Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə47/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Mineralogiya

Annabergit – Ni3[AsO4]2Nomi Saksoniyadagi Annaberg konidan kelib chiqqan. Tarkibida – NiO – 37,5%, As2O5 – 38,5%, N2O – 24%. U monoklin singoniyali, prizmatik kristallar hosil qiladi, ba`zan tuproqsimon massalar yuzaga keladi.
Annabergit yashil, to`q yashil ranglarda uchraydi. Yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi mukammal, kislotalarda asosan eriydi.

B o r a t l a r
Boratlar bor kislotasining tuzlari, ularning soni 40 dan oshmaydi va yer po`stida kam tarqalgan. Borning asosiy minerallari silikatlar sinfiga kiradi. Boratlar kalsiy, magniy va natriyli turlarga bo`linadi va ularning aksariyatini tarkibida suv bo`ladi. Boratlar shaffof, oq rangli, qattiqligi va solishtirma og`irligi past, kislotalarda va ba`zan suvda eriydi.
Tarkibi – MgO – 47,9%, V2O3 – 41,4% va N2O – 10,7%. Rombik singoniyali, oq rangli, shaffof, shishadek yaltiraydi, sochiluvchan ba`zan qo`lga yuqadi. Uning qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 2,6, ancha mo`rt mineral.
Ashorit ikkilamchi mineral sifatida tuz qatlamlarida paydo bo`ladi. Boratlar yuqori miqdorda vulqon mo`rilarida aniqlangan (Italiya, Kamchatka), ba`zan nurash zonalarida boratlarni uchratish mumkin. Boratlarning yirik uyumlari bor olish uchun manba hisoblanadi.
Bura – Na2B4O7∙10H2O. Mineral qiyofasi prizmasimon, ba`zan tuproqsimon massa holida ham uchraydi. U rangsiz, kulrang, sarg`ish, ko`kimtir, yashilroq tovlanadi, yaltirashi shishadek, yog`langandek. Uning qattiqligi – 2,5, solishtirma og`irligi – 1,7. Bura quriyotgan borli sho`r ko`llarda yuzaga keladi, suvda oson eriydi. Issiq havoda suvini yo`qotib, xiralashadi va nihoyat juda mayin oq kukunga aylanadi. Bura bor olishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
N i t r a t l a r
Nitratlar kuchli azot kislotasining tuzlari, suvda oson eriydi, issiq mamlakatlarda, deyarli hozirgi zamon mahsuloti sifatida yuzaga kelgan.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin