Microsoft Word xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/61
tarix28.12.2021
ölçüsü0,52 Mb.
#48101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi



O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi 
 
 
A.Qodiriy nomli  
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
 
 
 
PYeDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKUL’TЕTI 
 
 
PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA KAFЕDRASI 
 
 
 
XULQI  OG`ISHGAN 
BOLALAR 
PSIXOLOGIYASI 
 
 
 
 
 
fanidan  ma’ruzalar  matni 
 


Ushbu ma’ruzalar matni “Pedagogika-psixologiya” kafedrasining 2013 yil 
___.08 dagi majlisida muhokama qilindi va uning  1 -  raqamli bayonnomasi bilan 
tasdiqlandi. 
 
 
Tuzuvchi: o`qituvchi 
D.Abduvahobova 
 
 
Taqrizchilar: psixol.f.n. R.A.Abdurasulov 
    
kat 
o`qit. 
M.Q.Qodirova 


KIRISH 
Hammamiz ham dyeyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman 
ko`rinishlari – tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan 
to`qnashamiz... Shu kabi muammolar bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar ko`p 
yillardan byeri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi 
nimada bo`lishi mumkinq! Nima insonni qayta-qayta o`ziga va atrofdagilarga zarar 
kyeltirishga majburlaydiq Bunday qanday qutulish mumkinq Va nihoyat, 
“og`ishgan xulq” atamasidan foydalanish qonuniymikin. 
Dyeviantlik, og`ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pyedagoglar,huquqni 
himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda  jonli qiziqish 
uyg`otib kyelgan. Og`ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xaraktyerga 
ega. Atamaning “ijtimoiy mye'yor” tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni 
ko`p marotaba murakkablashtiradi, chunki mye'yorning chyegaralari o`ta shartli, 
insonda esa barcha ko`rsatkichlar bo`yicha absolyut mye'yorning o`zi mavjud 
emas.  
Yondoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulq ini og`ishganligini tashhis 
qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy-psixologik yordam ko`rsatish davomida 
bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko`zga tashlanadi.  
Hulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o`quvchilarda 
shaxs og`ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, 
yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko`rinadi. Og`ishgan xulqni 
tushuntirish uchun turlicha psixologik kontsyeptsiyalar qimmatini tan olgan qolda 
biz asosida kognitiv-axloqiy yondoshuv yotuvchilarni ustuvor  sifatida   ajratamiz. 
Ushbu fanni o`qitish tajribasi shuni ko`rsatdiki, matyerialni anglashda ba'zi 
bir qiyinchiliklar mavjud ekan. Birinchidan, “og`ishgan xulq” tushunchasining 
ko`p ma'noliligi va bu bilan bog’liq bo`lgan tyerminologik chalkashliklar. 
Ikkinchidan, har birimizning ichki dunyomizga xos bo`lgan shaxsiy ozodlik 
ehtiyoji va jamiyatning chyeklashlari orasidagi qarama-qarshilikdir. Og`ishgan 
xulq fyenomyeni mavjudligining o`zi “ozodlik yoki zaruriyat” dilyemmasi faktini 
tasdiqlaydi,  qatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy 
tanlovchi pryedmyeti hisoblanadi. Yana bir ma'lum murakkablik shundaki, 
og`ishgan xulq muammosi bo`yicha ma'lumotlarni turli fanlar, masalan, 
sotsiologiya, tibbiyot, huquq, psixologiya, pyedagogikadan izlash lozim bo`ladi. 
Mavjud bo`lgan adabiyotlar, qoidadagidyek, yoxud o`ta ixtisoslashtirilgan, yoki 
o`ta ommaviy xaraktyerga ega. Og`ishgan xulq psixologiya bo`yicha adabiyotlar 
unga ta'sir qilishning samarali tyexnologiyalari yetishmagani kabi shubhasiz 
yetishmaydi.  
O`quvchiga taqdim etilayotgan ish o`zida mavjud bo`lgan ilmiy 
yondoshuvlarni ko`rib chiqishga intilishni va muallifning psixologik aspyektda 
ko`rib chiqiluvchi shaxs og`ishgan xulqini o`rganish qamda uni bartaraf etishdagi 
amaliy tajribalarini umumlashtirishni aks ettiradi.   
 
 
 
 


 
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin