Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
Albatta bandani Alloh azza va jallaning kitobiga bo‘lgan iymoni bundan qaytaradi. 
Natijada uning vasvasasi yo‘qoladi. Xuddi shuningdek, shayton insonga amaliga baho 
berib, o‘zini boshqalardan yuksak ko‘rishni (ya’ni, xudbinlikni) vasvasa qiladi. Aytadiki: 
«Qaysi banda Allohni sen tanigandek taniydi va Unga sen ibodat qilgandek ibodat qiladi? 
Alloh taolo huzurida sening martabang munchayam ulug‘ bo‘lmasa!» Ana shu paytda 
banda albatta o‘zining ma’rifati, qalbi, amal qilayotgan a’zolari va ilmi Alloh taolo 
yaratgan narsalardan ekanligini eslasa, qanday qilib o‘ziga katta baho beradi? Shayton 
ham uzoqlashadi, chunki bu Allohdan emas, deb aytolmaydi, insonning ma’rifati va 
iymoni uni daf qiladi. Bu vasvasaning bir turi bo‘lib, iymon va ma’rifat nuri bilan 
ko‘ruvchi oriflarda batamom yo‘q bo‘ladi. 
Ikkinchisi - uning vasvasasi shahvatni harakatlantirish va qo‘zg‘ash bilan bo‘lmog‘i. Bu 
holat ham ikkiga - banda uni albatta ma’siyat ekanini aniq bilishiga va uning ma’siyat 
ekanini gumon qilishiga bo‘linadi. Agar uning gunohligini aniq bilsa, shayton shahvatni 
harakatlantirishga ta’sir qiladigan qo‘zg‘otishdan uzoqlashadi. Agar gumonda bo‘lsa, uni 
qo‘zg‘ashdan uzoqlashmaydi. Ba’zan vasvasa ta’sir qiluvchi holda qoladi. Endi uni daf 
qilishda qattiq harakat kerak. Xullas, vasvasa mavjud, lekin mag‘lub bo‘lmagan holda 
yo‘qotib turiladi. 
Uchinchisi - xayollarni tez-tez bo‘lib turadigan holatlarni eslash va namozdan boshqa 
narsalar to‘g‘risida fikr qilish bilan bo‘ladigan vasvasalardir. Agar banda zikr qilishga 
yuzlansa, bir vasvasa bir muddat ketib, yana qaytishi, so‘ngra yana ketib, yana qaytishi 
mumkin. Demak, zikr bilan vasvasa bir-birining orqasidan kelaveradi va ikkisi yonma-
yon yurishi tasavvur qilinadi, hatto inson (namoz o‘qiyotganda) ham qiroatining 
ma’nosini, ham o‘sha xayollarni tushunib turadi. Go‘yo ikkisi qalbdagi ikki o‘rinni egallab 
turgandek bo‘ladi. Vasvasa batamom xayolga kelmaydigan darajada yo‘q bo‘lishi qiyin, 
lekin mahol ham emas. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ikki rakat 
namozni nafsiga dunyo ishlaridan biror narsani keltirmagan holda o‘qisa, uning o‘tgan 
gunohlari kechiriladi», deganlar («Namoz kitobi»da kelgan).
Agar inson vasvasadan butunlay qutula olmasligi tasavvur qilinmaganida Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam uni zikr qilmas edilar. Ammo bu narsa qalbida muhabbat 
egalik qilib, hatto xayoli parishonga o‘xshab qolgan kishidagina tasavvur qilinadi. Biz 
qalbi aziyat bergan dushmanni qamrab olgan kishini ikki rakat yoki ko‘p rakatli namozda 
ko‘ngliga dushmanining gapidan boshqasi kelmasdan u bilan tortishish to‘g‘risida 
o‘ylayotganini ko‘ramiz. Shuningdek, muhabbatga g‘arq bo‘lib ketgan kishi ham gohida 
qalbida mahbubi bilan gaplashish to‘g‘risida o‘ylaydi. U to‘g‘rida shu darajada fikrga 
cho‘mib ketadiki, hatto ko‘nglida mahbubining so‘zidan boshqa narsa qolmaydi. Agar 
unga boshqa kishi gapirsa ham, uni eshitmaydi.
Agar oldidan biron kishi o‘tsa ham, uni ko‘rmayotgandek holatda bo‘ladi. Agar bu 
insondagi holat mol va martabaga harislik paytida dushmandan keladigan xavf 
to‘g‘risida tasavvur qilinadigan bo‘lsa, qanday qilib bu holat do‘zaxdan qo‘rqishdan va 
jannatga harislikdan deb tasavvur qilinmaydi? Lekin bu Alloh taologa va oxirat kuniga 
bo‘lgan iymonning zaif bo‘lgani uchun juda ozdir. Agar bularning hammasi to‘g‘risida, 
ya’ni vasvasalarning turlari to‘g‘risida fikr qiladigan bo‘lsangiz, yuqoridagi firqalardan har 
biri maxsus o‘rinlarda bir navni ushlaganini bilasiz. 
Qisqa qilib aytganda, bir lahza yoki bir soat shaytondan xalos bo‘lib turish qiyin ish 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin