib, uni qilishga 
qiynaladi. 
Mana shular amalni a’zolar bilan ado qilishdan oldingi qalbning to‘rt holatidir. Ya’ni, 
avval fikr (o‘y-xayol) - nafsning so‘zlashi, so‘ngra moyillik, keyin e’tiqod va oxiri esa 
qasd qilishdir. Aytamizki, banda fikr (o‘y-xayol) bilan jazolanmaydi, chunki bu ixtiyoriga 
kirmaydi. Shuningdek, moyillik va shahvatning qo‘zg‘olishi ham ixtiyoriy narsaga 
kirmaydi. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi aytgan so‘zlaridan 
muroddir: «Ummatimdan nafslariga so‘zlagan (ya’ni, xayollaridan o‘tkazgan) narsalari 
avf qilindi». 
Nafsning so‘zi nafsda paydo bo‘ladigan fikrlar bo‘lib, uni qilishga qasd etilmaydi. Ammo 
qasd va azm qilish nafsning so‘zi, deyilmaydi. Hattoki, nafsning so‘zi Usmon ibn 
Maz’undan rivoyat qilingan hadisga o‘xshashdir, ya’ni u kishi Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallamga: «Ey Rasululloh, nafsim xotinim Havlani taloq qilishni aytyapti», dedi. 
Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmagin, chunki nikoh 
sunnatimdir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati). Yana u kishi: «Nafsim o‘zimni bichib 
olishimni aytyapti», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilma, 
ummatimning bichilishi ro‘zani tirishqoqlik bilan tutishidadir», dedilar. Yana u kishi: 
«Nafsim rohib bo‘lishimni aytyapti», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: 
«Shoshma, ummatimning rohibligi jihod va hajdir», dedilar. U kishi: «Nafsim go‘shtni 
tark qilishimni aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmagin, 
chunki men go‘shtni yaxshi ko‘raman. Agar go‘sht topsam, albatta uni yeyman. Agar 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin