Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə44/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Mineralogiya

Sheelit – CaWO4Shved kimyogari K.V.Sheell nomi bilan atalgan. Tarkibi: SaO – 19,4%, WO3 – 80,6%, aralashma holida MoO3 - 10% gacha, CuO – 7% uchraydi. U trigonal singoniyali, tetragonal prizmali, yassi tabletkasimon ko`rinishda bo`ladi. Ma`danlarda noto`g`ri shaklli donalar, ba`zan yaxlit massalar holida topiladi. U rangsiz, sariq, yashil-sariq, qo`ng`ir, kulrang, yog`langandek tuyuladi va olmosdek yaltiraydi. Qattiqligi – 4,5, solishtirma og`irligi – 6,2, mo`rt, notekis yuzalar hosil qilib sinadi.
Sheelitning yirik konlari kontakt – metasomatik (skarn) sharoitda paydo bo`ladi. Bunday konlar nordon intruziv (granit, granodiorit) jinslarning karbonatlar bilan tutash joylarda yuzaga keladi. Odatda sheelit – monoklin piroksen (diopsid-gedenbergit qatori), granat va sulfid minerallari – xalkopirit, pirit, pirrotin, molibdenitlar bilan birga uchratish mumkin. Yirik konlari Sangdon, Koreya, Qo`ytosh, Ingichka, Langar - O`zbekiston.


Povelit – SaMoO4 . Tarkibi: SaO – 28%, MoO3 – 72%. Nomi amerika geologi – Jona Povella (1834-1902) sharafiga qo`yilgan. Uning kristallari mayda tetragonal-dipiramidal, ayrimda yassi tabletkasimon, tuproqsimon – varaqasimon qiyofalarda topiladi. Povelitning rangi och sariq, yashil-sariq, olmosdek yaltiraydi, ulanish tekisligi yo`q, qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 4,5, mo`rt. U HCl va HNO3 kislotalarida eriydi. Povellit-molibden konlarining oksidlanish zonalarida va ba`zan gidrotermal konlarda katta uyumlari aniqlangan. Sanoatbop molibden olishda foydalaniladi.

Vulfenit – PbMoO4 . Mineral Avstraliya mineralogi Fransa Vulfen (1728-1805) nomi bilan atalgan. Tarkibi: PbO – 61,4%, MoO3 – 38,6%, aralashma holida CuO, MgO, WO3, Cr2O3 lar aniqlangan. U tetragonal singoniyada kristallanadi, ko`pincha tabletkasimon, ba`zan yassi va cho`ziq piramidalarga o`xshab uchraydi. Vulfenitning rangi mumdek qora, asaldek sariq, qo`ng`ir, qizg`ish tuslarda bo`ladi. Uning qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 7, olmosdek yaltiraydi, yangi singan joyi – sadafdek.
Vulfenit qo`rg`oshin konlarining oksidlanish zonalarida ko`proq uchraydi va odatda galenit, serussit, vanadinitlar bilan birga topiladi. Katta uyumlari boshqa ikkilamchi minerallar bilan molibden va qo`rg`oshin olishda asosiy manba hisoblanadi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin