Minerallarning morfologik xususiyatlari Optik xususiyatlari



Yüklə 176,9 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2022
ölçüsü176,9 Kb.
#75662
  1   2   3   4   5
2. Mineral hususiyatlari


REJA:


  1. Minerallarning morfologik xususiyatlari

  2. Optik xususiyatlari

  3. Mexanik xususiyatlari, solishtirma og’irligi, magnitliligi va radioaktivligi

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Har qanday mineral o‘ziga xos biror xususiyat bilan tavsiflanadi.


Ana shu xususiyatiga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratish mumkin.
Quyida minerallarning eng ko‘p aniqlash ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy xususiyatlari ustida to‘xtab o‘tamiz. Bunday xususiyatlarga: morfologik xususiyatlar kristallarning qiyofasi, qo‘shaloq kristallar, optik xususiyatlari: shaffofligi, rangi, chizig‘ining rangi, yaltirashi; mexanik xususiyatlari: ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, mo‘rtligi, pachoqlanuvchanligi, qayishqoqligi; shuningdek, solishtirma og‘irligi, magnit tortishi, radioaktivligi va boshqa xususiyatlari kiradi.

Minerallarning morfologik xususiyatlari. Kristallar shakli. Har qanday jismning bo’shliqda uch o’lchamda bo’lishuga qarab, xilma-xil shaklli kristallar va kristallangan donalar orasida quyidagi asosiy turlar ajratiladi:

  1. Izometrik shakllar, ya’ni bo’shliqda hamma uch yo’nalish bo’yicha barobar rivojlangan shakllar. Granat rombododekaedrlari, magnetit oktaedrlari, pirit kublari va boshqalar misol bo’ladi.

  2. Bir yo’nalish bo’yicha cho’ziq shakllar, ya’ni prizmatik ustunsimon, nayzasimon, ignasimon, qildek kristallar, tola-tola bo’lib tuzilgan kristallar. Masalan: akvamalin, turmalin, antimonit va boshqa mineral kristallari.

  3. Uchinchi yo’nalish qisqaligicha saqlangan ikki yo’nalish bo’yicha cho’ziq shakllar. Bularga tabletkasimon, qavat-qavat, varaq-varaq va tangachalar shaklidagi kristallar kiradi. Masalan: gematitning (Fe2O3) qavat-qavat holida topiladigan kristallari, slyudalar va boshqalardan iborat.

Optik xususiyatlari. Minerallarning shaffofligi.


Minerallarning o‘zidan nur o‘tkazish xususiyati ularning shaffofligi deb ataladi. Hamma minerallar shaffoflik darajasiga qarab quyidagicha guruhlarga bo‘linadi:
1) shaffof minerallar: tog‘ billuri, island shpati, topaz va boshqalar;
2) yarim shaffof minerallar: zumrad, sfalerit, kinovar va boshqalar;
3) shaffof bo‘lmagan minerallar: pirit, magnetit, grafit va boshqalar.

Yüklə 176,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin