yerda bo’lingan ma’lumotlar emas, balki boglangan konkret klinik va eksperemental
isbotlar bilan xujjatlangan, bizni qiziktirayotgan psixik xususiyatlarning namoyon
bo’lishi va rivojlanishi hakidagi hakikat kayd etilishi darkor.
Demak, shaxsni anomal rivojtanishini o’rganishga bo’lgan yondashuv
kuyidagicha:
a) avval
bizni
kiziktiradigan psixik buzilishining boshlanishi va namoyon bo’lish
jarayoni;
b)
uni tashkil kiluvchi xususiyatlar;
v) «buzilish»
kechishining
asosiy variasiyalari;
g) anomal
rivojlanishining
nazariy «namunasi»ni tuzish;
d)
shakllanayotgan eksperementni kayta ishlash;
ye)
psixokorreksion, tarbiyaviy ta’sirlar majmuasini (kompleksini) qamrab oladi.
Mexnat insonni tarbiyalashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy texnika
tarakkiyoti moddiy va ma’naviy boyliklarning yaratuvchisi bo’lgan insonning o’zida
muhim o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ladi.
Shunday kilib xozirgi zamon jamiyat kishisi avvalo mehnatda, jamoa ijodiy
mehnatida ishtirok etish uchun shakllanadi. Biz tarbiyaning jumladan mexnat
tarbiyasining barcha masalalarini emas, fakat, birinchi navbatda, tarbiyasi kiyin
o’smirlarga xos bo’lgan masalalarnigina ko’zda tutamiz. Gap tarbiyasi qiyin
o’smirlarning mexnat yoki axlokiy tarbiyasi xakida ketayaptimi yoki ularning tarbiyasiga
oid kandaydir boshka masalalarni xat kilish xakida ketayaptimi, bunda asosiy rolni
ta’lim-tarbiyaviy ta’sirning butun kompleksi o’ynaydi. binobarin, bu o’smirlar xam
obyekt xam boshka o’kuvchilar bilan teng ravishda pedagogik jarayenning ishtirokchisi
hisoblanadilar. Tarbiyasi kiyin o’smirlarga pedagogik-psixologik yondashishning o’ziga
xosligi pedagogik ta’sir ko’rsatishning kandaydir aloxida vositalarini (bunday aloxida
vositalar yo’k) tanlashda emas, balki odatdagi pedagogik vositalarni tanlay bilishda.
Birok, bunda albatta o’kuvchining individuatligini, eng avvalo, uning kuchli tomonlarini,
uning obru-e’tibori, shu bilan ko’zda tashlangan kamchiliklarni hisobga olish zarur.
Bu borada tarbiyasi kiyin o’smirlarni hayotga tayyorlash va kasbga yunaltirish
asosiy vazifalarimizdan biridir. Bunda tarbiyasi kiyin o’smirlarni bilim saviyalarini,
individual psixologik xususiyatlarini xisobga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: